Gaz dvigateli — gaz holatidagi yoqilgʻi yoki yonilgʻi bilan ishlaydigan ichki yonuv dvigateli. Unda yoqilgʻi sifatida tabiiy gazlar yoki qattiq yoqilgʻidan gaz generatorida olinadigan sunʼiy gazlar hamda metallurgiyadagi chiqindi gazlar turlari

(domna, koks gazlari va b.), yonilgʻi sifatida suyultirilgan gazlar ishlatiladi . Gaz bosimi atmosfera bosimigacha pasaytirilib, havo bilan aralashtiriladi, dvigatel silindriga kiritiladi va elektr uchquni bilan oʻt oldiriladi. Dizel siklida ishlaydigan G. d. keng tarqalgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil