Gautami (aktrisa)
Gautami Tadimalla (1969-yil 2-iyulda tugʻilgan), Gautami nomi bilan tanilgan, hind aktrisasi va siyosatchisi boʻlib, Malayalam, Hind va Kannada filmlaridan tashqari u asosan Tamil va Telugu tillarida suratga tushgan. U 1987-yildan 1998-yilgacha Janubiy Hindistonning yetakchi aktrisalaridan biri edi. Shuningdek, u televizion aktrisa, teleboshlovchi, Life Again Foundation asoschisi va liboslar dizayneri.[1]
Gautami | |
---|---|
![]() Gautami 2013-yilda | |
Tavalludi |
Gautami Tadimalla 2-iyul 1969-yil |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari |
1987 — 1998 2003 — hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Sandeep Bhatia (turm. 1998; ajr. 1999) |
Bolalari | 1 nafar |
Veb-sayti | gautamitadimalla.com |
Shaxsiy hayotiTahrirlash
Gautami Andxra-Pradesh shtatining Nidadavole shahrida TR Seshagiri Rao va Vasundxara Devi oilasida tugʻilgan. Uning otasi kashshof radiatsiya onkologi, onasi esa patolog va diagnostikachi boʻlgan. Gautami Bangalordagi Bishop Cotton Qizlar maktabida tahsil olgan.[2]
Gautami 1998-yilda tadbirkor Sandeep Bhatiyaga turmushga chiqdi va er-xotinning 1999-yilda tugʻilgan Subbulakshmi ismli qizi bor. Keyinchalik ular 1999-yilda ajrashishdi.
Unga 35 yoshida koʻkrak bezi saratoni tashxisi qoʻyilgan va keyinchalik kasallik tuzalib ketgan.
Kino sohasidagi faoliyatiTahrirlash
U Tamil kino sanoati bilanRajinikanth va Prabhu ishtirokidagi Guru Shishyan (1988) filmi orqali tanishgan. U 1987-yildan 1998-yilgacha Tamil kinosida eng faol aktrisa boʻlgan va oʻz davrining boshqa qahramonlari Xushbu, Revati, Amala va Bhanupriya bilan qattiq raqobatchi boʻlgan.
Gautami muhandislik yoʻnalishida oʻqish uchun Visakxapatnamdagi GITAM universitetiga bordi. Gautami Telugu tilida „Dayamayudu“ (1987) filmida debyut qilgan. Bu uning amakivachchasi tomonidan ishlab chiqarilgan.[3] Keyin u Venkatesh va Bhanupriya bilan Srinivasa Kalyanam kabi filmlarda paydo boʻldi.[4]
Uning Apoorva Sagodharargal (1989), Raja Chinna Roja (1989), Panakkaran (1990), Ooru Vittu Ooru Vanthu (1990), Namma Ooru Poovatha (1990), Dharma Durai (1991), Nee Pathi, Rickshaw Mama (1992), Thevar Magan (1992), Halol Raj (1994), Nammavar (1994), Kuruthipunal (1995), shuningdek, Mani Ratnamning Iruvar (1997) nomli tabiqli Tamil filmlari bor.
Siyosiy faoliyatiTahrirlash
Gautami 1997-yildan beri BJP aʼzosi. U BJYM vitse-prezidenti boʻlgan.[5] U 1997-yilda LK Advani boshchiligida partiyaga qoʻshildi. U oʻsha davrda Andxra, Karnataka va Tamil Naduda Atal Bixari Vajpayi uchun keng koʻlamli kampaniya olib bordi. U qizi tugʻilgandan keyin siyosatdan tanaffus oldi. U 2017-yilda BJPga qaytdi. 2021-yilda u Rajapalayam Assambleyasi saylov okrugiga mas’ul etib tayinlandi.[6]
Mukofot va unvonlarTahrirlash
Yil | Mukofot | Mukofotlangan ishi | Manba |
---|---|---|---|
1990 | Tamil Nadu State Film Award Special Prize
(Tamil Nadu davlat kino mukofoti maxsus sovgʻasi) |
Namma Ooru Poovatha | |
1991 | Filmfare Award for Best Actress — Tamil
(Eng yaxshi aktrisa uchun Filmfare mukofoti — Tamil) |
Nee Pathi Naan Pathi | [7] |
Cinema Express Awards for Special Best Tamil Actress
(Maxsus eng yaxshi Tamil aktrisasi uchun Cinema Express mukofotlari) |
[8] | ||
Nandi Award for Best Supporting Actress
(Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa uchun Nandi mukofoti) |
Chakravyuham | [9] | |
1994 | Ramu Kaaryatt Award for Best Actress-Malayalam
(Eng yaxshi aktrisa uchun Ramu Kaaryatt mukofoti — Malayalam) |
Sukrutham | |
2009 | Vijay Award for Best Costume Designer
(Eng yaxshi kostyum dizayneri uchun Vijay mukofoti) |
Dasavathaaram | |
2013 | Tamil Nadu State Film Award for Best Costume Designer
(Eng yaxshi kostyum dizayneri uchun Tamil Nadu davlat kino mukofoti) |
Vishwaroopam | [10] |
ManbalarTahrirlash
- ↑ „A banquet of ideas at TEDx Chennai“ (en-IN). The Hindu (1-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
- ↑ Rangan, Baradwaj. „Gautami talks about her milestone movies and Kamal“. The Hindu (11-iyul 2015-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Friday Review Chennai / Interview : Determined to make a mark, again“. The Hindu (15-oktabr 2007-yil). 15-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Srinivasa Kalyanam 1987 (1987) | Srinivasa Kalyanam 1987 Movie | Srinivasa Kalyanam 1987 Telugu Movie Cast & Crew, Release Date, Review, Photos, Videos“.
- ↑ „Major reshuffle of office bearers in Tamil Nadu BJP; VP Duraisamy becomes state vice president“.
- ↑ „Gautami warns protest BJP if road works not completed“ (30-dekabr 2020-yil).
- ↑ „39th Annual Filmfare Tamil Best Actor Actress“ (8-fevral 2017-yil). 8-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Chinna Thambhi Bags Cinema Express Award“. The Indian Express (25-fevral 1992-yil). 17-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-sentabr 2016-yil.
- ↑ „నంది అవార్డు విజేతల పరంపర (1964—2008)“. Information & Public Relations of Andhra Pradesh. Qaraldi: 21-avgust 2020-yil. (in Telugu)
- ↑ „Gautami“. IMDb.