Futuvvat (arab: yigitlik, mardlik) - tasavvufdagi mardonavorlik ya’ni, boshqalarni o‘zidan yuqori tutish, faqat yaxshilik qilish, ezgu xulq-atvorga ega bo‘lish, piru ustozlar, do‘st-birodarlar sharafini himoya qilishga o‘zini bagʼishlash, eng olijanob odob va xislatlarni o‘zida kamol toptirish. Futuvvat gʼoyalarining paydo bo‘lishi ilk tasavvuf davriga borib taqaladi. Mashhur sufiy Junayd Bag’dodiyning ta’rifiga ko‘ra “Futuvvat - saxovatpeshalik, birovga zarar yetkazmaslik va shikoyat Futuvvat tasavvufdagi mardonavorlik yaʼni, boshqalarni oʼzidan yuqori tutish, faqat yaxshilik qilish, ezgu xulq-atvorga ega boʼlish, piru ustozlar, doʼst-birodarlar sharafini himoya qilishga oʼzini bagʼishlash, eng olijanob odob va xislatlarni oʼzida kamol toptirish . Futuvvat gʼoyalarining paydo boʼlishi ilk tasavvuf davriga borib taqaladi. Futuvvat arabcha «fato» - «yigit» soʼzidan olingan. Qurʼonda Ibrohim (a.s.), Аshobi Kahf va Muso (a.s.)ning hamrohiga «futuvvat» nisbat berilgan. Mashhur sufiy Junayd Bagʼdodiyning taʼrifiga koʼra futuvvat - «saxovatpeshalik, birovga zarar yetkazmaslik va shikoyat qilmaslik (noshukr boʼlmaslik)». Shia sufiylarida Аli ibn Аbu Tolib futuvvat mayogʼi hisoblanadi, shuning uchun ham ularda «Zulfiqordan boshqasi qilich emas, Аlidan boshqasi «fato» emas» iborasi keng tarqalgan edi. Futuvvat ahlini javonmardlar (fors. yosh yigit), axiylar (arab. turk. birodar) deb ham ataganlar. Javonmardlar oddiy xalq ichidan chiqqan hunarmandlar, qiziqchilar, sipohiylar va jamiyatning boshqa aʼzolaridan tarkib topgan edi. Ularning har birining oʼz jamoasi, piri, Tasavvuf atamalari yigʼiladigan joyi boʼlgan. Аgiograf ik manbalarda «javonmard» soʼzi koʼplab s u f i y l a r g a , ayni qsa, malomatiylarga nisbatan keng qoʼllanilgan. Chunonchi, «Malomatiya haqida risola» muallifi Sulamiy (vaf. 1021 y.) futuvvatga bagʼishlab alohida bir risola bitgan. Ushbu asarida haqiqiy javonmardning 212 taʼrif va sifatini keltiradi. Sulamiyga ergashib yana birtasavvuf tarixnavisi Qushayriy (vaf. 1072Y.) oʼzining «Qushayriy risolasi» asarining bir bobini futuvvat mavzusiga bagʼishlaydi. Kaykovusning (XI asr) «Qobusnoma»sida -44 bob «Javonmardlik zikrida» deb atalib, unda futuvvat odobi, bu tur insonlarga xos goʼzal axloq namunalari haqida soʼz boradi. Hirotlik atoqli olim Husayn Voiz Koshifiy (1505-1440) «Futuvvatnomai sultoniy» asarida futuvvatning yetmish bir shartini sanab oʼtadi hamda «Kimdaki, mazkur shartlardan birortasi topilmasa, u futuvvatdan bebahradir», deb taʼkidlaydi. Koshifiy futuvvatni tariqatning tarkibiy qismi, deb qaraydi. Vaholanki, baʼzi manbalarda garchi tariqat va futuvvat oʼzaro chambarchas bogʼliq boʼlsa-da, ammo ular alohida tushunchalar ekani aytilgan. Chunonchi, futuvvattasavvufiy qarashlarning amaliy tatbigʼi sifatida eʼtirof etiladi. Javonmardlar xuddi sufiylar muridga muraqqa* yoki xirqa kiydirgani singari oʼz saflariga yangi qoʼsh ilganlarga ajratib turuvchi m axsus shalvor kiydirganlar. Manbalarda sarbadorlar ham futuvvat axdi sifatida eʼtirof etiladi. Аbbosiy xalifa Nosir (1180-1225) oʼz mavqeini mustahkamlash uchun birinchi boʼlib futuvvatga rasmiy tashkilot tusini berib, Аli ibn Аbu Tolibni esa futuvvatning eng yorqin misoli sifatida targʼib qildi. Tasavvuf ashamalari Uning oʼzi ham futuvvat shalvorini kiyib, «sayyidu-l�fityon» laqabini oladi. Shu yoʼl bilan u Bagʼdod aholisining qoʼllab-quvvatlash i ga eri sh i b, salj uqi ylarning taʼsiridan qutulishga hamda rofiziylarni yoʼq qilishni maqsad qilgan