Gavharoro begim
Gavharoro begim (forscha: گوہر آرا بیگم "Gavharlar bilan bezatilgan" 1631-yil 17-iyun - tax. 1706) Boburiylar malikasi va imperator Shoh Jahon va uning rafiqasi Mumtoz Mahalning o'n to'rtinchi va kenja farzandi bo'lgan[1].
Gavhararo Begim | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1631-yil 17-iyun Burhonpur, Hindiston |
Vafoti |
1706-yil Dehli, Hindiston |
Onasi | Mumtoz Mahal |
Otasi | Shoh Jahon |
Dini | sunni islom |
Uning onasi 1631-yilda uni dunyoga keltirish vaqti vafot etdi. Gavhararo esa tugʻilishdan omon qoldi va yana umr koʻrib, yashadi. U haqida va u otasining taxti uchun vorislik urushida qatnashganmi yoki yo'qmi, kam ma'lumotgina yetib kelgan.
Hayot
tahrir1631-yil 17-iyunda, onasi Mumtoz Mahal vafot etgan kuni tugʻilgan Gavhararo Begim otasi va akasi hukmronligi davrida obroʻsi ancha past boʻlgani ko'rinadi[2]. Dalillar uning to'rtinchi akasi Murod Baxshning merosxo'rlik urushi davrida taxtga da'vogarligini qo'llab-quvvatlagan bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Agar bu rost bo'lsa ham, bunday maʻlumotlar haqiqatga uncha mos kelmaydi, chunki otasi va singlisi Jahonarodan farqli o'laroq, u keyinchalik taxtni egallagan g'olib akasi Avrangzeb tomonidan qamoqqa tashlanmagan[3].
Gavhararo begim otasi taxtdan ketgandan keyin oilaviy sulolasi farzandlarining nikohlarini va toʻy-tantanalarini tashkil qilishda ishtirok etadi. 1673-yilda uning katta akasi Daraning o'g'li Sipihr Shikoh Avrangzebning qizi Zubdat-un- Nisoga uylanganida, Gavhararo va uning amakivachchasi Hamidabonu Begim to'y marosimini o'tkazganlar. U 1672-yilda Daraning nabirasi Salimabonu Begim (Gavhararo uni tarbiyab voyaga yetkazgan) va Avrangzebning to'rtinchi o'g'li shahzoda Muhammad Akbar bilan turmush qurishda katta rol o'ynagan. U kelinning onasi vazifasini bajargan. Toʻy tantanalarini o'tkazish uchun Dehli darvozasidan Begim saroyigacha boʻlgan yoʻlning ikki tomonida (ya’ni yoritish uchun) yog'och konstruksiyalar o'rnatilgan"[2].
Vafoti
tahrirGavhararo Begim 1706-yilda Shohjahonobodda vafot etadi. O'sha paytda Dekanda hokimlik qilayotgan Avrangzeb uning o'limdan qattiq hayratda qoldi. U doimiy ravishda “Shoh Jahonning barcha bolalari ichida u va men yolgʻiz qoldik”, deb takrorlagani manbalarda keltirilgan[2].
Shajarasi
tahrir8. Jaloliddin Muhammad Akbar, Boburiylar imperatori[6] | ||||||||||||||||
4. Nur-ud-din Muhammad Jahongir, Boburiylar imperatori[5] | ||||||||||||||||
9. Maryam-uz-Zamoniy[6] | ||||||||||||||||
2. Shahobiddin Muhammad Shoh Jahon I, Boburiylar imperatori[4] | ||||||||||||||||
10. Udai Singh, Marvar rojasi[7] | ||||||||||||||||
5. Jagat Gosain[5] | ||||||||||||||||
11. Manrang Devi[7] | ||||||||||||||||
1. Gavhararo Begim | ||||||||||||||||
12. I'timad-ud-Daulah[9] | ||||||||||||||||
6. Abu'l-Hasan Asafxon[8] | ||||||||||||||||
13. Asmat Begim[10] | ||||||||||||||||
3. Mumtoz Mahal[4] | ||||||||||||||||
14. Gʻiyos ud-din ʻAli Asafxon[11] | ||||||||||||||||
7. Divanji Begim[8] | ||||||||||||||||
Yana qarang
tahrirGavhararo Begim - Ruchir Guptaning "Taxt bekasi" (2014) romanidagi bosh qahramon.
Manbalar
tahrir- ↑ Tillotson, Giles. Taj Mahal. Profile Books, 2010 — 31-bet. ISBN 978-1-84765-247-8.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Sarker, Kobita. Shah Jahan and his paradise on earth: the story of Shah Jahan's creations in Agra and Shahjahanabad in the golden days of the Mughals. K.P. Bagchi & Co., 2007 — 191-bet. ISBN 978-81-7074-300-2.
- ↑ Waldemar Hansen. The Peacock Throne: The Drama of Mogul India. Motilal Banarsidass Publ., 1986 — 394-bet. ISBN 978-81-208-0225-4.
- ↑ 4,0 4,1 Sarker (2007, s. 187)
- ↑ 5,0 5,1 Mehta, Jaswant Lal. Advanced Study in the History of Medieval India. Sterling Publishers Pvt. Ltd, 1984 — 418-bet. ISBN 978-81-207-1015-3.
- ↑ 6,0 6,1 Mehta (1984, s. 374)
- ↑ 7,0 7,1 Bhargava, Visheshwar Sarup. Marwar and the Mughal Emperors (A. D. 1526–1748). Munshiram Manoharlal, 1966 — 58-bet. ISBN 9788121504003.
- ↑ 8,0 8,1 Thackeray, Frank W.; Findling, John E.. Events That Formed the Modern World: From the European Renaissance through the War on Terror [5 volumes]: From the European Renaissance through the War on Terror. ABC-CLIO, 2012 — 254-bet. ISBN 978-1-59884-902-8.
- ↑ Parihar, Subhash. Some Aspects of Indo-Islamic Architecture. Abhinav Publications, 1999 — 149-bet. ISBN 978-81-7017-381-6.
- ↑ Shujauddin, Mohammad; Shujauddin, Razia. The Life and Times of Noor Jahan (en). Caravan Book House, 1967 — 1-bet.
- ↑ Ahmad, Moin-ud-din. The Taj and Its Environments: With 8 Illus. from Photos., 1 Map, and 4 Plans (en). R. G. Bansal, 1924 — 101-bet.