Gʻafur Ostonov (1905-yil, Samarqand – 1938-yil, Toshkent) – Izboskan tuman partiya qoʻmitasining ikkinchi kotibi. Stalin davri qatagʻoni qurboni boʻlgan.

Gʻafur Ostonov
Tavalludi 1905-yil
Vafoti 1938-yil 14-oktyabr
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Stalin nomidagi Kommunistik universitet
Faoliyat yillari 1920—1937

Gʻafur Ostonov Samarqand viloyati Narpay tumani Sultonobod qishlogʻida tugʻilgan. Otasi oʻrtahol dehqon boʻlgan. 1913-yilda vafot etgan.

Gʻofur Ostonov 1913-yildan 1919-yilga qadar Eski Buxoro qozisi qoʻlida choʻpon boʻlib ishlagan. 1919-yildan boshlab ikki yil davomida eshonning xizmatchisi boʻlib ishlaydi. 1921-yildan 1923-yilgacha etikdoʻzga shogirdlikka tushadi. 1923-yilda oʻqishni davom ettirish maqsadida Eski Buxoroda joylashgan oʻqituvchilar tayyorlash universitetiga kiradi. 1924-yilda oʻqishni tamomlagandan soʻng Moskvaga ketadi. 1930-yilgacha Moskvaning Zaraysk hududidagi „Красный Восток“ fabrikasida ishlaydi. Oʻqishini ham davom ettirgan. 1930-yilda Samarqand shahrining Samarqand okrugi kolxozlar markazida instruktor vazifasida ishlaydi. 1930-yil iyunidan 1932-yil dekabrgacha Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi maorif xalq komissarligida, 1932-yil dekabrdan 1934-yil sentyabrgacha Bagʻdod tumani partiya komitetida tashkiliy boʻlim mudiri boʻlib ishlagan[1].

1934-1935-yillarda Fargʻonadagi Gazlama tayyorlash fabrikasida partiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari vazifasida faoliyat olib boradi. 1935-yilning martidan 1936-yil martigacha, bir yil davomida Moskva shahridagi „Serp va molot“ fabrikasi taʼminot agenti boʻlib ishlaydi. 1936-yilning aprel oyidan 1937-yilning may oyigacha Toshkent shahrida Stalin nomidagi gazlama fabrikasida yordamchi vazifasida ishlaydi. 1937-yilning kuzida hibsga olinadi. Hibsga olingunga qadar Poytugʻ qishlogʻida Izboskan tuman partiya qoʻmitasining ikkinchi kotibi vazifasida faoliyat yuritgan[2]. Oʻzbek tilidan tashqari, rus, tojik tillarini bilgan.

1938-yilning 14-oktyabrda SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasining sud majlisida oʻlimga hukm qilinadi. Hukm ijrosi oʻsha kuni taʼminlanib, otib tashlanadi.

Kommunistik partiyaning XX syezdidan soʻng realibitatsiya qilingan.

Manbalar tahrir

  1. Rustambek Shamsutdinov. Коллективлаштириш ва “катта террор” даврида қатагон қилинган ватандошларимизнинг xoтиpa китоби. Тошкент: Янги аср авлоди, 2015 йил — 335—336 bet. ISBN 978-9943-27-589-9. 
  2. Rustambek Shamsutdinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari (1-kitob). Sharq Toshkent 2012 — 223 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.