GameStop
GameStop – Amerikadagi vidyo oʻyinlar va maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya[3]. Kompaniya shtab-kvartirasi Texasning Grapevine shahrida joylashgan va dunyodagi eng yirik video oʻyinlar sotuvchisi[4]. 2023-yil 28-yanvar holatiga koʻra, kompaniya GameStop, EB Games, EB Games Australia, Micromania-Zing, ThinkGeek va Zing Pop Culture brendlari ostida AQShda 2949 ta, Kanadada 216 ta, Avstraliyada 419 ta va Yevropada 829 ta doʻkonni boshqaradi[3][5]. Kompaniya 1984-yilda Dallasda Babbageʼs nomi bilan tashkil etilgan va 1999-yilda hozirgi nomini olgan. 2010-yillarning oʻrtalaridan oxirigacha kompaniyaning faoliyati video oʻyinlar savdosining onlayn xaridlar tizimiga oʻtishi va GameStop kompaniyasining smartfon chakana savdosiga muvaffaqiyatsiz sarmoya kiritishi tufayli pasaydi. 2021-yilda, kompaniya aktsiyalari narxi keskin oshdi. SEC hisobotiga koʻra investorlarning katta miqdorda aksiyalarni sotib olish qobiliyati tufayli amalga oshgan. Kompaniya 2021-yil yanvar va fevral oylarida aksiyalar narxining oʻzgaruvchanligi sababli ommaviy axborot vositalarining katta eʼtiborini tortdi. Endi kompaniya Fortune 500 reytingida 521-oʻrinni egalladi[5]. GameStop chakana savdo doʻkonlaridan tashqari, Game Informer video oʻyinlar jurnaliga egalik qilaib bu orqali oʻzini elektron tijorat biznesiga ega boʻldi va NFT platformasini ishga tushirdi.
Logo, 2000-yildan beri | |
Sobiq nomi | Babbage's (1984–1999-yillar) |
---|---|
Turi | Jamoa tashkiloti |
Qachon asos solingan | 1989-yil, 39 yil oldin |
Joylashuvi | Grapevine, Texas |
Asoschi(lari) | Leonard Riggio |
Mahsulot(lar)i | |
Aylanma daromadi | 5 272 800 000[1] |
Operatsion foydasi | −311 600 000[2] |
Boyligi | 2 709 000 000[1] |
Sof foydasi | 6 700 000[1] |
Ishchilar soni |
11,000 toʻliq stafka, 14,000-27,000 yarim stafka |
Vebsayti | gamestop.com |
Tarixi
tahrirBebbic (1984-1994) GameStopning tarixiy ildizlari 1984-yilda Garvard biznes maktabining sobiq sinfdoshlari Jeyms McCurry va Gari M. Kusin tomonidan asos solingan Dallas, Texasda joylashgan dasturiy taʼminot chakana sotuvchisi Babbageʼs bilan bogʻlanadi[6]. Kompaniya Charles Babbage[7] sharafiga nomlangan va o'zining birinchi do'konini Dallasning NorthPark markazida kompaniyaning dastlabki investori Ross Perot yordamida ochgan[8]. Kompaniya tezda o'sha paytda hukmron bo'lgan Atari 2600 uchun video o'yinlar savdosiga e'tibor qarata boshladi. Babbage's Nintendo o'yinlarini 1987-yilda sotishni boshladi[9]. Babbage's 1988-yilda ommaviy kompaniyaga aylandi[9]. 1991-yilga kelib, video o'yinlar Bebbij savdosining uchdan ikki qismini tashkil etdi[9].
Havolalar
tahrir
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ 3,0 3,1 „GameStop Corp. fiscal 2022 Form 10-K Annual Report“. U.S. Securities and Exchange Commission (2023-yil 28-mart).
- ↑ Gilbert, Ben „The world's biggest video game retailer, GameStop, is dying: Here's what led to the retail giant's slow demise“. Business Insider (2020-yil 23-yanvar).
- ↑ 5,0 5,1 „GameStop“. fortune.com. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
- ↑ Manharjoshi.. „Decoding the GameStop Scene-2“. Medium (2021-yil 1-fevral).
- ↑ Cain, Áine. „4 retro video game and software stores that have been deleted from malls across America“. Business Insider (2019-yil 25-iyul).
- ↑ Bounds, Jeff. „The Ross Perot Factor“. American City Business Journals (2010-yil 1-iyul). 2014-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 „GameStop Corp. History“. Funding Universe.