Galen Klavdiy

(Galendan yoʻnaltirildi)

Galen Klavdiy yoki Claudius Galenus (grekcha: Κλαύδιος Γαληνός; sentyabr 129, Pergam — taxminan 216, Rim) — qad. rim vrachi va tabiatshunosi. Sharkda Jolinus hakim nomi bilan mashhur. Tibbiyot va falsafaga oid koʻplab asarlar muallifi. "Inson tanasining qismlari haqida"gi mumtoz asarida birinchi marta bir butun organizmni anatomikfiziologik jihatdan tasvir-lab bergan. Hay-vonlarda oʻtkazil-gan viviseksiya tajribalarini tibbiyotga joriy qilgan. Galen shifobaxsh dorilar (qarang Galen preparatlari) deb ataluvchi dori-darmonlarni hayvon va oʻsimlik xom ashyolaridan tayyorlagan. Tabobat tarixida qon aylanish toʻgʻrisidagi dastlabki gʻoyalarni ilgari surgan. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi ilmiy diagnostika, davolash va profilaktikaning asosi ekanligini koʻrsatib bergan. Galen antik tibbiyot haqidagi tasavvurlarni yagona taʼlimot tarzida umumlashtirib, 15—16-asrlarga qadar tabiatshunoslikning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. Galen faylasuf sifatida sezgilardan tashqari aql ham bilish va haqiqat man-baidir, deb hisoblagan. Peripatetiklar taʼlimoti bilan stoiklar taʼlimotini bogʻlab olib borgan. Oʻzining nomi bilan ataluvchi sillogizmning toʻrtinchi figurasi hamda toʻrt mizoj haqidagi taʼlimoti mashhur. Uning "Falsafa tarixya" asari olim vafotidan keyin taxminan 500-yilda tuzilgan boʻlib, u tibbiyot talabalari uchun darslik hisoblangan. Galen taʼlimoti cherkov tomonidan qonunlashtirilgan va u tibbiyotda koʻp asrlar mobaynida hukm surgan.

Galen Klavdiy
Tavalludi sentyabr 129 yil
Vafoti 216 yil
Fuqaroligi Qadimgi Rim
Otasi Aelius Nicon
Galenou Apanta, 1538

Yana q. tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil