Fromuz („FROM.UZ“ nomi bilan ham tanilgan) oʻzbek progressiv rok musiqiy guruhi[1][2]. 2004-yilda Toshkentda gitarist Vitaly Popeloff, basschi Andrew Mara-Novik, barabanchi Vladimir Badirov va klaviaturachi Albert Xalmurzayev tomonidan tuzilgan. Fromuz nomi dastlabki qoʻshiq nomidan olingan boʻlib, „from Uzbekistan“ („Oʻzbekistondan“) soʻzining qisqartmasi. Fromuz Markaziy Osiyodagi eng muvaffaqiyatli progressiv rok/fusion guruhlaridan biriga aylandi[manba kerak].

Fromuz
Kelib chiqishi Toshkent, Oʻzbekiston
Janrlar Progressiv rok
Jazz fusion
Faoliyat yillari 2004-yildan — hozirgacha
Leybllar 10T Records
Aʼzolar Vitaly Popeloff
Albert Khalmurzaev
Evgeniy Popelov
Sobiq aʼzolar Andrew Mara-Novik
Vladimir Badirov
Surat Kasimov
Ali Izmailov
Igor Elizov
Veb-sayt www.fromuzband.com

Fromuzning jonli ijrodagi birinchi chiqishi Albert Xalmurzayev tomonidan Oʻzbekiston Yoshlar teatri uchun bastalangan „Sodom va Gomorra XXI“ konsertida boʻlib oʻtdi. Progressiv rok uslubida ishlangan bu spektakl 2008-yilda Sankt-Peterburgdagi Xalqaro teatr festivalida namoyish etilgan.

2005-yilda guruh Xalqaro Blyuz Musiqiy Festivali hisoblangan „Astana Blues 2005“ festivalida, shuningdek, bir qator etnik musiqiy kontsertlarda, jumladan, „Greeting from Nostradamus“ konsertida ishtirok etdi. 2006-yilda Fromuz Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi musiqiy loyihasi sifatida Snob Collection tomonidan „Crystal Awards 2006“ mukofotiga sazovor boʻldi.

2006-yilda guruh „10T Records“ eʼtiborini tortdi. Natijada, 2006-yil avgust oyida 10T bilan birinchi shartnomasini imzoladi va debyut albomini yozishga kirishdi. 2007-yil fevral oyida 8 ta instrumental trekdan iborat jonli albom hisoblangan „Audio Diplomacy“ albomini CD/DVD toʻplami sifatida chiqardi. 2008-yilda Fromuz 10T Records orqali ikkinchi „Overlook“ albomini chiqardi. „Overlook“ Toshkentdagi Losis studiyasida yozib olingan va Charleston Sound studiyasida aranjirovka qilingan. „Overlook“ guruh ilk tarkibi tomonidan yozilgan soʻnggi albom edi. „Quartus Artifactus“ albomi 2011-yil may oyida chiqarilgan[3].

2008 yilda Andrew Mara-Novik va Vladimir Badirov boshqa davlatga ketganligi sababli guruhni tark etgach, Ali Izmailov va Surat Qosimovlar barabanchilik qilishni boshlashdi. Shuningdek, Igor Elizov ikkinchi klaviaturachi vazifasini bajardi. Ushbu yangi tarkib bilan guruh Seventh Story albomini ishlash uchun Ushbu yangi a'zolikda Fromuz yangi materiallari ustida ishlash uchun Iosis Studio bilan shartnoma imzolaydi. Tarkib oʻzgarishi natijasida musiqa tuzilishiga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, ovoz yanada yoʻgʻonlashib, bir nechta kompozitsiyalarda vokal paydo boʻldi. Shu bilan birga oʻsha vaqtda guruh nomiga nuqta qoʻshildi va uruh nomi From.uz holiga keldi. Seventh Story albomi bilan guruh 2008-yil sentyabr va 2009-yil mart oylarida Oʻzbekiston Yoshlar teatri va „Ilhom“ teatri sahnalarida bir qator konsertlar berdi. 2010-yil sentabr oyida guruh 2008-yil sentabr oyida Oʻzbekiston Yoshlar teatrida Fromuzning jonli ijrosi paytida yozib olingan va suratga olingan ikkinchi jonli DVDsini chiqardi.

Taʼsirlar

tahrir

Fromuz King Crimson, Pink Floyd, Yes, Jethro Tull, Miles Davis, Led Zeppelin, Jeff Beck and Rush kabi guruhlardan ilhomlangan[manba kerak].

