František Rajtoral (talaffuzi: Frantishek Raytoral; 1986-yil 12-mart — taxminan 2017-yil 23-aprel[1]) — yarim himoaychi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan chexiyalik professional futbolchi. Viktoria Plzeňdagi faoliyati bilan mashhur edi. Chexiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan

František Rajtoral
Rajtoral 2013-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 12-mart 1986-yil
Tavallud joyi Příbram, Chexoslovakiya
Vafot sanasi 23-aprel, 2017-yil
Vafot joyi Gaziantep, Turkiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi, himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1994 Kovohutě Příbram
1994—2004 Marila Příbram
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2005 Marila Příbram 15 (1)
2005—2009 Baník Ostrava 100 (12)
2009—2016 Viktoria Plzeň 168 (19)
2014Hannover 96 (ijara) 7 (0)
2016—2017 Gaziantepspor 12 (0)
Milliy terma jamoa
2004 Chexiya U18 5 (0)
2004—2005 Chexiya U19 10 (1)
2006—2008 Chexiya U21 15 (1)
2012—2014 Chexiya 14 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Rajtoral bir mavsum „Pribram“da oʻynagan va 2005-yilda FC Baník Ostravaga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[2][3]. 2005—2006-yillardagi UEFA kubogida Ostravada oʻynab, Yevropa musobaqalarida debyut qilgan[2].

Viktoria Plzeň tahrir

2009-yilda Viktoria Plzeňga qoʻshildi[4].

Rajtoral 2010-yilda Chexiya Superkubogining ilk uchrashuvida Praganing Sparta klubiga qarshi oʻynagan, chetlatilgan ikki futbolchidan biri boʻldi va jamoasi oʻyinda magʻlubiyatga uchradi[5]. 2010—2011-yilgi mavsumdagi ilk golini 2010-yil oktabr oyida Mladá Boleslavga qarshi o‘yinda urgan, biroq jamoasi o‘yinda 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan[6].

Rajtoral 2011-yilgi Chexiya Superkubogi bahslarida Plzeň safida oʻynadi, klub Mladá Boleslavga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi[7].

Hannover 96 tahrir

2014-yilning yanvarida Rajtoral Germaniya Bundesligasining Hannover 96 klubiga yarim mavsumlik ijara asosida qoʻshildi[8]. Yangi mavsum boshlanishida Plzeňga qaytdi.

Rajtoral Gaziantepsporga 2016-yil avgust oyida kelib qo‘shidi. 2017-yil 23-aprel kuni ertalab jamoasi bilan mashg‘ulotga kelmaganidan so‘ng Turkiyaning Gaziantep shahridagi uyida o‘lik holda topilgan. Qoʻshnilari kvartirasining eshigi ichkaridan qulflanganligini koʻrib, hech qanday javob olmaganidan xavotirlanib mahalliy hokimiyatga murojaat qilishdi. Tekshiruvdan soʻng mahalliy hokimiyat Rajtoral osish orqali oʻz joniga qasd qilganini maʼlum qildi[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

Rajtoral 2007-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Oʻz milliy terma jamoasining turnirdagi uchta oʻyinidan barchasida maydonga tushgan[2].

2012-yil 29-fevralda Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida milliy terma jamoa safida debyut qilgan, o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan[2]. 2012-yilning may oyida oʻz mamlakatining Yevro-2012 turniri uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Marila Příbram 2004—2005 Chexiya birinchi ligasi 15 1 0 0 0 0 15 1
Baník Ostrava 2005—2006 Chexiya birinchi ligasi 26 0 0 0 0 0 26 0
2006—2007 26 8 0 0 0 0 26 8
2007—2008 25 3 0 0 0 0 25 3
2008—2009 23 1 0 0 0 0 23 1
Jami 100 12 0 0 0 0 100 12
Viktoria Plzeň 2009—2010 Chexiya birinchi ligasi 27 3 5 0 0 0 32 3
2010—2011 27 3 5 0 2 0 34 3
2011—2012 29 2 2 0 14 1 45 3
2012—2013 28 3 2 0 16 3 46 6
2013—2014 16 3 1 0 12 2 29 5
Jami 127 14 15 0 44 6 186 20
Hannover 96 2013—2014 Bundesliga 7 0 0 0 0 0 7 0
Viktoria Plzeň 2014—2015 Chexiya birinchi ligasi 16 4 4 1 0 0 20 4
2015—2016 22 1 7 0 9 0 38 1
2016—2017 3 0 0 0 0 0 3 0
Jami 41 5 11 1 9 0 61 6
Gaziantepspor 2016—2017 Süper Lig 12 0 7 0 0 0 19 0
Jami faoliyati 302 32 33 1 53 6 388 39

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Former Czech Republic international Frantisek Rajtoral found dead after 'committing suicide'“. The Telegraph.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „František Rajtoral“. UEFA (2012-yil 22-may). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  3. „Nováčci zatím v Ostravě bloudí“ (cs). Mladá fronta DNES (2005-yil 14-iyul). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  4. Vacek, Václav. „Do Viktorie míří Rajtoral, do Baníku se vrací Varadi“ (cs). Deník (2009-yil 29-iyun). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  5. „Superpohár měl dva vyloučené. Řepka s Rajtoralem za to budou pykat v lize“ (cs). Mladá fronta DNES (2010-yil 8-iyul). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  6. „Dostat čtyři góly? To je moc, věděl po prohře plzeňský obránce Rajtoral“ (cs). Mladá fronta DNES (2010-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  7. „Mistrovská Plzeň získala Superpohár, Boleslav zdolala po penaltách“ (cs). Mladá fronta DNES (2011-yil 22-iyul). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  8. „Football: Plzeň's Rajtoral sent to Hannover on loan“. Radio Prague (2014-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  9. „Gaziantepspor's Czech striker Rajtoral commits suicide by hanging“. DailySabah. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  10. „Euro 2012: Injured midfielder Tomas Rosicky in Czech squad“. BBC Sport (2012-yil 29-may). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
  11. 11,0 11,1 11,2 „F. Rajtoral“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.