Gennadiy Kutateladze

sovet va qirgʻiz arxitektori, Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan arxitektor

Gennadiy Platonovich Kutateladze (1931-yil 25-avgust, Margʻilon, Oʻzbekiston SSR2015-yil 30-mart, Bishkek, Qirgʻiziston) — sovet va qirgʻiz arxitektori, Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan arxitektor (1974)[1].

Gennadiy Platonovich Kutateladze
gruzincha: გენადი პლატონოვიჩ ქუთათელაძე
Tavalludi 25-avgust 1931-yil
Vafoti 30-mart 2015-yil(2015-03-30)
(83 yoshda)
Bishkek
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Taʼlimi Moskva arxitektura instituti
Kasbi Meʼmor
Faoliyat yillari 1957—1987
Unvoni Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan arxitektor (1974)
Mukofotlari «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Tarjimayi holi

tahrir

Gennadiy Kutateladze 1931-yil 25-avgustda Margʻilonda tavallud topgan[2][3]. Millati gruzin[1]. 1957-yilda Moskva arxitektura institutini umumiy arxitektura mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[3]. 1957—1961-yillari „Kirgizgiprostroy“ davlat loyihalash institutida ishlagan[3], ushbu muasssasada oddiy arxitektordan to loyihalar bosh arxitektori lavozimida ishlagan[4]. 1971-yilda Kutateladze Frunze shahar ijroiya qoʻmitasi qarashli Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga oʻtkaziladi, keyinchalik esa Frunze shahrining bosh meʼmori lavozimiga tayinlanadi. 1958-yildan SSSR arxitektorlar uyushmasi aʼzosi[4]. Ushbu jamoa tarkibida Kutateladze Frunze shahrining arxitektura va qurilish loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

1958-yili Toktogul Satilganov maqbarasi boʻyicha oʻtkazilgan respublika tanlovida jamoasi bilan faxriy oʻrinni, 1967-yili Qirg'iziston SSRda qishloq qurilishi uchun bir qavatli bir va ikki xonadonli turar-joy binolari loyihalari boʻyicha oʻtkazilgan respublika tanlovida jamoasi bilan birga 2-oʻrinni, 1970-yil Qirgʻiziston SSR Kant tumanidagi „Alamedin“ sovxozining markaziy binosini rejalashtirish va qurish boʻyicha oʻtkazilgan butunittifoq tanlovida jamoasi bilan birga 2-oʻrinni, xuddi shu yili Frunze shahridagi „Inturist“ mehmonxonasi oʻtkazilgan butunittifoq tanlovida jamoasi bilan faxriy oʻrinni, 1972-yilda Frunze shahridagi Tasviriy sanʼat muzeyi boʻyicha oʻtkazilgan respublika tanlovida jamoasi bilan 3-oʻrinni egallaydi.

1971—1975 yillarda Frunze shahar xalq deputatlari shahar Kengashi deputat boʻlgan[4].

Vafoti

tahrir

2015-yil 30-mart kuni Bishkek shahrida 83 yoshida vafot etadi[1][2][3].

Meʼmorchilik ishlari

tahrir
  • 1963-yil — Frunze shahridagi markaziy dorixona binosi (jamoaviy);
  • 1967-yil — Mixail Frunze muzeyi (jamoaviy), Frunze shahridagi „Kirgizgiprostroy“ instituti binosi[4];
  • 1969-yil — Qirgʻizistonning shimoliy hududlari uchun bir qavatli turar-joy binolari uchun standart loyihalar kompleksi (jamoaviy);
  • 1970-yil — Frunze nomidagi chorvachilik institutining markaziy binosi;
  • 1971-yil — Frunze shahridagi Qirgʻiziston SSR Qurilish vazirligi binosi;
  • 1973-yil — „Kirgizdortransproyekt“ instituti binosi (jamoaviy);
  • 1974-yil — Qirgʻiziston SSR Kant tumanidagi Karl Marks nomidagi sovxozning 600 oʻrinli klubi (jamoaviy);
  • 1976-yil — Frunze shahridagi „Pishpek“ mehmonxonasi (jamoaviy);
  • 1981-yil — Frunze shahridagi „Koʻk-Jar“ mikrorayoni (jamoaviy);
  • 1983-yil — „Oʻsh bozori“ (jamoaviy);
  • 1984-yil — Frunze shahridagi Lenin prospektini kompleks yoritish (jamoaviy), Frunze shahridagi Vladimir Lenin nomli markaziy maydon (jamoaviy);
  • 1986 yil — Frunze shahridagi Kirgizagroprom binosi (jamoaviy), Frunze shahridagi Moliya vazirligi axborot-hisoblash markazi binosi va Meva-sabzavotchilik vazirligi binosi (jamoaviy)[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Kutateladze Gennadiy Platonovich“ (rus tilida). 2022-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Kutateladze Gennadiy Platonovich“ (rus tilida). 2023-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „V Kirgizstane skonchalsya avtor masshtabnoy arxitekturnoy perestroyki sentra Bishkeka Gennadiy Kutateladze“ (rus tilida). 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Kutateladze, Gennadiy Platonovich“ (rus tilida). 2023-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.