Jonli ijrolari

tahrir

Fromuz guruhining birinchi konserti Oʻzbekiston Yoshlar teatrida jonli ijroda boʻlib oʻtgan. Guruh 2009-yilgi „IOSIS Fest“da Oʻzbekistonning ilk rok musiqa uchun mukofot topshirish marosimini ochish uchun tanlangan[4]. Bundan tashqari, Fromuz tarixida ikkita katta konseptual shou, „Quartus Artifactus“ and „Fromuz Anthology“ konsertlarini oʻtkazgan. „Quartus Artifactus“ konserti 2009-yil 23-iyunda Toshkentdagi „Ilhom“ teatrida boʻlib oʻtgan. Ushbu shouning kontseptsiyasi faqat akustik asboblar yordamida kompozitsiyalarni ijro etish edi. 2010-yil boshida Fromuz shunday nom bilan oʻz konsertini ham oʻtkazdi. Konsert barcha albomlardagi eng yaxshi treklarni oʻz ichiga olgan edi.

Faoliyati davomida Fromuz bir nechta progressiv rok va blyuz festivallarida chiqish qildi. 2007-yilda guruh Meksikadagi „The Baja Prog festival“ga taklif qilindi, u yerda ular Jordan Rudess (Dream Theater), Univers Zero, Focus kabi boshqa mashhur progressiv rok qoʻshiqchilar bilan bir sahnada kuylashdi. 2007-yil avgust oyida Fromuz Chimkentda (Qozogʻiston) boʻlib oʻtgan „Yoz kechalari“ festivalida ishtirok etdi, unda guruh „Audio Diplomacy“ albomidan kompozitsiyalarni ijro etdi.

Cover qoʻshiqlar

tahrir

Fromuz ijodi davomida boshqa bir qancha ijodkorlarning qoʻshiqlarini cover qilgan. 2009-yilda Fromuz 10T: Undercover albomida ishtirok etdi, va u yerda ular King Crimsonning „Starless and Bible Black“ning cover versiyasini ijro etishdi. Shuningdek, 2010-yilning yozida Fromuz Jeff Beckning „Brush with the Blues“ qoʻshigʻi ustida ishlashgan.

Jamoa aʼzolari

tahrir

Fromuzning toʻrt xil tarkibi mavjud edi. Gitarachi Vitaliy Popeloff, klaviaturachi Albert Xalmurzayev, barabanchi Vladimir Badirov va basschi Endryu Mara-Novikdan tashkil topgan ilk tarkib ikkita albom chiqardi. Keyin 2008-yilning may oyida Mara-Novik va Badirov oʻrniga Surat Qosimov va Ali Izmailovlar, shuningdek, Igor Elizov ikkinchi klaviaturachi sifatida guruhga qoʻshildi. 2009-yil iyul oyida Surat Qosimov guruhni tark etgach, Albert Xalmurzayev bass chalishni boshladi. Va nihoyat, 2010-yil sentyabr oyida Ali Izmailov guruhni tark etdi. Hozirda Fromuz tarkibida doimiy barabanchi yoʻq va guruh har bir konsertiga turli yakkaxon barabanchilarni taklif qiladi.

Hozirgi aʼzolar

tahrir
  • Vitaly Popeloff — gitarachi, asosiy vokalchi
  • Albert Xalmurzayev — bass, qoʻshimcha vokalchi
  • Yevgeniy Popelov — musiqiy klaviaturachi, qoʻshimcha vokalchi

Sobiq aʼzolar

tahrir
  • Andrew Mara-Novik — bass (2004–2008)
  • Vladimir Badiro — barabanchi (2004–2008)
  • Surat Qosimov — bass (2008–2009)
  • Ali Izmailov — barabanchi (2008–2010)
  • Igor Elizov - pianinochi (2008-2011)
  • Yevegeniy Popelov - musiqiy klaviaturachi (2007-yilgi mavsum)[5]

Diskografiyasi

tahrir

Studio albomlari

tahrir
  • Overlook (2008)[6]
  • Seventh Story (2010)[7]
  • Quartus Artifactus (2011) [8]
  • Sodom and Gomorrah (2013) [9]

Albomlari

tahrir
  • Audio Diplomacy (2007)

DVD relizlar

tahrir
  • Playing the Imitation (2007)
  • Inside Seventh Story (2010)[10]

Manbalar

tahrir
  1. „From.uz“.
  2. „Progressive Rock Band FROM.UZ | Prog rock, Jazz Fusion, Prog Metal“. 2011-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-may.
  3. „Quartus Artifactus acoustic progressive rock album | Progressive Rock Band FROM.UZ“. www.fromuzband.com. 2011-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Tashkent for the first time awarded for achievements in rock music“. Ferghana.ru (2009-yil 9-iyun). Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
  5. „WELCOME TO Progressive Rock & Progressive Metal - E-ZINE“. 2024-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
  6. „FROMUZ - Overlook“. Music in Belgium (2008-yil 25-sentyabr). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
  7. „FROMUZ - Seventh Story“. Music in Belgium (2010-yil 7-fevral). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
  8. „Quartus Artifactus (2011) | Progressive Rock Band FROM.UZ“. 2011-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-may.
  9. „FROMUZ Release Sodom and Gomorrah Concept CD“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
  10. „FROMUZ - Inside Seventh Story (DVD)“. Music in Belgium (2010-yil 9-sentyabr). 2011-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.

Tashqi havolalar

tahrir