Fransiya madaniyati geografiyasi, tarixiy voqealari, xorijiy va ichki taʼsiri bilan shakllanib borgan. Fransiya madaniyati XVII-XIX asrdan boshlab butun dunyoda mashhur boʻlishni boshladi. XIX asr oxiridan boshlab Fransiya madaniyatida kino, moda, adabiyot, texnologiyalar va ijtimoiy fanlari shu bilan birga matematikasi bilan muhim rol oʻynaydi. Fransuz madaniyatining ahamiyati uning iqtisodiy, siyosiy va harbiy ahamiyatiga qarab asrlar davomida oshib bordi. Fransiya madaniyati bugungi kunda katta mintaqaviy va kuchli birlashtiruvchi tendensiyalar bilan ajralib turadi. BBC tomonidan oʻtkazilgan global soʻrov natijalariga koʻra, Fransiya 2014-yilda dunyodagi eng ijobiy taʼsirga ega davlatlardan biri sifatida (Germaniya, Kanada va Buyuk Britaniyadan keyin) toʻrtinchi oʻrinni egalladi[1].

Chapdan oʻngga: Parijdagi qadimgi qandolatxona, Arc de Triomphe, Fransoʻz venosi, Ozodlik uchun kurash, Victor Hugo, Camembert pishlogʻi, Édith Piaf, „Thinker“ monumenti, Parij moda haftaligi, Cannes Film Festival va Fransiya milliy futbol terma jamoasi

Fransiyada til

tahrir

Fransiya fanlar akademiyasi lingvistikani rasmiy standartini belgilaydi. Hukumat tomonidan Fransuz madaniyati va fransuz tilini targʻib qilish boʻyicha baʼzi ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, hukumat Fransuz kinosini qoʻllab-quvvatlash uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar tizimini yoʻlga qoʻygan. „Toubon“ qonuniga koʻra, hukumat tomonidan Fransiya hududi boʻylab joylashtiriladigan reklamalar Fransuz tilida boʻlishi majburiy ekanligi belgilab qoʻyilgan[2][3] . Fransiyada koʻplab mahalliy tillar mavjud. Ularning baʼzilari adabiy Fransuz tilidan juda farq qiladi, masalan, Breton (Corn va Valliy tillariga yaqin Kelt tili) va Alsatian (nemis tilining Alemannic dialekti). Fransiyaning janubi-gʻarbiy qismi va Ispaniya shimoli oʻrtasidagi chegarasida joylashgan aholi Bask tilida gaplashadi. 2001-yil aprel oyida taʼlim vaziri Jek Langning maʼlum qilishicha, ikki asrdan koʻproq vaqt davomida Fransiya hukumatida fransuz tili boshqa mahalliy tillardan ustun koʻrilgan. Shuningdek, taʼlim vaziri davlat maktablarida boshqa tillarni oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash uchun ikki tilni biladigan oʻqituvchilarini ishga qabul qilinishini eʼlon qildi. Fransuz maktablarida oʻquvchilar kamida ikkita chet tilini oʻrganishlari lozim, ulardan birinchisi Fransuz tili boʻlsa, ikkinchisi esa nemis yoki ingliz tili boʻlishi kerak. Fransiya Parlamenti tomonidan 2008-yili iyul oyida Versalda boʻlib oʻtgan Kongressda mahalliy tillarni rasmiy tan olinishi boʻyicha nazarda tutilgan qarorni qayta koʻrib chiqildi.

 
Bayram vaqtida Breton milliy bosh kiyimini taqib olgan Breton ayollari

Anʼanalar

tahrir

Zamonaviy Fransiya madaniyati asrlar davomida millatning shakllanishi va bir qator tarixiy viloyatlar hamda xorijiy koloniyalarni oʻzining geografik va siyosiy tuzilmasiga qoʻshib olish natijasida shakllangan. Bu hududlar oʻziga xos madaniy va til anʼanalari bilan rivojlangan yaʼni, bular: moda, diniy eʼtiqod, mahalliy tillar va lahjalar, oilaviy anʼanalar, fransuz oshxonasi, vino ishlab chiqarish sanoatiga ega [4] . 20-asrda mamlakatning sanoatlashtirilishi natijasida fransuzlarning katta qismi qishloqlardan shahar hududlariga koʻchdi. XIX asr oxirida fransuzlarning xoʻjaligi taxminan 50% qishloq xoʻjaligiga bogʻliq boʻlsa, bugungi kunda fransuz dehqonlari faqat 6-7% ni tashkil etadi, 73% esa shaharlarda yashaydi. Sanoatlashtirish, migratsiya va urbanizatsiya XIX va XX asrlarda Fransiyada yangi ijtimoiy-iqtisodiy mintaqaviy jamoalarni yaratdi, bular shaharlarda (masalan, Parij, Lion, Villeurbanne, Lille, Marsel va boshqalar) hamda shahar aglomeratsiyalarining (turli xil „banlieues“ deb ataladigan, baʼzida „chic“ yoki „pauvres“ yoki „les cités“ deb ataladigan „boshpana loyihalari“ kabi) suburban va ishchilar sinfi hududlarda paydo boʻldi[5][6].

