Galil
Galil (ibroniycha: Galil, inglizcha: Galil)—Isroil avtomati. Isroillik konstruktor Isroil Galili avtomatik mashinani ixtiro qildi. Galil Finlandiyaning Valmet Rk 62 pulemyotiga asoslangan yasalgan. Valmet Rk 62 pulemyoti esa Kalashnikov avtomatining bir variantidir.
Qayta ishlash tarixi
tahrir1967-yilda arablarga qarshi 6 kunlik urushda Isroil armiyasi gʻalaba qozongan boʻlsada, bu urush natijasida Isroil armiyasi tomonidan jihozlangan FN FALlar arablar qurollangan Kalashnikovlarga nisbatan juda koʻp kamchiliklarga ega ekanligi aniqlandi.1969-yilda muhandislar Gal Uziel va Isroil Galili Isroil harbiy rahbariyatiga oʻzlari ixtiro qilgan qurollarning versiyalarini taqdim etishdi.. Natijada,Finlandiyaning Valmet Rk 62 pulemyotiga asoslangan Galili versiyasi xaridorlar orasida mashhur boʻldi.1973-yilda Galil pulemyoti Isroil armiyasining qurollanishiga qoʻshildi. Pulemyot ishlab chiqaruvchi „Israel Military Industries“ kompaniyasi Finlandiyadan zarur jihozlarni sotib oldi va avtomatni ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
1980-yillarning oxiriga kelib, koʻplab kamchiliklari tufayli Isroil armiyasining piyoda qoʻshinlarida Galil pulemyotidan foydalanish toʻxtatildi. 1990-yillarda Galil pulemyoti Amerikaning M16 pulemyotiga almashtirildi. Galil pulemyotining faqat qisqartirilgan versiyalari qoʻllanadi.
2006-yilda Galil avtomati butunlay toʻxtatildi.
Avtomatning nusqalari
tahrir- Galil AR (Assault Rifle) – asosiy nusqa (oʻqlari – 5,56 mm NATO yana 7,62 mm NATO).
- Galil ARM (Assault Rifle and Machine gun) (oʻqlari – 5,56 mm NATO; 7,62 mm NATO).
- Galil SAR (Short Assault Rifle) – qisqartirilgan nusqa (oʻqlari - 5,56 mm NATO; 7,62 mm NATO).
- Galil MAR (Micro Assault Rifle, Micro-Galil) – qisqartirilgan nusqa (oʻqlari - 5,56 mm NATO).
- Magal – pistolet-pulemyot, faqat 1000 donasi chiarilgan.
- Galil Sniper yoki Galatz- Snayperlar uchun nusqa (oʻqlari - 7,62 mm NNATO).
- Galil Hadar
- SR-99
- Galil ACE
Avtomatti ishlab chiqaruvchi davlatlar
tahrir- Boliviya
- Botsvana [1]
- Braziliya[1]
- Kolumbiya.
- Kosta Rika [1]
- Kongo Demakratik Respubliksi[1]
- Jibuti
- Salvador
- Estoniya.
- Gvatemala
- Gaiti [1]
- Hindiston [1]
- Indoneziya [2].
- Isroil.
- Lesoto [1]
- Mongolia[3]
- Nepal [1]
- Nikaragua [1]
- Peru[1]
- Filippin[1]
- Portugaliya.
- Ruanda [1]
- Janubiy Afrika Respublikasi.
- Esvatin[1]
- Trinidad va Tobago[1]
- Vetnam
- Chili[4]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedjones2009
- ↑ „Kopassus & Kopaska - Specijalne Postrojbe Republike Indonezije“ (Croatian). Hrvatski Vojnik Magazine. 2010-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.
- ↑ „084th division. Mongolian special task battalion - YouTube“. Qaraldi: 2013-yil 8-fevral.
- ↑ „Chilean Army Selets Israeli Rifle“. Qaraldi: 2014-yil 4-may.