Fyodor Dostoyevskiy
Dostoyevskiy Fyodor Mixaylovich (1821.30.10(11.11), Moskva — 1881.28.1 (9.2), Sankt-Peterburg) — rus yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 1844-yilda boshlangan. Birinchi romani — „Bechora odamlar“da (1846) xoʻrlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor boʻlgan „kichkina odamlar“ning qismati hikoya qilingan. „Qiyofadosh“ (1846), „Oq tunlar“ (1848) qissalari ham ijtimoiy mavzuda. N. Dobrolyubov, V. Belinskiy kabi demokrat ziyolilarning inqilobiy gʻoyalariga mahliyo boʻlib qolgan D. 1847-yildan rus inqilobchisi va xayoliy sotsialisti M. V. Petrashevskiy toʻgaragiga faol qatnashib, xayoliy sotsializm gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Mazkur toʻgarakda qatnashib, mavjud davlat tuzumini kuch ishlatib oʻzgartirishga harakat qilgani uchun D. oʻlim jazosiga xukm qilinadi (1849). Nufuzli davlat va jamoat arboblarining aralashuvidan soʻng, podsho Aleksandr II oʻlim jazosini 4 yillik katorga surguni bilan almashtiradi. Yozuvchi Omsk katorga qamoqxonasida (1850—54) va Semipalatinskda intizomiy harbiy xizmatda boʻldi (1854—59). 1859-yildan Peterburgda Uzoq muddatli tutqunlik va surgun D. ijodida oʻz ifodasini topadi, tushkunlik ustuvor mavzuga aylanadi. „Stepanchikov qishlogʻi va uning axoliyey“ (1859), „Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar“ (1861), „Oʻlik xonadondan maktublar“ (1861—62) asarlari jaholat botqogʻiga botib, insoniy qiyofasini yoʻqotgan ruslar hayotiga bagʻishlangan.
Fyodor Dostoyevsky | |
---|---|
![]() | |
Asl ismi | Фёдор Миха́йлович Достое́вский |
Tavalludi |
11-noyabr 1821-yil |
Vafoti |
9-fevral 1881-yil (59 yoshda) Sankt Peterburg, Rossiya Imperiyasi |
Ijod qilgan tillari | Rus tili[1] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Yoʻnalish | realizm |
Shoh asari | Aka-uka Karamazovlar |
D. M. M. Dostoyevskiy (akasi) bilan hamkorlikda „Vremya“ (1861—63), „Epoxa“ (1864—65) jur.larini nashr etadi. Bularda Rossiyadagi krepostnoylik tartibi, aslzoda (dvoryan) larning maʼnaviyaxloqiy tubanligi, mehnatkashlar shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishini fosh etishdan tashqari, millatchilik, buyuk davlatchilik (shovinizm) gʻoyalari, xususan, chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning zabt etilishi targʻib qilinadi. „Biz Yevropaga bostirib borsak, ular bizni varvarlar sifatida qarshi oladi, Osiyoda esa bizni madaniyatli millat kabi kutib olishadi“, deb, Kaufman, Skobelev singari harbiylar Turkistonni bosib olishga daʼvat etiladi.
„Jinoyat va jazo“ (1866), „Telba“ (1868) romanlarida rus xalqining maʼnaviy muammolari badiiy boʻyoqlarda yaqqol aks ettirilgan. „Jinlar“ (1871—72), „Oʻsmir“ (1875) romanlarida esa rus „oqsuyaklari“ tabaqasi, amaldorlari orasida maʼnaviy qashshoqlik, amalparastlik, ochkoʻzlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani koʻrsatilgan, ichki-milliy muammolarni boshqa bir xalq hisobiga hal etib boʻlmasligi eʼtirof etilgan. „Ogʻa-ini Karamazovlar“ (1879—80) romanida jamiyat va shaxs oʻrtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojia oʻz ifodasini topgan.
D. ijodi, garchi ziddiyatli boʻlsada, rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. D. 19-asrdagi realistik roman janrini yangi oʻziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib toʻlaqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar takdirini, qalb kurashini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. Oʻzining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, gʻoya va dunyoqarashning fojiaviy toʻqnashuvini mahorat bilan tasvirladi. D. romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi.
D.ning „Jinoyat va jazo“, „Telba“ va boshqa asarlari Ibrohim Gʻafurov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Bibliografiya Tahrirlash
Romanlar Tahrirlash
- 1846 Bechora odamlar
- 1860 Oʻlik uydan maktublar
- 1861 Kamsitilgan va xoʻrlanganlar
- 1864 Yerostidan maktublar
- 1866 Преступление и наказание
- 1866 Oʻyinchi
- 1868 Esi past
- 1869 Abadiy er
- 1872 Iblislar
- 1875 Oʻsmir
- 1876 Yuvosh
- 1880 Aka-uka Karamazovlar
Qissa va hikoyalar Tahrirlash
Ekranizatsiyalar Tahrirlash
- „Esi past“ — Pyotr Chardininning filmi (Rossiya, 1910)
- „Esi past“ — Jorj Lampenning filmi (Fransiya, 1946)
- „Esi past“ — Akira Kurosavaning filmi (Yaponiya, 1951)
- „Esi past“ — Ivan Piryevning filmi (SSSR, 1958)
- „Esi past“ — Alan Bridjesning teleseriali (Buyuk Britaniya, 1966)
- „Shum muhabbat“ — Andrzej Żuławski (Fransiya, 1985)
- „Esi past“ — Mani Kaulaning teleseriali (Hindiston, 1991)
- „Daun Haus“ — Roman Kachanovning film-parodiyasi (Rossiya, 2001)
- „Esi past“ — Vladimir Bortkoning teleseriali (Rossiya, 2003)
- Jinoyat va jazo (film, 1940) — SSSR, 1940
- Jinoyat va jazo (film, 1956) — Fransiya, 1956
- Jinoyat va jazo (film, 1970) — SSSR, 1970
- Jinoyat va jazo (film, 1983) — Finlandiya, 1983
- Jinoyat va jazo (telefilm, 2007) — Rossiya, 2007
- Yuvosh (film)
- Aka-uka Karamazovlar (film)
- Kamsitilgan va xoʻrlanganlar (film, 1958) Italiya
- Kamsitilgan va xoʻrlanganlar (film, 1977) Meksika
- Kamsitilgan va xoʻrlanganlar (film, 1979), SSSR
- Kamsitilgan va xoʻrlanganlar (film, 1991) SSSR-Shveytsariya
Manbalar Tahrirlash
Adabiyot Tahrirlash
- Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar, T., 1966; Telba, T., 1981.
- F. M. Dostoyevskiy tugʻilgan kunning 150 yilligi (esdaliklar), T., 1971.
Havolalar Tahrirlash
- F. M. Dostoevsky asarlarining qisqacha mazmuni (rus.)
- F. M. Dostoevskyning rasmlari (rus.)
- F. M. Dostoevskyning asarlari va tanqid (rus.)
- Osipov A. I. „F. M. Dostoevsky va xristianlik“ Wayback Machine saytida arxivlandi (2006-02-19). (rus.)
- Dostoevsky Fyodor Mixaylovich — yozuvchining ijodi haqida (rus.)
- Fyodor Dostoevsky, hayot va ijodining asosiy sanalari Wayback Machine saytida arxivlandi (2007-12-23). (rus.)
- http://www.klassika.ru/proza/dostoevskij/ (rus.)
- Fyodor Dostoevsky Chronicle by Erik Lindgren (ingl.)
- Fyodor Mixaylovich Dostoevsky HomePage „Fedor Dostoievsky“ (ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |