Freelove

Depeche Mode guruhi singli (2001)

Freelove“ (tarjimasi „Erkin sevgi“) — „Depeche Mode“ ingliz musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2001-yilning 5-noyabrida guruhning „Exciter“ nomli albomining uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan[1]. Qoʻshiqni guruh aʼzosi Martin Gore yozgan.

„Freelove“
Depeche Mode qoʻshigʻi
„Exciter“ albomidan
B tomon „Zenstation“
Chiqarilgan sanasi 5-noyabr, 2001-yil(2001-11-05)
Yozib olingan 2000-yil iyun – 2001-yil fevral;
RAK Studios, Sarm West Studios (London)
Sound Design (Santa Barbara)
Electric Lady Studios, Sony Music Studios (New York)
Davomiyligi 3:59 (singl versiyasi)
6:10 (albom versiyasi)
Leybl Mute Records
Matn muallif(lar)i Martin Gore
Prodyuser(lar)
Depeche Mode singllari xronologiyasi
„I Feel Loved“
(2001)
Freelove
(2001)
„Goodnight Lovers“
(2002)
Klipi
„Freelove“ YouTubeda

Qoʻshiqning singl va albom versiyalari mavjud boʻlib, sing versiyasi qisqaroqdir. Singling orqa tomonidan „Zenstation“ nomli instrumental asar oʻrin olgan. Qoʻshiqqa ingliz produseri hamda ovoz muhandisi Mark Flood Ellis produserlik qilgan.

„Freelove“ „Depeche Mode“ guruhining DVDda ham eʼlon qilingan ilk qoʻshigʻidir. DVD relizdan guruh Filadelfiya shahrida bergan konsertdan tasvirlar hamda boshqa ikki qoʻshiq audioyozuvi oʻrin olgan. Shuningdek, diskka guruhning toʻrtta 30 soniyali bonus videoklipi ham kiritilgan. DVDdagi videolarga Anton Corbijn rejissorlik qilgan.

Guruh vokalisti Dave Gahan „Freelove“ qoʻshigʻini 1993-yil eʼlon qilingan „Condemnation“ qoʻshigʻidan keyin kuylagan eng yaxshi qoʻshigʻi ekanligini aytgan. Ammo tanqidchilar qoʻshiqni yaxshi kutib olmagan[2]. 2002-yil nemis qoʻshiqchisi Sandra oʻzining „The Wheel of Time“ albomi uchun „Freelove“ qoʻshigʻining kaverini yozgan.

Klipi tahrir

„Freelove“ qoʻshigʻi klipiga John Hillcoat rejissorlik qilgan. Videoda „Depeche Mode“ guruhi yuk mashinasi ustida qoʻshiq kuylab, kambagʻal mahallada boʻylab aylanayotgani tasvirlangan. Mahalla turgʻunlari bir-birdan mashinaga chiqadi va raqsga tusha boshlaydi. Video yakunida mashina va uning ustidagilar gʻoyib boʻlib, faqat oʻpishayotgan juftlik qoladi. Klip 2016-yilda „Video Singles Collection“ albomida ilk marotaba rasman eʼlon qilingan.

Manbalar tahrir

  1. „New Releases – For Week Starting November 5, 2001: Singles“ (PDF). Music Week. 3–noyabr 2001–yil. 29-bet. Qaraldi: 18–avgust 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. „AllMusic Rating“ (en). AllMusic. Netaktion LLC. 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.

Havolalar tahrir