Gekatey miletlik (mil.av. taxminan 546—480) — yunon geografi, sayyohi, tarixchisi, yozuvchi. Mamlakatshunoslikka oid dastlabki geografik asarlardan biri — "Yer tavsifi" (ikki qismdan iborat asar: "Yevropa", Shimoliy Osiyoni ham oʻz ichiga olgan va "Osiyo", bunga Misr va Liviya ham kiritilgan) ning muallifi. Asarga quruqlikning odam yashaydigan qismi tushirilgan xarita ham ilova qilingan. Gekatey Miletlik ushbu xaritasida oʻsha vaqtgacha boshqa xaritalarda koʻrsatilmagan uchinchi qitʼa — Liviya (Afrika)ni koʻrsatgan. Uning chegarasi Nil daryosi boʻylab oʻtkazilgan. Lekin xarita hozirgacha topilmagan. Biroq Gerodot va boshqa mualliflarning xarita haqidagi axborotlari va "Yer tavsifi"ning 300 dan ortiq saqlanib qolgan qismlari yunonlarning geografik tasavvurlari haqida maʼlumot beradi. Gekatey Miletlikning boshqa asari — "Genealogiya" ("Nasabnoma") yunonlarning mif va rivoyatlarini oʻz ichiga olgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil