Gennadiy Gavrilovich Kalinkin (1934-yil 6-avgust, Kabakovsk, Sverdlovsk viloyati, RSFSR, SSSR – 2020-yil 5-sentabr, Voljsk, Mariy El, Rossiya) – sovet va rus shoiri, jurnalist, muharrir, oʻqituvchi, Jurnalistlar uyushmasi, SSSR va Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Voljskdagi (Mariy El) „Zelyonaya lampa“ adabiy birlashmasini yaratish tashabbuskori va rahbari (1996-yildan). Mariy El Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992). Voljsk (Mariy El) faxriy fuqarosi (2002). 1974-yildan KPSS aʼzosi.

Gennadiy Kalinkin
Tavalludi 1934-yil 6-avgust
Vafoti 2020-yil 5-sentyabr
Voljsk, Mariy El, Rossiya
Ijod qilgan tillari ruscha
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 1963 – 2014
Janr sheʼr, maqola, ocherk

Biografiyasi

tahrir

Gennadiy 1934-yil 6-avgustda Sverdlovsk viloyati Serov shahrida ishchi oilasida tugʻilgan[1].

Kalinkin 1935-yilda ota-onasi bilan Tatar Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Zelenodolsk shahriga koʻchib oʻtgan va 1953-yilda u yerdagi 1-sonli oʻrta maktabni tugatgan. 1958-yilda Qozon davlat universitetining tarix-filologiya fakultetini tamomlagan[1].

Universitetni tugatgach Mariy Respublikasiga kelgan va u yerda 1958-1962-yillarda "Voljskaya pravda" gazetasi tahririyatida adabiy xodim boʻlib ishlagan. 1969-yildan – radioeshittirish muharriri, adabiy hamkor, „Mariskiy bumajnik“ (Mariy qogʻoz fabrikasi) gazetasi muharriri[1].

Sovet armiyasi saflarida zahiradagi kapitan boʻlib xizmat qilgan[2].

Adabiy faoliyati

tahrir

Gennadiy Gavrilovich 1970-yillardan boshlab Mariy Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi tomonidan muntazam ravishda oʻtkazib kelinadigan yosh yozuvchilarning „Adabiy kuz“ seminarlari va uchrashuvlarida bir necha bor qatnashgan[1].

Shoirning sheʼrlari jamoaviy toʻplamlarda, shu jumladan Moskvada, markaziy jurnallarda („Priroda i chelovek“, „Moskva“), „Drujba“ almanaxi va „Mariyskaya pravda“ gazetasining deyarli barcha sonlarida nashr etilgan[3][4]. 1981-yilda „Otkrovennost“ nomli birinchi sheʼrlar kitobini nashr ettirgan[5][1] .

Kalinkin 200 dan ortiq maqola va insholar muallifi. Oʻzining baʼzi gazeta-jurnallardagi maqolalariga G. Kanin taxallusi bilan imzo chekkan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Писатели МЭ 2008.
  2. „Слово о родной земле“. multiurok.ru. 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
  3. „Поэзия“ (ru-ru). Общероссийская общественная организация инвалидов "Всероссийское ордена Трудового Красного знамени общество слепых". 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
  4. „Геннадий КАЛИНКИН“. www.marpravda.ru. 2024-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-mart.
  5. „о ткровенность Стихи Геннадий Калинкин; [Худож. Г. В. Тайгильдин. Калинкин, Геннадий Гаврилович. Йошкар-Ола Марийское кн. изд-во 1981. Заказать электронную копию“]. any-book.ru. Qaraldi: 2024-yil 4-mart.