Qozoq milliy universiteti
Qozoq milliy universiteti, Forobiy nomidagi qozoq milliy universiteti — Qozogʻistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti. 1934-yil tashkil etilgan (1993-yilgacha Qozoq davlat universiteti). Olmaota shahrida joylashgan. 1991-yil Forobiy nomi berilgan. Universitetda 14 fakultet (biologiya, fizika, mexanika-matematika, kimyo, jurnalistika, filologiya, tarix, falsafa va siyosatshunoslik, iqtisodiyot va biznes, huquq, sharqshunoslik, xalqaro munosabatlar, geografiya, tayyorlov), 104 kafedra, 7 ilmiy tadqiqotlar instituti, aspirantura, talabalar saroyi, sport inshooti, nashriyot, teleradiostudiya bor (2005). 70 ixtisoslik boʻyicha doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilinadigan 30 ga yaqin ilmiy kengash faoliyat yuritadi. Universitetda 12 mingga yaqin talabi taʼlim oladi, mingdan ortiq oʻqituvchi va ilmiy xodim, jumladan, 300 ga yaqin fan doktori va professor, 800 dan ziyod fan nomzodi va dotsent ishlaydi. Gaz. nashr etadi.
Asos solingan sanasi | 1934-yil |
---|---|
Veb-sayti | www.kaznu.kz |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |