Unsur al-Maoliy
Unsur al-Maoliy (Kaykovus) (1021—98) — fors yozuvchisi. Fors tilidagi birinchi nasriy asar — "Krbusnoma"yamnt muallifi.
Unsur al-Maoliy | |
---|---|
Tavalludi | 1021 |
Vafoti | 1098 |
Ijod qilgan tillari | Fors tili va Mazanderani |
UNSURIY (taxallusi; asl ismsharifi Abdulqosim Hasan ibn Ahmad) (970, Balx — 1040, Gʻazna) — forstojik shoiri, qasidaguy, gʻazalnavis va dostonnavis. Xususiy muallimlar hamda Balx madrasasida tahsil koʻrgan, zamonaviy barcha ilmfanlarni egallagan. Dastlab amir Nasr Sabuktegin, keyin esa Sulton Mahmud saroyida xizmat qilgan, "malik ush-shuaro" unvoniga sazovor bulgan. Davlatshoh Samarqandiy U. devoni 30 ming bayt sheʼrdan iboratligini yozib qoldirgan. Ammo bizga qadar shoirning muʼjazgina sheʼriy tuplami yetib kelgan. Bundan tashqari, U.ning maxsus qasidalar devoni borligi haqida ham maʼlumot mavjud. U. Sharq adabiyotida vasfbahoriya hamda madh qasidalarining eng mumtoz namunalarini yaratgan sanʼatkordir.
U. xalq ogʻzaki ijodi asarlari hamda Sharqdagi anʼanaviy mavzu va timsollar asosida "Vomiq va Uzro", "Xingbut va Surxbut", "Shodbahr va Aynulhayot" singari dostonlar yozgan. Oxirgi ikki masnaviyni, Sulton Mahmud Gʻaznaviy iltimosiga kura, Beruniy arab tiliga tarjima qilgan.
Adabiyot
tahrir- Bertels Ye. E., Istoriya persidskotadjikskoy literaturi, M., 1960.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |