Fridland jangi (1807-yil 14-iyun) - Napoleon I qoʻmondonligidagi Fransiya imperiyasi qoʻshinlari va graf fon Bennigsen boshchiligidagi Rossiya imperiyasi qoʻshinlari oʻrtasidagi yirik jang. Napoleon boshchiligidagi fransuzlar jangda hal qiluvchi gʻalabani qoʻlga kiritishgan, bu esa jang oxiriga kelib Alle daryosi ustidan tartibsiz ravishda orqaga chekingan rus qoʻshinining koʻp qismi tor-mor etilishiga olib kelgan. Jang hozirgi Kaliningrad viloyatida, Rossiyaning Pravdinsk shahri yaqinida boʻlib oʻtgan.

Fridland jangi
Napoleon Fridland jangida (1807)

Sanalar 14-iyun, 1807-yil
Urush yeri Fridland, Sharqiy Prussiya
Natija Fransiya g'alabasi
Qoʻmondonlar
Napoleon Bonapart

Jan Lannes
Mishel Ney
Klavdiy Viktor-Perrin
Eduard Mortier
Nikolya Udino

Levin Avgust fon Bennigsen

Pyotr Bagration
Matvey Platov

Kuchlar
80,000 askar, 118 to'p 46,000-60,000 askar, 120 to'p
 current battle
 Napoleon not in command
 Napoleon in command

Fridlanddagi jang 1807-yil boshida Eylau jangi har ikki tomon uchun ham hal qiluvchi hukm chiqara olmaganidan keyin strategik ziddiyat tufayli muqarrar boʻlib qolgandi. Jang graf fon Bennigsen Fridland shahrida fransuz marshali Lannesning zaxira korpusini koʻrganida boshlandi. Bennigsen rus armiyasining shimolga yurishini istagan va hech qachon son jihatdan ustun Napoleon armiyasiga qarshi kurashish tarafdori boʻlagan. Napoleon fransuz kuchlarini qutqarish bahona bu qoʻshinni tor-mor etishni maqsad qilgan[1]. Lannes Napoleon maydonga qoʻshimcha kuchlarni olib kelmaguncha, ruslarning qatʼiy hujumlariga qarshi mohirlik bilan kurashdi. Bennigsen daryoning qarama-qarshi qirgʻogʻida taxminan 50-60 ming kishidan iborat rus qoʻshinlarini chaqirib olishi va Napoleonning butun armiyasi kelishidan oldin daryoning narigi tomoniga chekinishi mumkin edi, ammo sogʻligʻi yomonlashib, Fridlandda qolishga qaror qildi va hech qanday chora koʻrmadi[1]. Kechqurun fransuzlar jang maydoniga yaqin joyda 80 000 kishilik qoʻshin toʻplashdi. Napoleon bu vaqtda ruslarning chap qanotiga yalpi hujum qilishga buyruq berdi. Fransiyaning doimiy hujumi rus armiyasini orqaga surdi va ularni daryoning orqa tomoniga chekinishga majbur etdi. Ruslar bosimga dosh bera olmay, Alle daryosi boʻylab qochib ketishdi, ularning katta qismi daryoga choʻkib halok boʻldi[2]. Rossiya armiyasi jangda juda katta talafot koʻrdi (qoʻshinning 40 % dan ortigʻi qirilib ketdi)[3].

Napoleonning katta gʻalabasi Rossiya siyosiy tuzumini Fransiya bilan kelishsihga majbur etdi..Fridland jangi toʻrtinchi koalitsiya urushini samarali yakunladi, imperator Aleksandr I Napoleon bilan tinchlik muzokaralariga kirishdi. Oxir-oqibatdaTilzit shartnomasi imzolandi, unga koʻra Rossiya Buyuk Britaniyaga qarshi kontinental qamalga qoʻshilishga rozi boʻldi, Prussiya oʻz hududlarining deyarli yarmini yoʻqotdi. Prussiya tomonidan yoʻqotilgan yerlar yangi Vestfaliya qirolligiga aylantirildi, uni Napoleonning ukasi Jerom boshqara boshladi. Tilzit sulhi Fransiyaga Oʻrtayer dengiziga strategik kirish nuqtasi boʻlgan Ion orollari ustidan nazorat oʻrnatish huquqini berdi. Tarixchilar ushbu sulh davrini Napoleon qudratining choʻqqisi sifatida baholaydilar, chunki bu davrda Yevropada unga qarshi turadigan kontinental kuchlar yoʻq edi[4].


Jangning dastlabki holati
Fridland jangidagi rus gusarlari

Yana qarang

tahrir

Maʼlumotnomalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Gregory Fremont-Barnes (editor).
  2. Weigley R. F. The Age of Battles: The Quest for Decisive Warfare from Breitenfeld to Waterloo.
  3. Roberts, Andrews.
  4. Chandler 1995, p. 585.

Havolalar

tahrir
  • La bataille de Friedland oʻz xotiralarida General Marbotning soʻzlariga koʻra: Mémoires, Plon, Nourrit et Cie — Parij 1891 yil
  • </img>