Gʻusman Daniyar uli Qirgʻizboyev (qozoqcha: Ғұсман Даниярұлы Қырғызбаев; 28-sentyabr 1992-yil) – qozogʻistonlik dzyudochi, 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali, 2021-yilgi jahon chempionati kumush medali, 2019- va 2022-yilgi Osiyo chempionatlarining bronza medali sovrindori.

Gʻusman Daniyar uli Qirgʻizboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Tavallud sanasi 28-sentyabr 1992-yil (1992-09-28) (31 yosh)
Dixonkoʻl, Toʻlebiy tumani, Turkiston viloyati, Qozogʻiston
Vazni 66 kg
Sport
Mamlakat Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Professional faoliyat
Havaskor faoliyat

Hayoti

tahrir

Sportchi 1992-yilda Qozogʻistonning Turkiston viloyati, Dixonkoʻl qishlogʻida tugʻilgan.

12 yoshidan Gʻusman akasi bilan birgalikda milliy kurash bilan shugʻullana boshlagan. 2010-yilda aka-uka maktabni tugatib, Qozogʻiston sport va turizm akademiyasiga oʻqishga kirishgan. Ular tasodifiy tarzda dzyudo boʻyicha Olmaota shahar chempionatining saralash bahslarida qatnashib, finalga yoʻl olishadi[1].

Dzyudochining birinchi murabbiyi E. Otizboyev.

2014-yilda sportchi KazASTni tamomlab, sertifikatlangan trener-oʻqituvchi boʻladi. 2016-yildan 2018-yilgacha Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida huquqshunoslik ixtisosligi boʻyicha tahsil olgan. Bolaligida garmonika chalishga qiziqqan.

Faoliyati

tahrir

2019-yili BAAning Fujayra shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 60 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yilgi jahon chempionatida sportchi 60 kilogramm vazn toifasida finalda rossiyalik sportchi Yago Abuladzega[2] yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritadi.

2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 66 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kurashda serbiyalik sportchi Strahinja Bunčićni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Гусман Кыргызбаев: фото, личная жизнь, биография“. ticketon.kz. 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  2. „Гусман Кыргызбаев стал вторым на ЧМ по дзюдо“ (ru). Zakon.kz (2021-yil 6-iyun). 2021-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.