Fut (Xom oʻgʻli)
Fut, put[1] (ivritcha: פוט; grech. Φουδ) — Xomning uchinchi oʻgʻli.
Iosif Flaviyning yozishicha, Misr[2] gʻarbida yashagan liviyaliklar Futning oʻgʻillari deb atalgan.
Yozuvchi Artur Bedford biroz kengroq nuqtai nazarga ega edi. U Afrika xalqlarining nasl-nasabini oʻrganish, Xom avlodlarini oʻrganish bilan shugʻullangan. Maʼlumki, Xomning ikki oʻgʻli Fut va Mizraim Afrikaga kirganlarida, Fut oxir-oqibat qitʼani gʻarbdan, Mizraim esa Afrikani sharqdan oʻzlashtiruvchi odamlarni dunyoga keltirgan. Bedford maʼlumotlariga koʻra, nasl-nasabi Futga taqaladigan odamlar Oʻrta yer dengizi sohillari boʻylab Gibraltar boʻgʻozigacha, Nil daryosi boʻylarida, shuningdek, Nil bilan Zangori burun oʻrtasidagi quruqlikda tarqalgan.
Solihlar kitobida Futning oʻgʻillari: Gebul, Xadan, Behan (Benax) va Adan[3][4] keltirilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ KNIGA YaShYeRA (PRAVYeDNOGO), Glava 7:10
- ↑ ID kn.1, gl.6:2
- ↑ Kniga Pravednogo, neukazanniy perevodchik, glava 7 (Wayback Machine saytida 2019-09-24 sanasida arxivlangan):12
- ↑ KNIGA YaShYeRA (PRAVYeDNOGO), perevod Breanainn, Glava 7:12
Adabiyotlar
tahrir- Bibliya
- Kniga Yubileev
- Baker, David W. 1992. „Put“. In The Anchor Bible Dictionary, edited by David Noel Freedman. Vol. 5 of 6 vols. New York: Doubleday. 560(ingl.)
- Graefe, Erhart. 1975. „Der libysche Stammesname p(j)d(j)/pjt im spätzeitlichen Onomastikon.“ Enchoria: Zeitschrift für Demotistik und Koptologie 5:13—17.(ingl.)(angl.)