Molxona — 1945-yil 17-avgustida George Orwell tomonidan yozilgan asar. Asarda bir guruh fermada yashovchi hayvonlarining oʻz xoʻjayinlariga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishi va natijada erkin, teng hamda baxtli jamiyat qurishga umid qilish jarayonlari hikoya qilib beriladi. Asar voqealari „Qoʻrgʻoncha“ nomli fermada boʻlib oʻtgan. Oxir-oqibatda hayvonlar inqilob orqali yangi, mustaqil jamiyat qurishni niyat qilishgan. Ammo Napaleon laqabli choʻchqa diktaturasi ostida avvalgidan ham ayanchli hayot kechira boshlaydilar[1][2].

Molxona
Animal Farm (uzbek edition).jpg
Asl nomi Animal Farm: A Fairy Story
Muallif Jorj Oruell
Janr Novella
Mamlakat Birlashgan Qirollik
Til inglizcha
Tarjimon Karim Bahriyev
Nashriyot "Secker and Warburg"
Nashr etilgan sanasi 1945-yil
Oʻzbek tilida nashr etilgan 2021-yil ("NIHOL" nashriyoti)
Sahifalar soni

112 bet (Original nashr)

100 bet (O'zbekcha nashr)
Bosh muharrirlar M.A. Nurmuhamedova
ISBN 978-9943-23-149-8 (O'zbekcha nashr)

Orwellning taʼkidlashicha, mazkur asar 1917-yilgi Rus inqilobi va undan keyingi SSSRdagi Stalin davri hodisalariga nisbatan bir oʻxshatishdir[3]. Asardagi hayvonlar maʼlum tarixiy shaxslar ramzi sifatida namoyon boʻladi. Shuningdek, asardagi Napoleon, Snouboll, Qichqiroq kabi qahramonlar hukmron tabaqa illatlarini, Boksyor, Klover, Benjamin, Molli kabi laqabli hayvonlar esa ishchi tabaqa vakillari hayotini aks ettirish uchun xizmat qilgan.


ManbalarTahrirlash