Michael Atiyah

britaniyalik matematik (1929–2019)

Michael Francis Atiyah (talaffuzi: Maykl Frensis Atiya) (22-aprel 1929-yil — 11-yanvar 2019-yil) — britaniyalik matematik. Geometriya boʻyicha ishlari bilan shuhrat qozongan. Atiyah Sudan va Misrda ulgʻaygan, ammo akademik faoliyatini Buyuk Britaniyada Oxford va Cambridge universitetlarida, keyinchalik AQShda Perspektiv tadqiqotlar institutida olib borgan[1].

Michael Francis Atiyah
Tavalludi 22-aprel 1929-yil
Hampstead, London, Angliya
Vafoti 11-yanvar 2019-yil(2019-01-11)
(89 yoshda)
Istiqomat joylari Buyuk Britaniya, AQSh
Fuqaroligi Britaniya
Sohasi Matematika
Institutlar
Akademik rahbarlari W. V. D. Hodge
Mashhur ishlari Atiyah–Singer indeks teoremasi
Atiyah–Segal toʻldirish teoremasi
Mukofotlari

Atiyah London Qirollik jamiyati prezidenti (1990-1995)[2], Isaac Newton instituti (1990–1996) direktori, Trinity kolleji direktori (1990–1997), Leicester universiteti rektori (1995–2005) hamda Edinburgh Qirollik jamiyati prezidenti lavozimlarida ishlagan. 1997-yildan oʻlimiga qadar Edinburgh universiteti faxriy professori boʻlgan[3].

Atiyah Friedrich Hirzebruch[4] bilan hamkorlikda K-teoriyani ishlab chiqqan. Ushbu teoriya algebraik topologiyaning muhim asboblaridan biri hisoblanadi. 1963-yil Isadore Singer bilan hamkorlikda taniqli Atiyah–Singer indeks teoremasini isbotlagan. Ushbu teoremadan differensial tenglamalarning mustaqil yechimlari sonini hisoblashda foydalaniladi. Atiyah nazariy fizika sohasidagi, xususan, maydon kvant nazariyasisida qoʻllaniladigan instanton va monopollar boʻyicha ishlari bilan ham tanilgan. Atiyah 1966-yil Fields medali bilan, 2004-yilda esa Abel mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. Institute for Advanced Study: A Community of Scholars (Wayback Machine saytida 6-yanvar 2013-yil sanasida arxivlangan)
  2. Hitchin, Nigel (2020). "Sir Michael Atiyah OM. 22-aprel 1929-yil–11-yanvar 2019-yil". Biographical Memoirs of Fellows of the Royal Society 69: 9–35. doi:10.1098/rsbm.2020.0001. 
  3. „Atiyah's CV“.
  4. Atiyah, Michael (2014). "Friedrich Ernst Peter Hirzebruch 17-oktyabr 1927-yil – 27-may 2012-yil". Biographical Memoirs of Fellows of the Royal Society 60: 229–247. doi:10.1098/rsbm.2014.0010. 

Havolalar

tahrir