edi. Ushbu maqsadini amalga oshirishda xalifaga suhravardiya tariqati asoschisi Аbu-n-Najib Suhravardiyning (vaf. 1168 y.) jiyani Аbu Haf s Suhravardiy (1145-1234) futuvvat goyalarini aholining keng qatlamlari orasida oʼzining otashin vaʼzlari bilan tarqagish orqali yordam koʼrsatadi. Аbu Hafs Suhravardiy «Sufiylik yoʼli oddiy musulmon uchun mashaqqatli va ogʼir boʼlgani sababli omma uchun futuvvat tariqatning bir boʼlagidir» deya eʼtirof etdi. Аbu Hafs Suhravardiy maqsadli ravishda futuvvatga xos boʼlgan sharaf kodeksini tasavvufning maʼnaviy koʼrsatmalari bilan bogʼlashga urindi. F utuvvat k on s yep s i yasi tasavvuf dagi iysor - oʼzgalarning manfaatini oʼz manfaatlaridan ustun qoʼyish gʼoyasini eng yuqori choʼqqilarga olib chiqdi. Futuvvat guruxdari koʼp davrlar mobaynida jamiyatda yuksak axloq, saxovat, mardlik, adolatparvarlikning oliy namunasi sifatida eʼtirof etib kelindi. Futuvvat gʼoyalari Movarounnahrda ham keng tarqalgani haqida oʼrta asr arab sayyohi Ibn Batuta (vaf. 1368Y.) «Safarnoma» asarida juda toʼlqinlanib ifoda etadi. Аrab sayyohining yozishicha xonaqoh va zoviyalarning aksari javonmardlar ixtiyorida boʼlgan. Аyniqsa, Turkiyada javonmardlik harakati «axiylar» nomi bilan keng tarqalgan boʼlib, ularning sardorlari sultonlarning huzurida ham muayyan obroʼ-eʼtiborga ega boʼlgan. X asrlarda paydo boʼlgan «ayyor»lik harakati ham aslida futuvvat bilan Tasavvuf atamalari bogʼliq. «Аyyor» soʼzi oʼsha davrda salbiy maʼnoda emas, balki «topqir», «zukko», «dono», «zehnli», «hozirjavob», «hiylagar» kabi soʼzlar bilan uygʼun boʼlgan. Ular turli nayranglarni ishlatib dushmanlarga zarar yetkazganlar, doʼstlarni ogir holatlardan chiqarishga yordam berganlar. Аmmo hech qachon oʼz nayranglarini xiyonat va gunoh ishlarga qoʼllamaganlar. «Qobusnoma»da ham ayyorlik javonmardlikning zakovat jihatdan yuksak namunasi sifatida aks ettiriladi. Futuvvat tasavvuf bilan qoʼshilgandan keyin javonmardlarga nisbatan «ayyor» soʼzi ishlatilmaydiganboʼlib qoldi. Tariqatlarda piri murshid boʼlganidek, futuvvat t a sh k i l o t l a r i n i n g m a s l a g i g a m o s r a v i sh d a paygambarlardan tanlab olingan pirlari boʼlgan. Chunonchi, hazrati Odam - dehqonlar piri, hazrati Shis - paxtachilar piri, hazrati Idris - tikuvchi va xattotlar piri, hazrati Nuh - savdogarlar, hazrati Solih - tuyakashlar, hazrati Ibrohim - sutchi va duradgorlar, hazrati Ismoil - ovchilar, hazrati Ishoq - choʼponlar, hazrati Zulkifl - novvoylar, hazrati Lut - tarixchilar, hazrati Uzayr - bogbonlar, hazrat Ilyos - toʼqimachilar, hazrati Dovud - temirchilar, hazrati Luqmon - hakimlar, hazrati Yunus - baliqchilar, hazrati Iso - sayyohlar, Muhammad (s.a.v.) - bogʼbon va savdogarlar piridir.

[1] [2] [3] [4][5][6] [7].

Manbalar

tahrir
  1. А d abi yotlar : Komilov N. Tasavvuf. - Toshkent: Oʼzbekiston, 2009;
  2. Trimingem Dj .S. Sufiyskie ordenь1 v islame - Moskva: Nauka, 1989;
  3. Knmsh А. D. Musulьmanskiy mistitsizm. - Moskva: Dilya, 2004; Zarrinkoʼb
  4. А. Joʼstujoʼ dar tasavvufi Iron // Sino. - 2002. - № 8. -B . 10-13
  5. Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy; Аxloqi Muhsiniy. - Toshkent: Oʼzbekiston milliy entsiklopediyasi, 2011;
  6. Petrushevskiy I.P . Islam v Irane v UN-XUvekax. - Len-d: Izdatelьstvo Leningradskogo universiteta, 1966; Usmon Turar. Tasavvuf tarixi. - Toshkent: Istiqlol, 1999
  7. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 400.

Adabiyotlar

tahrir
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.