Gaston Thorn
Gaston Egmond Thorn (1928-yil, 3-sentyabr – 2007-yil, 26-avgust) – Lyuksemburglik siyosatchi boʻlib, mahalliy va xalqaro miqyosda bir qator yuqori lavozimlarda ishlagan[1]. U Lyuksemburgning bosh vaziri (1974-1979), Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti (1975), Yevropa Komissiyasining yettinchi prezidenti (1981-1985) kabi lavozimlarda oʻz faoliyatini olib borgan.
Gaston Thorn | |
Yevropa Komissiyasi Prezidenti | |
---|---|
Mansab davri 20-yanvar, 1981-yil – 6-yanvar, 1985-yil | |
Avvalgisi | Roy Jenkins |
Keyingisi | Jacques Delors |
Lyuksemburg Bosh vaziri | |
Mansab davri 15-iyun, 1974-yil – 16-iyul, 1979-yil | |
Monarx | Jean |
Yordamchisi |
Raymond Vouel Bernard Berg |
Avvalgisi | Pierre Werner |
Keyingisi | Pierre Werner |
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti | |
Mansab davri 1975 – 1976-yillar | |
Avvalgisi | Abdelaziz Bouteflika |
Keyingisi | Hamilton Shirley Amerasinghe |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Gaston Egmond Thorn 3-sentyabr, 1928-yil Lyuksemburg |
Vafoti |
26-avgust, 2007-yil (78-yoshida) Lyuksemburg |
Siyosiy partiyasi | Demokratik partiya |
Turmush oʻrtogʻi | Liliane Thorn-Petit |
Bolalari | 1 |
Hayoti va karyerasi
tahrirThorn Lyuksemburg shahrida tugʻilgan. Uning bolalik yillari Strasburgda oʻtgan, chunki uning otasi fransuz temir yoʻllarida ishlar edi[2] . Uning oilasi ikkinchi jahon urushi boshlanganda Lyuksemburgga qaytib keldi[2]. U hali maktabdalik chogʻida German istilosiga qarshi harakatlarga jalb qilindi va bir necha oyini qamoqxonada oʻtkazdi. Urushdan keyin u dastlab Montpellierda tibbiyotni oʻrgangan, keyin huquqshunoslik bilan shugʻullangan va oʻqishini Lozanna va Parijda davom ettirgan va u 1955-yildan boshlab Lyuksemburgda huquqshunoslik bilan shugʻullana boshlagan[2][3]. U 1957-yil jurnalist Liliane Petitga uylandi[2]. U 1959-yil liberal demokratik partiya (Lyuksemburg) vakili sifatida siyosatga kirdi. U 1959-yildan 1969-yilgacha Yevropa parlamenti aʼzosi edi[1]. U 1962-yildan 1969-yilgacha Demokratik partiya raisi boʻlgan[4]. U 1961-yildan 1963-yilgacha shahar boshqarmasining aʼzolaridan biri boʻlgan edi[3].
Thorn 1969-yildan 1980-yilgacha Lyuksemburg tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri, 1974-yildan 1979-yilgacha Bosh vazir va 1977-yildan 1980-yilgacha Iqtisodiyot vaziri boʻlgan. U shuningdek, 1975-1976-yillar oraligʻida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 30-sessiyasigacha prezident boʻlgan[3].
U 1974-yildan 1979-yilgacha Bosh vazir sifatida oʻzining Demokratik partiyasi va Lyuksemburg sotsialistik ishchilar partiyasi oʻrtasidagi sotsialistik-liberal koalitsiyaga raislik qildi. Bu Lyuksemburg hukumatida Ikkinchi jahon urushidan keyin hukmron Xristian sotsial-xalq partiyasi ishtirok etmagan birinchi hukumat edi va shunga oʻxshab Thorn ham urushdan keyin Xristian sotsial-xalq partiyasi aʼzosi boʻlmagan birinchi bosh vazir hisoblanardi. Garchi uning partiyasi qonunchilik palatasida koalitsiya sherigiga qaraganda kamroq oʻringa ega boʻlsa-da, u hukumat boshligʻi edi.
Yevropa komissiyasi
tahrirThorn 1980-yilda Roy Jenkins oʻrniga Yevropa Hamjamiyatlari komissiyasi (hozirgi Yevropa Ittifoqi deb ataladi) prezidenti etib saylandi. U 1981-yil bu lavozimni egalladi. Lyuksemburgning ishtiroki tufayli Fransiya va Buyuk Britaniya uning komissiya prezidenti etib tayinlanishiga qarshi edi, shunga qaramay uning nomzodi kichikroq mamlakatlar va Gʻarbiy Germaniya tomonidan qoʻllab-quvvatlandi[1].
Uning prezidentlik davri bir qancha qiyinchiliklar bilan kechdi. Bu Yevropa hamjamiyatidagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz, Yevroskleroz davriga toʻgʻri kelgan edi[1]. Margaret Thatcher boshchiligidagi komissiya va Britaniya hukumati oʻrtasidagi aloqalar uning Buyuk Britaniyani komissiya byudjetiga toʻlovlar ulushi uchun boshqa davlatlar tomonidan kompensatsiya qilinishi kerak degan talablari tufayli pasayib ketdi[1]. Shuningdek, Yevropa Ittifoqidagi boshqa hukumatlarning Buyuk Britaniyaning Folklend urushidagi roli haqidagi va baʼzi Yevropa rahbarlarining Amerika Qoʻshma Shtatlarining tashqi siyosatiga qarshiligi va Yevropada qanotli raketalar va Pershing raketalarini joylashtirishi eʼtirozlari tufayli ziddiyatlar yuzaga keldi[1]. Bu uzoq davom etgan xalqaro iqtisodiy inqiroz va vaqti-vaqti bilan savdo urushlari tahdidiga qoʻshimcha edi. Bularning barchasi „Thorn va boshqa Yevropa integratsiyasi tarafdorlarining intilishlarini toʻxtatish uchun birlashdi“[1]. Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqi prezidenti sifatida Thorn umumiy baliqchilik siyosati boʻyicha kelishuvga erisha oldi va Portugaliya va Ispaniyaning Yevropa hamjamiyatiga qoʻshilishi uchun imkon yaratdi. 1981-yil uning vakolati boshlanganida Gretsiya unga endigina qoʻshilgan edi[1].
Garchi Thorn unchalik kuchli komissiya prezidenti boʻlmasa-da, uning faoliyati davomida komissiya ham, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning milliy hukumatlari ham, u bilan doimiy hokimiyat kurashi olib borgan Yevropa Parlamenti mablagʻlari hisobidan oʻz vakolatlarini kengaytirishni davom ettirdi. Bu bilan Thorn oʻz oʻrnini egallagan Jacques Delorsga poydevor qoʻydi va komissiyani oʻz qudrati choʻqqisiga olib chiqdi.
Prezidentlikdan keyingi davr
tahrirThorn 1985-yilda komissiya raisligini tark etgach biznes bilan shugʻullandi. U Lyuksemburgning eng yirik media kompaniyasi raisi va 1985-yildan 1999-yilgacha Lyuksemburg xalqaro bankining prezidenti boʻlgan[1][3].
Thorn Xalqaro Yevropa harakati prezidenti hamda uch tomonlama komissiya, Bilderberg konferensiyasi va Jean Monnet qoʻmitasi aʼzosi sifatida xalqaro va siyosiy ishlarda faol boʻlgan. U shuningdek, Liberal xalqaro tashkilotining ham aʼzosi edi. Gaston Thorn 1933-yilda jurnalist Liliane Thorn-Petit (1933-2008) bilan turmush qurishdi va ular bir nafar oʻgʻil farzandning ota-onasi boʻlishdi[1][2].
Mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 Palmer, John. „Obituary: Gaston Thorn“. The Guardian (2007-yil 28-avgust). Qaraldi: 2015-yil 6-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 „Obituary: Gaston Thorn“. The Times (2007-yil 28-avgust), s. 46. 2011-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Thewes, Guy. „Les gouvernements du Grand-Duché depuis 1848.“ (Wayback Machine saytida 3 March 2016 sanasida arxivlangan) Service information et presse. Luxembourg: Imprimerie Centrale, 2011.
- ↑ „Geschichte der Partei“ (de). Demokratesch Partei. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-dekabr.
- ↑ „Acta Apostolica Sedis“. Libreria Editrice Vaticana. Qaraldi: 2017-yil 7-may.
Vikiomborda Gaston Thorn haqida turkum mavjud |