Gandasoy
Gandasoy — Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanidagi soy. Yakkabogʻdaryoga chapdan quyiladigan Shoʻrsoyning irmogʻi. Boysun togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushuvchi 10 ga yaqin mavsumiy suv oqadigan irmoqlarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 10 km. Qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Gandasoyda asosan bahor oylarida suv oqadi.
Gandasoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 10 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |