Gabon — Turkiya munosabatlari

Gabon — Turkiya munosabatlari Gabon va Turkiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Turkiya va Gabon oʻrtasidagi diplomatik aloqalar 1960-yilda Gabon mustaqillikka erishgandan soʻng oʻrnatilgan[1].

Tarixan Turkiya Gana bilan mustahkam munosabatlarga ega hisoblanadi[2]. Turkiya El Hadj Omar Bongo Ondimba prezidentlikka qoʻshilganidan beri[2] Gabonning iqtisodiy kengayishini qoʻllab-quvvatladi va Trans-Gabon temir yoʻli qurilishida texnik xodimlar bilan birgalikda hamkorlik qilib kelmoqda[3].

Fransiyalik tergovchi Per Péant[4] Umar Bongo hukumati Turkiya yordamidan 900 million dollarlik (2020-yil holatiga koʻra 4,12 milliard AQSh dollar) hashamatli yangi prezident saroyini qurish uchun foydalanganini fosh qilganidan keyin mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashdi[3].

Ikki tomonlama aloqalar, ayniqsa, 2008-yilda Afrika Ittifoqi Turkiyani strategik hamkor deb eʼlon qilganidan keyin yanada faollashdi va ijobiy taraflarga qarab oʻzgara boshladi. Librevilda Turkiya elchixonasi va Anqarada Gabon elchixonasi ochilishi tufayli ikki tomonlama munosabatlarning barcha sohalarida aloqalar faollashdi[1].

Tashriflar

tahrir

2011-yilning mart oyida Turkiya prezidenti Abdulla Gul Gabonga tashrif buyurdi. 2012-yil iyul va 2015-yil may oylarida Gabon prezidenti Ali Bongo Ondimba Turkiyaga tashrif buyurdi. 2013-yil yanvar oyida Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Gabonga tashrif buyurdi..

Iqtisodiy munosabatlar

tahrir

2018-yilda Turkiya va Gabon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 38,9 million AQSh dollarni, 2019-yilda esa 80,5 million AQSh dollarni tashkil qildi.

Viza siyosati

tahrir

Davlat, xususiy va xizmat pasportiga ega Turkiya fuqarolari viza olishlari shart hisobalanadi. Diplomatik pasportga ega Turkiya fuqarolari 90 kungacha vizasiz yurish imkoniyati mavjud[5].

Diplomatik missiyalar

tahrir

2012-yil yanvar oyida Librevilda Turkiya elchixonasi ochildi. 2015-yilning dekabr oyidan Gabonning Anqaradagi elchixonasi faoliyat yuritmoqda[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Türkiye - Gabon İlişkileri“ (tr). Министерство иностранных дел Турции. 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.
  2. 2,0 2,1 Carson, Patricia. Materials for West African History in French Archives. London: Athlone Press, 1968.
  3. 3,0 3,1 Baker, Charles. „Reflexions sur les sources de l’histoire gabonaise.“ Paideuma 33 (2017): pp. 133—141.
  4. Aaborg, Sam. Le monde des affaires gabonaise. Paris: Editions de Minuit, 2009.
  5. „Gabon'a Seyahat Edecek Türk Vatandaşlarının Dikkatine“ (tr). Министерство иностранных дел Турции. 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-iyul.