Friedrich Hirzebruch

germaniyalik matematik

Friedrich Hirzebruch (talaffuzi: Fridrix Xirsebrux) (17-oktyabr 1927-yil — 27-may 2012-yil) — germaniyalik matematik. Hirzebruch topologiya, murakkab manifoldlar va algebraik geometriya sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 1988-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan. Olim „urushdan keyingi davrdagi Germaniyadagi eng muhim matematik“ deb taʼriflanadi.

Friedrich Hirzebruch
Tavalludi 17-oktyabr 1927-yil
Hamm, Germaniya
Vafoti 27-may 2012-yil(2012-05-27)
(84 yoshda)
Bonn, Germaniya
Istiqomat joylari Germaniya
Fuqaroligi Germaniya
Sohasi Matematika
Ish joylari
Taʼlimi
Akademik rahbarlari
Mashhur shogirdlari
Mashhur ishlari
Mukofotlari

Hirzebruch Münster universitetida tahsil olgan, bir yil ETH Zurichda oʻqigan. 1952–1954-yillarda Princetondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida ishlagan. Keyinchalik u Bonn universitetida ishlagan va Max Planck jamiyati tarkibidagi matematika institutining direktori etib tayinlangan.

Murakkab manifoldlar boʻyicha Hirzebruch–Riemann–Roch teoremasi, Michael Atiyah bilan hamkorlikda K-teoriya boʻyicha ilmiy maqolalar mualliflaridandir. Shuningdek, olim Armand Bore bilan hamkorlikda xarakteristik sinflar ustida ishlagan. Hirzebruch umuimy hisobda 55 nafar talaba doktorlik ishiga rahbarlik qilgan.