Taʼlim

tahrir
 
Strasburg universitetining milliy kutubxonasi

Fransuz taʼlim tizimi markazlashtirilgan boʻlib, uch bosqichga boʻlinadi.[7]. Yaʼni boshlangʻich taʼlim yoki „enseignement primaire“, bu esa Qoʻshma Shtatlardagi boshlang‘ich maktabga toʻgʻri keladi; o‘rta ta’lim yoki „collège“ va „lycée“, bu bosqich Qoʻshma Shtatlardagi oʻrta va yuqori maktablarga mos keladi hamda oliy ta’lim („l’université“ yoki „les Grandes écoles“).

Fransiyada boshlangʻich va o‘rta ta’lim asosan davlat taʼlimi hisoblanadi ammo xususiy maktablar ham mavjud. Oliy taʼlim ham davlat, ham xususiy tizimlarni oʻz ichiga oladi. Oʻrta taʼlimni tugatgach, talabalar oliy oʻquv yurtlariga kirish huquqini beruvchi bakalavr imtihonlarini topshiradilar. Fransiyada 2012-yilda oliy taʼlimga kirish imtihonini topshirish darajasi 84,5 foizni tashkil etgan. 1999-2000-yillarda taʼlim uchun xarajatlar Fransiya davlatining yalpi ichki mahsulotining 7 foizini, davlat byudjetining esa 37 foizini tashkil etgan. 1995-yil Fransiyaning matematika fani boʻyicha oʻrta maktab darajasidagi koʻrsatkichlari Xalqaro matematika fani tadqiqotlari tendentsiyalari reytingida 23-oʻrinni egalladi [8]. Ushbu koʻrsatgich 2019-yilda esa 22-oʻringa koʻtarildi[9].

Fransiya davlatining Madaniyat vazirligi

tahrir

Madaniyat vazirligi Fransiya Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi milliy muzeylar va yodgorliklar uchun mas’ul boʻlgan vazirlik hisoblanadi. Shuningdek, vazirlik Fransiya va xorijda sanʼatni (tasviriy, plastik, teatr, musiqa, raqs, meʼmorchilik, adabiy, televidenie va kino) targʻib va himoya qilish, milliy arxivlar va mahalliy madaniyat markazlarini (maison de culture) boshqarish vazifalarini amalga oshiradi.. Madaniyat vazirligining maʼmuriy binosi Parijdagi Qirollik saroyida joylashgan. Madaniyat vazirligi 1959-yilda Charlz de Goll tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, ushbu vazirlikka ilk vazir etib yozuvchi Andre Malraux tayinlangan.

Harbiy xizmat

tahrir

Fransiyada 1996-yilgacha yoshlar tomonidan harbiy xizmatni oʻtash majburiy etib belgilangan edi. Buni esa tarixchi olimlar tomonidan yagona milliylikni, oʻziga xoslikni yanada targʻib qilish va mahalliy izolyatsionizmni yoʻq qilish uchun joriy etilgan deya mulohaza qilishgan[10].

Manbalar

tahrir
  1. Ifop. „Les Français et la croyance religieuse“ (fr) (2011). 2011-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-fevral.
  2. „Franţa nu mai e o ţară catolică“ [France is no longer a Catholic country] (ro). Cotidianul (2007-yil 11-yanvar). 2008-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Samuel, Henry „France 'no longer a Catholic country'“. The Daily Telegraph (2007-yil 10-yanvar). 2007-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Ferrara, Carol „The Catholic-ness of Secular France“ (en-US). www.europenowjournal.org (2019-yil 2-oktyabr). 2020-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  5. „Religion Important for Americans, Italians“. Angus Reid Global Monitor (2008-yil 16-dekabr). 2007-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Les protestants en France en 2017 Ipsos.
  7. Ben-David, Joseph and Philip G. Altbach. eds. Centers of Learning: Britain, France, Germany, United States (2nd ed. 2017).
  8. „TIMSS 1995 Highlights of Results for the Middle School Years“. timss.bc.edu. Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
  9. „Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) – TIMSS Participating Countries“. nces.ed.gov. 2015-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-avgust.
  10. Weber, Eugen. Peasants into Frenchmen: the modernization of rural France, 1870–1914. Stanford University Press, 1976.