Gʻalaba yodgorligi – Anqaraning Altındağ tumanidagi Ulus Maydonida joylashgan. Onadoʻlida boʻlib oʻtgan Turkiya Mustaqillik urushi xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1927-yilda qurilgan yodgorlik.

Gʻalaba yodgorligi
Zafer Anıtı

Yodgorlikning old tomondan koʻrinishi (2021)
Eski nomlari Yeni Gün Anıtı
Umumiy maʼlumot
Maqomi Yodgorlik
Manzili Ulus Meydanı, Altındağ, Anqara
Koordinatalar 39°33′47″N 32°30′42″E / 39.5630°N 32.5117°E / 39.5630; 32.5117
Qurilishi boshlangan 1925
Qurilishi tugagan 1927
Texnik holati
Material Bronza, andezit va marmar
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Heinrich Krippel
Gʻalaba yodgorligi (Anqara)

Ushbu yodgorlik avstriyalik haykaltarosh Heinrich Krippel tomonidan ishlangan. 1925-yilda Yeni Gün gazetasi rahbariyati tomonidan oʻtkazilgan xalqaro tanlov paytida foydalanishga topshirilgan. Ochilish marosimi 1927-yil 24-noyabrda boʻlib oʻtgan.

Poydevori marmardan iborat boʻlgan haykalda Mustafo Kamol Otaturk Sakarya nomli oti ustida tasvirlangan. Orqa tomonida yelkasida toʻp (qurol) koʻtargan ayol va old tomonda ikki askar tasvirini koʻrish mumkin.

Gʻalaba yodgorligi atrofdagi boshqa inshootlar bilan birga nafaqat shaharning, balki butun mamlakatning ramzlaridan biriga aylangan. Ushbu yodgorlik Turkiya Respublikasi tarixiga aloqador ilmiy ishlarga eng koʻp bora mavzu boʻlgan asarlardan biri hisoblnadi[1].

Manbalar

tahrir