George Orwell
George Orwell (talaffuzi: Jorj Oruell) (haqiqiy ismi Eric Arthur Blair; 25 iyun 1903 — 21 yanvar 1950) — ingliz yozuvchisi va publitsist.
George Orwell | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 25-iyun 1903-yil |
Vafoti |
21-yanvar 1950-yil (46 yoshda) |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[1] va Fransuz tili |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Biografiya Tahrirlash
Motiharida (Hindiston), britaniyalik savdo agenti oilasida tugʻilgan. Orwell avliyo Kiprian maktabida tahsil olgan, 1917-yili shunday nomli stipendiyaga sazovor boʻladi va 1921-yilgacha Iton kollejida oʻqiydi. 1922-yildan 1927-yilgacha Birmada kolonial politsiyada hizmat qiladi, soʻng ancha vaqt Buyuk Britaniya va Yevropada yashaydi. Oʻsha paytda u badiiy nasr va publitsistikani yozishni boshlaydi. 1935-yildan „George Orwell“ taxallusi ostida ijod qiladi. 1937-yili Ispaniyada Frankoning fashistik tuzumiga qarshi urushda qatnashadi. Ijtimoiy va madaniy harakterdagi koʻpgina esse va maqolalar yozgan. Ikkinchi Jahon Urushi davrida BBCda antifashistik koʻrsatuvni olib borgan.
Ijodi Tahrirlash
- „Molxona (novella)“ (1945) satirasida qoʻzgʻoloniy prinsiplar va dasturlarning qayta tugʻilishini koʻrsatgan: „Molxona (novella)“ — Rossiyadagi 1917-yil qoʻzgʻolonining yilnomasidir.
- Antiutopik roman "1984" „Molxona (novella)“ning davomi boʻldi. Orwell kelajakdagi dunyo jamiyatini totalitar ierarxik tuzum qilib tasvirlaydi. Bu tuzum oʻtkir jismoniy va ruhiy quldorlik jamiyati boʻlib, u umumiy qoʻrqinch va nafrat bilan toʻla. Aynan shu kitobda mojaroviy mashhur „Katta aka seni kuzatmoqda“ yozilgan, shuningdek, „ikkifikrlik“, „fikriy jinoyat“ kabi keng yoyilgan terminlar kiritilgan.
Romanlar Tahrirlash
- 1933 — Down and Out in Paris and London
- 1934 — Burmese Days
- 1935 — A Clergyman's Daughter
- 1936 — Keep the Aspidistra Flying
- 1937 — The Road to Wigan Pier
- 1938 — Homage to Catalonia
- 1939 — Coming Up for Air
- 1945 — Molxona (novella)
- 1949 — 1984 (roman)
George Orwell tuberkulyoz tufayli Londonda vafot etgan.
Qiziqarli faktlar Tahrirlash
- Orwellning ijodida koʻpchilik totalitar tuzumning satirasini ilgʻay olganlariga qaramay, yozuvchining oʻzini hukumat uzoq vaqt davomida kommunistlar bilan yaqin aloqada boʻlganligidan shubhalangan. 2007-yili yozuvchining shaxsiy ishi oydinlashtirilgandan keyin maʼlum boʻldiki, britan kontrrazvedkasi MI-5 1929-yildan boshlab, deyarli yozuvchining vafoti 1950-yilgacha izidan yurgan.
Havolalar Tahrirlash
- George Orwell — yozuvchining ijodi haqida Wayback Machine saytida arxivlandi (2007-10-11). (rus.)