Bosh menuni ochish

Fritz Haber (1868.9.12, hozirgi Vrotslav, Polsha — 1934.29.1, Bazel) — nemis anorganik kimyogari. Karlsrue Oliy texnika maktabi professor (1898 yildan). Berlin fizik-kimyo va elektrokimyo instituti direktori (1911—13). Asosiy ishlari ammiakning kimyo-texnologiyasi va elektrokimyoga bagʻishlangan. Yarim sanoat qurilmasida ilk bor suyuq ammiak olgan. Nitrobenzolning elektrokimyoviy qaytarilishi natijasida anilin hosil boʻlishini oʻrgangan (1900). Eritmalarning rN ini oʻlchashda qoʻllaniladigan shisha elektrodni kashf etgan (1909). Nobel mukofoti laureata (1918).[1][2]

ManbalarTahrirlash

  1. "Gaber Frits" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Nobel mukofoti