Gangsta's Paradise
„Gangstaʼs Paradise“ amerikalik reper Coolio tomonidan amerikalik qoʻshiqchi L.V. bilan hamkorlikda ijro etilgan qoʻshiqdir. 1995-yilning 1-avgustida chiqarilgan. Chiqarilganidan oʻn kun oʻtib Dangerous Minds filmida yangragan[2]. Tarona 1995-yilning noyabrida Coolioning Gangstaʼs Paradise nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan.
„Gangsta's Paradise“ | ||||
---|---|---|---|---|
Coolio (L.V. bilan hamkorlikda) qoʻshigʻi | ||||
„Gangsta's Paradise“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1-avgust 1995-yil | |||
Yozib olingan | 1994–1995 | |||
Janr | ||||
Davomiyligi | 4:04 | |||
Leybl |
| |||
Bastakor(lar) |
| |||
Lirik ijodkor(lar) |
| |||
Prodyuser(lar) | Doug Rasheed | |||
Coolio xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Gangsta's Paradise“ YouTubeda |
Qoʻshiq Billboard’ning „Barcha zamonlarning eng zoʻr qoʻshiqlari“ roʻyxatida 85-oʻrinni egallagan va 1995-yilda AQSh Billboard’da eng koʻp sotilgan qoʻshigʻi boʻlgan edi. 2008 yilda u VH1ning 100 ta eng zoʻr qoʻshiqlari roʻyxatida 38-oʻrinni egalladi[3]. NME 2012-yilda bu qoʻshiqni „1990-yillarning 100 ta eng yaxshi qoʻshigʻi“ reytingida 100-oʻringa qoʻygan edi. Coolio eng yaxshi yakkaxon rep ijrosi uchun Grammy, eng yaxshi rep klip va filmlar boʻyicha eng yaxshi klip uchun ikkita MTV Video musiqa mukofoti va qoʻshiq/albom uchun Billboard musiqa mukofotiga sazovor boʻlgan edi. Qoʻshiq The Village Voice Pazz & Jop tanqidchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovda yilning eng yaxshi qoʻshigʻi deb topilgan.
Qoʻshiq AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada besh milliondan ortiq nusxada sotilgan[2][4][5]. Coolio bu qoʻshiqni 1995-yilda LV va Wonder bilan Billboard Music Awards marosimida LV bilan 38- Grammy mukofotlari uchun jonli ijro etgan edi.
Qoʻshiqning yozilishi
tahrirQoʻshiq ijrochilari qoʻshiqni oʻzlarining prodyuseri Dag Rashid bilan hamkorlikda yozishadi. Bundan tashqari Stivi Wonderning 1976-yilgi "Songs in the Key of Life " albomidan oʻrin olgan „Pastime Paradise“ qoʻshigʻidan namuna olish uchun ruxsat olishadi.
Qoʻshiq Psalm 23:4 dagi bir satr bilan boshlanadi: „Men oʻlim soyasi vodiysidan oʻtayotganimda… Hayotimga nazar solaman va hech narsa qolmaganini tushunaman“. Orqa fonda xor orqali diniy ohanglar ham qoʻshib kuylanadi[6]. Coolio birinchi ikki satrni erkin tarzda yozgan, qoʻshiqning qolgan matnlarini bir oʻtirishda tezda yozib tugatgan edi. Keyinchalik ushbu qoʻshiq oxir-oqibat oʻzidan tashqaridagi manbadan kelib chiqqanligini daʼvo qilib, shunday deydi: „Gangstaʼs Paradise“ (Gangstarning jannati) tugʻilishni xohladi; u hayotga kelishni judayam mushtoq edi va u mendan bir buyum sifatida foydalandi."
Stivi Wonderning musiqasidan namunalar olinganligi sababli, „Gangstaʼs Paradise“ hech qanday uyatsiz soʻzlarni oʻz ichiga olmagan Coolioning kamyob qoʻshiqlaridan biridir, chunki Wonder qoʻshiqning uyatsiz soʻzlar bilan aytilishini qoralab kelgan. Bu haqida Coolio shunday degan edi: „Menda bir nechta qoʻpol soʻzlar bor edi … va u bunga qarshilik qilmagan edi. Biroq, men uni oʻzgartirdim. U buni eshitib koʻrib, aql bovar qilmaydigan deb aytdi.“
Parodiya va koverlar
tahrirQoʻshiqning bir nechta parodiyalari mavjud, jumladan, "Weird Al" Yankovichning „Amish Paradise“ nomi qoʻshigʻi keyingi yili chiqarilgan. Coolio bu parodiyaga ruxsat bermaganini daʼvo qilib chiqdi, bu esa ikkala qoʻshiqchi oʻrtasida kelishmovchiliklarga olib keldi. Yankovichning taʼkidlashicha, unga Coolio oʻzining yordamchilari orqali ruxsat berganini aytadi va kechirim soʻraydi. Ushbu voqea tufayli Yankovich endi vositachilar orqali muloqot qilishdan koʻra, qoʻshiq parodiyalarini ijrochilarning oʻzlari orqali tasdiqlashga harakat qilmoqda. Coolioning o‘zi 2011-yilda bergan intervyusida „Undan (Yankovich) uzr so‘raganini taʼkidlab oʻtadi[7].“
- Eng yaxshi yakkaxon rap ijrosi
- Yilning rekordi (nomzod qilingan)
MTV
- MTV Video Music Awards 1996
- Eng yaxshi rep video
Manbalar
tahrir- ↑ „Coolio :: Gangsta's Paradise :: Tommy Boy/Warner Bros.“. www.rapreviews.com. — „"Gangsta's Paradise" was an unlikely if engineered hit. A sample-driven g-funk number in the tradition of "Nuthin' But a G Thang," "Gin and Juice," and "Regulate," it features an inescapable hook, slow-burning groove, and general, broad-world philosophy from the perspective of an urban Californian.“. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 RIAA — Gold and Platinum Searchable Database
- ↑ „The 100 Greatest Hip Hop Songs Ever“. VH1 Blog Reality TV News and Gossip. 2013-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
- ↑ Copsey. „The UK's Official Chart 'millionaires' revealed“. Official Charts Company (2017-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-iyun.
- ↑ „Gold-/Platin-Datenbank“ (de). Bundesverband Musikindustrie.
- ↑ „Adventures in Missing the Point: 'Gangsta's Paradise'“. RETUNED. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Johnson. „Coolio Did Not Want Weird Al to Spoof 'Gangsta's Paradise'“. Yahoo. Yahoo! Music (2013-yil 1-avgust). Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.