Gabon, Gabon Respublikasi (fransuzcha: République Gabonaise) — Markaziy Afrikadagi davlat. Maydon 267,7 ming km2. Aholisi 1,475 mln. kishi (2009). Poytaxti – Librevil shahar. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (provinsiya)ga boʻlinadi.

Gabon Respublikasi
Shior"Union, Travail, Justice"
(Fransuzcha: Ittifoq, Mehnat, Adolat)
Madhiya: La Concorde
Location of Gabon
Poytaxt Librevil
Rasmiy til(lar) Fransuz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Bris Oligi Ngema
Emmanuel Issoze-Ngondet
Mustaqillik (Fransiyadan)
• Kuni
  17-Avgust 1960-yil
Maydon
• Butun
267,667 km2 (76-oʻrin)
• Suv (%)
3.76%
Aholi
• 2009-yilgi roʻyxat
1,475,000[1] (150-oʻrin)
• Zichlik 12.1/km2
YIM (XQT) 2016-yil roʻyxati
• Butun
36.218 mlrd. AQSh $ (118-oʻrin)
• Jon boshiga
$19 252
Pul birligi CFA Franc (XOF)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+1
Qisqartma GA
Telefon prefiksi 241
Internet domeni .ga

Davlat tuzumi

tahrir

Gabon – respublika. 1990-yil mayda qabul qilingan va 1997-yil aprel da tuzatishlar kiritilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi – prezident (1967-yildan Omar Bongo). U umumiy toʻgʻri saylov huquqi asosida 7 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – ikki palatali parlament (Millat majlisi va Senat). Ijroiya hokimiyatni prezident bilan Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Vazirlar Kengashining aʼzolari va bosh vazir prezident tomonidan tayinlanadi va uning olida masʼuldirlar.

Tabiati

tahrir

Gabon ekvatorial va subekvatorial oʻrmonlar mintaqasida joylashgan. Gaboning ichki qismini Janubiy Gvineya qirlari egallagan. Shayyu togʻlaridagi Ibunji choʻqqisining bal. 1580 m. Undan shimoli-gʻarbda Xrustal togʻlari (Dana choʻqqisi 1000 m) bor. Atlantika okeani sohilini eni 200 km gacha boʻlgan payettekislik egallagan. Foydali qazilmalardan marganes, uran, temir rudasi bor. Iqlimi issiq va sernam, ekvatorial va subekvatorial iklim. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 22–24°, aprelda 25^27°. Oʻrtacha yillik yogʻin 1500–2000 mm, okean sohilida esa 2500–3000 mm. Daryolari kup va sersuv. Eng katta daryosi Ogove. Gabon hududining 80% i kalin doimiy yashil oʻrmonlar. Tuprogʻi qizil-sariq laterit tuproq. Oʻrmonlarda qimmatbaho yogʻoch olinadigan qizil, sariq, eben, sandal, okume va boshqalar daraxtlar oʻsadi. Sohil mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Hayvonlardan fil, buyvol, qoplon, kiyik, sirtlon, maymunlar, daryolarda begemot, timsoh va boshqalar yashaydi. Har xil qushlar, hasharotlar (jumladan sese pashsha) koʻp. Milliy bogʻlari: Vonga-Vong, Okanda.

Aholisi

tahrir

Aholisi asosan fang, mpongve, mbete, punu va boshqalar. Rasmiy til – fransuz tili, ammo aholining koʻpchiligi fang, banyabi yoki bakota tillarida soʻzlashadi.

Dindorlar – asosan xristianlar (70%). Aholining 20% anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, 10% musulmonlar. Aholining 45,7% shaharlarda yashaydi.

Tarixi

tahrir

Gabonning qadimgi va oʻrta asrlardagi tarixi kam oʻrganilgan. Gabinga yevropaliklar kirib kelgan vaqgda (1485-yilda birinchi boʻlib Portugaliya dengizchilari paydo boʻlgan) bu yerda qabilaurugʻchilik tuzumi yemirilayotgan edi. 16-asr dayoq Yevropa (Portugaliya, Fransiya, Gollandiya, Angliya) va Amerika qul savdogarlari Gaboni Ekvatorial Afrikada qul ovlanadigan asosiy maydonga aylantirganlar. 1839-yildan fransuzlar Gabon daryosining qirgʻogʻida oʻz qishloqlarini qurib, mamlakatni asta-sekin bosib ola boshladilar. Gabon xalqining mustamlakachilarga qarshi kurashi Birinchi jahon urushigacha davom etdi. Gabon dastlab Fransiya Kongosining bir qismi edi. 1886-yildan alohida maʼmuriy birlikka aylangan. 1903-yilda (1910–58 yillarda Fransuz Ekvatorial Afrikasi tarkibida) rasman Fransiya mustamlakasi deb eʼlon qilindi.

Ikkinchi jahon urushidan soʻng Gabonning turli joylarida boshlangan milliy ozodlik kurashi uyushgan ommaviy harakatga aylandi. 40–50-yillarda dastlabki milliy partiyalar va kasaba uyushmalari tashkil topdi. 1958-yilda Gabon ichki muxtoriyat huquqiga ega boʻlib, Fransiya Hamkorligi aʼzoligiga qabul qilindi va shu yili respublika deb eʼlon etildi. 1960-yil 15 iyulda Fransiya hukumati Gabonda mustaqillik berishga majbur boʻldi, 17 avgustda esa Gabon mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Gabon 1960-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 10 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasining suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami – 17 avgust – Mustaqillik kuni (1960).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Gabon demokratik partiyasi, hukmron partiya, 1968-yilda tuzilgan; Gabon taraqqiyot partiyasi, muxolifatdagi partiya; Milliy tiklanish uchun harakat (MORENA), muxolifatdagi partiya, 1981-yilda tuzilgan. Gabon kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1969-yilda asos solingan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Gabon tabiiy resurslarga boy boʻlishiga qaramay, iqtisodiy jihatdan orqada qolgan. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 52,8%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi ulushi 11,4%. 1950-yil oxiridan konchilik sanoati rivojlana boshladi (asosan Fransiya kapitali hisobiga). Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon xoʻjaligi ustun. Jamoa va xususiy yer egaligi mavjud. Eksport qilinadigan asosiy ekin mahsulotlari kofe va kakao. Qishloq xoʻjaligida yer yongʻoq, qalampir, maniok, banan, makkajoʻxori, sholi, yogʻli palma va boshqalar yetishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan. Atlantika okeanining Gabon sohiliga yaqin joylarida baliq va kit ovlanadi. Ovchilik (jumladan, fil suyagi tayyorlash), yovvoyi daraxt mevalarini terish aholining qoʻshimcha mashgʻulotidir.

Gaboning sohilidan va unga yondosh shelf kismidan neft va tabiiy gaz olinadi. Yiliga 914 mln. Kilovatt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Gabon okume yogʻochi tayyorlashda dunyoda 1-oʻrinda. Afrikada eng katta faner zavodi Port-Jantilda (yiliga 60 ming kub metr faner tayyorlaydi). Ishlab beruvchi sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (sholi, kofe, palma yogʻi va boshqalar)ni qayta ishlovchi korxonalardan iborat. Puent-Klerettda yiliga 600 ming t neftni qayta ishlovchi zavod mavjud. Pivo zavodi, tegirmon, kislorod-atsetilen zavodi, kema qurish korxonalari, toʻqimachilik, tikuv fabrikasi bor.

Transporti

tahrir

[[Temir yoʻl uzunligi – 652 km, avtomobil yoʻllari uzunligi – 10 ming km ga yaqin (2 ming km ga yaqini qattiq qoplamali). Kema yoʻllarining umumiy uzunligi – 1700 km. Muhim dengiz portlari – PortJantil va Librevil. Bu shaharlarda xalqaro aeroportlar bor. Gabon chetga neft, marganes rudasi, uran konsentrati, yogʻoch, yogʻoch mahsulotlari, kakao, kofe chikaradi. Chetdan mashina va uskunalar, transport vositalari, oziq-ovqat, metall, metall buyumlar, gazlama va boshqa keltiradi. Tashqi savdodagi mijozlari: Fransiya, Germaniya, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya. Pul birligi – Afrika franki.]]

Madaniyati

tahrir

Gabon mustaqillikka erishgan paytda 14 yoshdan katta boʻlgan aholining 77% i savodsiz edi. 1959-yilda 6–16 yoshli bolalar uchun majburiy taʼlim haqida qonun qabul qilindi. Darslar fransuz tilida oʻqitiladi. Oʻqish muddati boshlangʻich maktablar-da 6 yil, toʻliqsiz oʻrta maktab (kollej) larda 4 yil, toʻliq oʻrta maktab (litsey)larda 7 yil Professional taʼlim boshlangʻich maktabni tugatganlarni qabul qiladigan 2 bosqichli (4 va 3 yillik) texnika litseylarida va 3 yillik texnika kollejlarida amalga oshiriladi. 1970-yil Librevilda Milliy universitet tashkil etilgan. Ilmiy muassasalari: Tropik oʻrmonchilik tadqiqot markazi, Fan va texnika boʻyicha tadqiqot byurosi, Geologiya va konchilik tadqiqot byurosi, Tropik qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti. Ilmiy tadqiqotlar Libreviddagi universitetda ham olib boriladi. Universitetda kutubxona mavjud.

Gabonda "Gabon-maten" ("Tonggi Gabon"), Nasonalist" ("Millatchi"), "Yunon" ("Ittifoq"), "Patriot" ("Vatanparvar"), "Jurnalʼ ofisyel de la Repyublik Gabonez" ("Gabon Respub-likasining rasmiy gazetasi") kabi gaz. lar va bir qancha jurnallar nashr etiladi. Gabon matbuot agentligi 1961-yilda tuzilgan. Gabon radioeshittirish va telekoʻrsatuvi 1975-yil tashkil etilgan boʻlib, u hukumat ixtiyorida.

Gabon xalqlarining anʼanaviy turar joylari – toʻgʻri burchakli, tomi ikki tomonga nishab qilib palma shoxlaridan yopilgan yogʻoch uylardir. Librevil markazida zamonaviy meʼmorlik binolari (gubernator saroyi, fransuz amaldorlari uyi, savdo doʻkonlari) qurilgan. Yogʻoch oʻymakorligi, fil suyagidan bezakli buyumlar ishlash, badiiy toʻqish va kashtachilik rivojlangan. Yogʻochdan ishlangan haykalchalar va byustlar (fang qabilasi), mis qoplab silliq ishlangan "mbulungumu" shakllari (bakota qabilasi) oʻziga xos milliy koʻrinishga ega.

"Yoʻl boʻlsin, Kumba?" degan birinchi toʻla metrajli badiiy filmni fransuz rejissor A. Ferrani bilan gabonlik S. Oje 1971-yilda yaratdi. "Tamtamlar tindi" (1972), "Juz" (1975) filmlarida ijtimoiy muammolar oʻrtaga quyilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. Department of Economic and Social Affairs Population Division (2009). „World Population Prospects, Table A.1“ (PDF). 2008 revision. United Nations. Qaraldi: 19-may 2017-yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()