Frances Bavier
Frances Elizabeth Bavier (1902-yil 14-dekabr — 1989-yil 6-dekabr) marhum amerikalik sahna va televidenie aktrisasi. Dastavval, New York teatrida, keyinchalik, 1950-yillardan 1970-yillargacha kino va televideniyeda ishlagan. U 1960-yildan 1970-yilgacha The Andy Griffith Show va Mayberry R.F.D filmidagi Bee xola roli bilan mashhur. U 1967-yilda ushbu roli uchun ikkinchi darajali komediya aktrisasi uchun Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan. Bavier qoʻshimcha ravishda „Itʼs a Great Life“ (1954—1956) serialida Amy Morgan rolini ijro etishi bilan mashhur boʻlgan.
Frances Bavier | |
---|---|
Tavalludi |
Frances Elizabeth Bavier 14-dekabr 1902-yil |
Vafoti |
6-dekabr 1989-yil (86 yoshda) Siler City, Shimoliy Karolina, AQSh. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1927—1974-yillarda |
Yoshligi va faoliyati
tahrirBavier New York shahrida Gramercy bogʻidagi jigarrang toshda[1] statsionar muhandis Charles S. Bavier va Mary S. (qizlik familyasi: Birmingham) Bavier oilasida tugʻilgan. U dastlab Columbia universitetida oʻqiganidan keyin oʻqituvchi boʻlishni rejalashtirgan. U dastlab vodevilda paydo boʻladi, keyinroq Broadway sahnalarida rol ijro etishga oʻtadi[2].
Andy Griffith Show produserlari Bavier bilan muloqot qilishda ehtiyotkorona munosabatda boʻlishardi, chunki u sal narsaga hafa boʻladigan koʻngilchan ayol edi. Serial yulduzi Andy Griffith bir paytlar serial davomida ikkalasi orasidan ola mushuk oʻtganini tan olgandi[3][4]. Larri King Live (2003-yil 27-noyabr) koʻrsatuvida Griffitning aytishicha, Bavier oʻlimidan toʻrt oy oldin unga qoʻngʻiroq qilgan va serial davomida „unga qiyinchilik tugʻdirgani“ uchun uzr soʻragan. Bavier Bill Ballard bilan Carolina Camera uchun bergan intervyusida „Aktrisa uchun rol yaratish va oʻzini namoyon qilish juda qiyin“ ekanligini tan olgan[5].
Bavier 1967-yilda komediyada ikkinchi darajali roldagi aktrisaning ajoyib ijrosi uchun Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan.
Keyingi yillar
tahrir1972-yilda Bavier aktyorlik faoliyatini yakunlaydi va Shimoliy Karolina shtatining Siler City shahridan oʻziga uy sotib oladi[6]. Oʻzining tugʻilgan joyi Nyu-York oʻrniga Shimoliy Karolinada yashashni tanlagan Bavier shunday dedi: „Men Shimoliy Karolinani, barcha goʻzal yoʻllar va daraxtlarni sevib qoldim“. Bavier oʻz karyerasi ilk davrlarida Rassell Carpenterga turmushga chiqqan, lekin hech qachon farzand koʻrmagan. The Courier Tribune xodimi Chip Vomickning 1981-yildagi maqolasiga koʻra, Bavier oʻzining Siler shahridagi uyidan Rojdestvo va Pasxa muhrlari jamiyatlarini ishtiyoq bilan targʻib qilgan hamda koʻpincha dastxat soʻragan muxlislarga ilhomlantiruvchi maktublar yozgan. Bundan tashqari u Shimoliy Karolina shtati Siler City politsiyasi uchun 100 000 dollarlik ishonchli jamgʻarma qoldiradi. Uning foizlari har dekabr oyida bonus sifatida taxminan 20 nafar xodim oʻrtasida taqsimlanardi[7].
Vafoti
tahrir1989-yil 22-noyabrda u Chatham kasalxonasiga yotqiziladi va u yerda ikki hafta davomida koronar davolash boʻlimida saqlanadi. U 1989-yil 4-dekabrda, 87 yoshga toʻlishidan sakkiz kun oldin oʻz uyida vafot etgan[8][9].
Filmografiyasi
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1931 | Girls About Town | Joy | akncedited |
1943 | O, My Darling Clementine | Mrs. Asbury | |
1951 | The Day the Earth Stood Still | Mrs. Barley | |
1951 | The Stooge | Mrs. Rogers | |
1952 | The Lady Says No | Alice Hatch xola | |
1952 | Bend of the River | Mrs. Prentiss | Yana bir nomi: Where the River Bends |
1952 | Sally and Saint Anne | Mrs. Kitty „Mom“ OʻMoyne | |
1952 | My Wifeʼs Best Friend | Mrs. Chamberlain | |
1952 | Horizons West | Martha Hammond | |
1953 | Man in the Attic | Helen Harley | |
1956 | The Bad Seed | Woman in dinner party scene | ankredited |
1958 | A Nice Little Bank That Should Be Robbed | Mrs. Solitaire | Yana bir nomi: How to Rob a Bank |
1959 | It Started with a Kiss | Mrs. Tappe | |
1974 | Benji | Lady with cat | (filmlardagi oxirgi roli) |
Televizion shartnomalari
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|
1952 | Racket Squad | Martha Carver | 1ta epizod |
1952- 1953 |
Gruen Guild Playhouse | Sarah Cummings | 2ta epizod |
1953 | Hallmark Hall of Fame | Lou Bloor | 1ta epizod |
1953- 1954 |
City Detective | Har xil rollar | 3ta epizod |
1953- 1954 |
Letter to Loretta | Har xil rollar | 3ta epizod |
1953- 1955 |
Dragnet | Hazel Howard | 3ta epizod |
1954 | The Pepsi-Cola Playhouse | Thelma | 2ta epizod |
1954- 1955 |
Waterfront | Martha Amy |
2ta epizod |
1954- 1956 |
Itʼs a Great Life | Mrs. Amy Morgan | 62ta epizod |
1955 | The Lone Ranger | Maggie Sawtelle xola | 1ta epizod |
1955 | Soldiers of Fortune | Amelia Lilly | 1ta epizod |
1955 | Damon Runyon Theater | 1ta epizod | |
1955 | Alfred Hitchcock Presents: Revenge | Mrs. Fergusen | 1ta epizod |
1956 | Lux Video Theatre | 1ta epizod | |
1956 | Cavalcade of America | Mrs. Hayes | 1ta epizod |
1957 | Jane Wyman Presents The Fireside Theatre | 1ta epizod | |
1957 | General Electric Theater | Miss Trimingham | 1ta epizod |
1957 | Perry Mason | Louise Marlow | 1ta epizod |
1957- 1958 |
The Eve Arden Show | Mrs. Nora Martin | 5ta epizod |
1958 | Colgate Theatre | 1ta epizod | |
1959 | The Ann Sothern Show | Mrs. Wallace | 1ta epizod |
1959 | The Thin Man | 1ta epizod | |
1959 | Sugarfoot | Nancy Thomas xola | 1ta epizod |
1959 | Wagon Train | Sister Joseph | 1ta epizod- „The Sister Rita Story“ |
1959 | 77 Sunset Strip | Grandma Fenwick | 1ta epizod |
1960 | The Danny Thomas Show | Henrietta Perkins | 1ta epizod |
1960 | Rawhide | Ellen Ferguson | 1ta epizod |
1960- 1968 |
The Andy Griffith Show | Beatrice „Bee“ xola Taylor | 175ta epizod Primetime Emmy Award for Outstanding Supporting Actress — Comedy Series (1967) |
1967 | Gomer Pyle, U.S.M.C. | Bee xola Taylor | 1ta epizod |
1968- 1970 |
Mayberry R.F.D. | Bee xola Taylor | 24ta epizod |
Manbalar
tahrir- ↑ „Childhood Jealousy Leads Frances Bavier to Stage“. The Ogden Standard-Examiner. 26-iyun 1936-yil. 13-bet.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Frances Bavier Dead; TV Performer Was 86“. The New York Times (8-dekabr 1989-yil). Qaraldi: 14-may 2009-yil.
- ↑ „Frances 'Aunt Bee' Bavier dead at 86“. United Press International (7-dekabr 1989-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2018-yil.
- ↑ Foley. „Aunt Bee's Studebaker and other fine vehicles“. State Line Observer (23-oktabr 2014-yil). 11-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2018-yil.
- ↑ Carolina Camera: Aunt Bee Retires. Ballard, Bill. www.youtube.com
- ↑ Kelly, Richard Michael. The Andy Griffith Show, 1985 — 13–14-bet. ISBN 0-89587-043-6.
- ↑ „Did Aunt Bee leave 800K for the Siler City police? Here's the answer“. 2021-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
- ↑ „The cast of 'Griffith Show' mourns Frances Bavier“. Chicago Tribune (8-dekabr 1989-yil). Qaraldi: 13-avgust 2016-yil.
- ↑ Frances Bavier death certificate, autopsyfiles.org; accessed September 28, 2016.