Wentra30
Rasmiy tarjima qilinmagan filmlar va kishi ismlari
tahrirSalom. Avvalambor, qoʻshayotgan hissangiz uchun tashakkur. Sizdan iltimos qilardimki, filmlar haqida maqolalar yaratar ekansiz, filmning rasmiy tarjimasi boʻlmasa, uni aslidek qoldirishingiz lozim. Shu sababli „Qoʻrqmas Jannot“ni „Jeannot l'intrépide“ga, „Urganmiz! Uryapmiz! Keling, uramiz!“ni „Bili! Byom! Budem bit!“ga, „Alyoshaning ertaklari“ni „Alyoshini skazki“ga koʻchirdim. Bundan tashqari, asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmang. Yaʼni, maqolalarda Uolt Disney emas, Walt Disney, deb yozing. Malikxan munozara 19:23, 8-Iyun 2022 (UTC)
Disambig
tahrirMasalan, Irkutsk shahrida joylashgan Lenin byusti haqida maqola yaratyabsiz. Lenin byusti nomli maqola mavjud boʻlmasa, yaratayotgan maqolangizga disambig qoʻshmang, shunchaki Lenin byusti, deb nomlang. Agar shunday nomli maqola mavjud boʻlsa, dismabig qoʻshsangiz boʻladi. Maqola nomiga disambig qoʻshganingizda, misol uchun, Lenin byusti - Irkutsk koʻrinishida emas, balki Lenin byusti (Irkutsk) koʻrinishida qoʻshing. Malikxan munozara 18:26, 10-Iyun 2022 (UTC)