Fusō (Aichi)
Fusō (yaponcha: 扶桑町 Fusō-chō ) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Niva tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shaharchada 14017 ta xonadonda 34144 nafar aholi istiqomat qiladi[1] va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 3051 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 11,19 kvadrat kilometr (4,32 mi²) ga teng
Fusō 扶桑町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°21′32.7″N 136°54′47.6″E / 35.359083°N 136.913222°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat |
[[Chūbu viloyati Tōkai viloyati]] |
Prefektura | Aichi |
Yaponiya tumanlari|tuman | Niva |
Hukumat | |
• - Mayor | Mitsuru Edo |
Asos solingan | 1889-yil 1-aprel |
Maydon | 11.19 km2 (4.32 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil 1-oktyabr) |
34 144 |
Zichligi | 3100 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0587-93-1111 |
|
Geografiyasi
tahrirFusō Gifu prefekturasi bilan chegaradosh, Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Shahar hududidan Kiso va Gojo daryosi oqib oʻtadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirAichi prefekturasi
Gifu prefekturasi
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Fuso aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 8,246 | — |
1950 | 10,549 | +27.9% |
1960 | 11,344 | +7.5% |
1970 | 21,317 | +87.9% |
1980 | 27,254 | +27.9% |
1990 | 29,21 | +7.2% |
2000 | 31,728 | +8.6% |
2010 | 33,56 | +5.8% |
Iqlimi
tahrirShahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish (Köppen iqlim tasnifi Cfa) bilan ajralib turadigan iqlimga ega. Fusōda oʻrtacha yillik harorat 15,5 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1872 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,1 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,0 °C atrofida boʻladi[3].
Tarixi
tahrirFusō hududi asosan Edo davrida Tokugava syogunati hukmronligida Ovari domenining bir qismi boʻlgan. Meiji restavratsiyasidan soʻng, 1872-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Niva tumani hududida Yamana va Toyokuni qishloqlari tashkil etildi. Fusō qishlogʻi 1906-yil 1-oktyabrda Yamana va Toyokuni qoʻshni Takao va Kashivamorining bir qismi bilan birlashishi orqali tashkil etilgan. Fusō 1952-yil 1-avgustda shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Iqtisodiyoti
tahrirHozirgi davrga qadar bu hududda ipakchilik va tut bargi yetishtirish rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi, xususan daikon turpini yetishtirish mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi hisoblanadi.
Taʼlim tizimi
tahrirFusōda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy litsey ham mavjud.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrir- Kashivamori — Fusō — Kotsuyōsui
Magistral yoʻl
tahrir- Milliy yoʻnalish 41
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Fuso Town official statistics (Wayback Machine saytida 2021-09-20 sanasida arxivlangan) (yaponcha)
- ↑ Fuso population statistics
- ↑ Fuso climate data
Havolalar
tahrir- Fusō rasmiy veb-sayti (yaponcha)