Bosh menuni ochish

Futbol bezoriligi deb futbol ishqibozlari tomonidan yoki futbol matchlari natijalaridan norozilik tufayli kelib chiquvchi bezorilikka aytiladi. Bularga turli futbol jamoalarini dastaklovchi muxlislar orasidagi janjal va mushtlashuvlar, vandalizm va boshqa tur notinchliklar misol boʻlishi mumkin. Baʼzi mamlakatlarda (asosan Yevropada) futbol bezorilari oʻta oʻng yoki oʻta soʻl siyosiy firqalar bilan aloqadordirlar.

Futbol bezoriliklari jiddiy oqibatlarga, halokatlarga olib kelishi mumkin. Bezorilarni tinchlantirish uchun militsiya (politsiya) kuchlari, klublar uchun jarimalar va hk choralar koʻriladi.

TarixiTahrirlash

Sport bilan bogʻliq ommaviy bezoriliklar Oʻrta Asrlardan beri maʼlum. 1314-yili Angliya qiroli Edward II toʻs-toʻpolonlarga yoʻl qoʻymaslik uchun mahalliy toʻp tepish oʻyinini taqiqlagan.[1] Zamonaviy futbol bezoriligining ilk koʻrinishi 1880-yillar Angliyasida sodir boʻlgan: match paytida jamoa muxlislar raqib jamoa ishqibozlari va hakamlarni haqoratlashgan.

Ikki jahon urushlari orasidagi vaqtda bironta jiddiy futbol bezoriligi kuzatilmagan. Biroq 1950-yillardan boshlab bu hodisalar avjiga olib ketdi.

Janubiy va Markaziy AmerikaTahrirlash

Futbol bezoriligi Argentina va Peruda keng tarqalgan (Braziliyada nisbatan kamroq). Bu mamlakatlarda futbol bezoriliklari tufayli yuzlab odamlar halok boʻlgan; bezorilar pichoq va oʻtochar qurollardan foydalanishadi.

1969-yili Salvador va Gonduras orasida «Futbol urushi» deb atalgan harbiy ziddiyat yuzaga keldi va u olti kun davom etdi. Bu urushga shu ikki mamlakat terma jamoalarining jahon chempionati saralash musobaqalaridagi matchlaridan soʻnggi muxlislar olishuvi sabab boʻlgandi.

Shimoliy AmerikaTahrirlash

Meksika va AQShda futbol bezoriligi noyob boʻlsa-da, yoʻq emas. 1998-yilda Meksika milliy futbol terma jamoasi muxlislari Olmoniya jamoasiga yutqazganida meksikalik bezorilar toʻpolon koʻtarishib, bir kishining oʻlimi va bir necha yaralanishlarga sabab boʻlishdi. Shuningdek, 2008-yili Amerika Qoʻshma Shtatlarida, Ohio shtatida Columbus Crew va West Ham United klublari matchida 100 dan ortiq futbol bezorilari oʻzaro mushtlashishdi.

YevropaTahrirlash

Yevropa mamlakatlarida futbol bezoriligi juda keng yoyilgan. Ayniqsa Buyuk Britaniya, Fransiya, Olmoniya, Turkiya va Rossiyada bezorilar yaxshi uyushgan holda harakat qilishadi.

OsiyoTahrirlash

Osiyoda futbol bezoriligi kam uchraydigan holatdir, biroq Xitoy, Bangladesh, Isroil, Shimoliy Koreya va Siriyadagi bezoriliklar chogʻida oʻnlab odamlar halok boʻlishgan.

Oʻzbekistonda futbol bezoriligi katta miqyoslarda emas. Bezorilik odatda stadionlarning ayrim sektorlaridagi janjallar bilan cheklanadi (shuni aytish joizki, bunda militsiyaning hissasi katta). Biroq Toshkentda futbol bezorilari stadionlar tashqarisida toʻpolon qilishgani, jamoat transportiga jiddiy zarar yetkazishgan hollari maʼlum (masalan, 1969-yilgi Paxtakordagi toʻpolonlar).

AfrikaTahrirlash

Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Gʻana, Liviya, Mozambik va Zimbabve kabi oʻlkalarida futbol bezoriligining ogʻir hollari uchrab turadi.

AvstraliyaTahrirlash

Avstraliya klublari milliy belgilarga koʻra tuzilgani uchun avstraliyalik futbol bezorilari futbol bahona millatchilik ziddiyatlarini keltirib chiqarishadi.

ManbalarTahrirlash