Fozilxon
(Fozil toʻradan yoʻnaltirildi)
Fozilxon (Fozilbiy, Fozil toʻra) (1752-yil, Buxoro, Buxoro xonligi — 1758-yil, Qarshi, Buxoro xonligi) — Mangʻitlar oʻzbek sulolasidan boʻlgan soxta xon. Qisqa muddat Buxoro xonligining rasmiy hukmdori boʻlgan (1758). Amalda real hokimiyat Muhammad Doniyolbiyning qoʻlida boʻlgan.
Fozilxon, Fozilbiy, Fozil toʻra | |
---|---|
Fozilbiy | |
Buxoro xonligi hukmdori | |
Mansab davri 1758-yil – 1758-yil | |
Oʻtmishdoshi | Muhammad Rahimxon |
Vorisi | Abulgʻozixon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1752-yil Buxoro, Buxoro xonligi |
Vafoti |
1758-yil (6 yoshda) Qarshi, Buxoro xonligi |
Fuqaroligi | Buxoro xonligi |
Onasi | Nomi aniqlanmagan (Muhammad Rahimxonning qizi) |
Otasi | Norboʻtabiy |
Dini | Islom |
Mangʻitlar sulolasining vakili Muhammad Rahimxon toʻsatdan vafot etgach (1758-yil 24-mart), marhum xonning oʻgʻil farzandlari boʻlmaganligi uchun Buxoro xonligi taxtiga dastlab uning balogʻat yoshiga yetmagan nevarasi Fozil toʻra oʻtqazilgan. Muhammad Rahimxonning amakisi Muhammad Doniyolbiy esa yangi xonga otaliq qilib tayinlangan. Biroq Fozilxon tez orada taxtdan tushirilib, uning oʻrniga Abulgʻozixon Buxoro xonligi hukmdori deb eʼlon qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |