1984 (roman)
"1984" (inglizcha: Nineteen Eighty-Four) ingliz yozuvchisi va publitsisti George Orwellning antiutopiya janrida yozilgan romani. 1949-yil nashr etilgan. Roman 2018-yil Karim Bahriyev tomonidan oʻzbekchaga tarjima qilingan[1].
Asl nomi | Nineteen Eighty-Four |
---|---|
Muallif(lar) | George Orwell |
Tarjimon(lar) | Karim Bahriyev |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman antiutopiya |
Nashr etilgan sanasi | 1949-yil |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2018-yil |
Sahifalar soni | 338 bet |
ISBN | ISBN 0-00-000000-0 |
Tavsifi
tahrirBosh qahramon Uinston Smit — tashqi partiyaning vakili. U Londonda istiqomat qilib, Haqiqat vazirligida ish yuritadi. Partiyaning mafkura va gʻoyalariga nisbatan gumonlarini hech kimga oshkor etmaslikka harakat qilsa ham, kundalik daftar sotib olib oʻz fikrlarini yozib boradi.
Koʻp oʻtmay u Juliyani uchratadi. Juliya ham partiyaning mafkuralariga ishonmaydi. Ular muntazam ravishda uchrashib turadilar.
Kunlarning birida, Uinston antiqa narsalar doʻkoni sohibi mister Charringtonga duch keladi. Charrington doʻkonining ikkinchi qavatida joylashgan xonani Uinstonga ijaraga beradi.
Bundan tashqari Uinston OʻBrayen bilan tanishadi. OʻBrayen Ichki Partiyaning baland martabali xodimi. Uinstonning fikri boʻyicha u Goldsteyn tomonidan tashkil qilingan inqilobchilar guruhining aʼzosi. Shu bois Uinston va Juliya OʻBrayenning huzuriga kelib, ularni Goldsteyn guruhiga qabul qilishlarini iltimos qiladilar. Bunga javoban OʻBrayen ularga Goldsteyn muallifligi ostida yozilgan soxta kitobni beradi.
Bir necha kunlardan soʻng Uinston va Juliya hibsga olinadilar. Chunki mister Charrington va OʻBrayen fikr politsiyasining vakillari edi.
Muhabbat vazirligida Uinston koʻp soʻroqlar natijasida, oʻz maslagidan qaytgan boʻlsada, Juliyaga boʻlgan muhabbatidan voz kechmaslikka harakat qiladi. Ammo keyinchalik, „101-xona“dagi turli shavqatsiz qiynoqlar natijasida hatto Juliyaga ham xiyonat qilishga majbur boʻladi. Yaʼni u oʻzini emas, balki sevgilisi boʻlgan Juliyani qiynashlarini aytadi.
Juliya ham huddi Uinston kabi qiynoqlarni boshdan kechirgan va barcha narsalardan voz kechgan boʻladi.
Uinston ozodlikka erishganidan soʻng, kafe yonidagi yoʻlakda Juliyani uchratadi. Ammo bu ularning soʻnggi uchrashuvi boʻladi va oralaridagi munosabatlar yakunlanadi.
Bir oʻzi qolib, Uinston kafeda radioeshittirish orqali Okeaniya Yevrosiyo davlati ustidan gʻalaba qozonganini eshitadi. Bu xabar uni nihoyatda quvonchga soladi. Soʻng Uinston batamom „tuzalganini“ hamda partiya va Katta ogʻa gʻoyalariga soʻzsiz ishonishini anglab yetadi.
Qahramonlari
tahrir- Uinston Smit (inglizcha: Winston Smith)- Bosh qahramon. 1944 yoki 1945-yil, Londonda tavallud topgan. Haqiqat Vazirligining hujjatlashtirish boʻlimida ish yuritadi. Partiya gʻoyalariga qarshi ekanini hech kimga bildirmaslikka harakat qiladi.
- Juliya (inglizcha: Julia)-26 yoshli ayol. Haqiqat vazirligining adabiyot boʻlimida ish yuritadi. Partiya gʻoyalarining tarafdoridek mugʻombirlik qiladi.
- Katta ogʻa (inglizcha: Big Brother)- 1960-yildan boshlab Partiyaning yagona rahnamosi. Hayotda uning timsoli Iosif Stalin
- Emmanuel Goldsteyn (inglizcha: Emmanuel Goldstein)- Xalq dushmani. Bir paytlar inqilobning sardori boʻlgan. Ammo koʻp oʻtmay partiyaga qarshi xoinlik qilib, chet elga qochgan. Uning timsoli Lev Trotskiy.
- OʻBrayen (inglizcha: OʻBrien)- Ichki Partiyaning baland martabali aʼzosi. Fikr politsiyasining xodimi.
Epizodik qahramonlari
tahrir- Djons (inglizcha: Jones) Aronson (inglizcha: Aaronson) va Rezerford (inglizcha: Rutherford)- Ichki Partiyaning sobiq aʼzolari. Ular inqilobning sardorlari boʻlishganidan qatʼiy nazar „fikriy jinoyat“da ayblanib qatl qilinganlar. Aronsonning timsoli Grigoriy Zinovyev, Rezerfordning esa Lev Kamenev.
- Mister Charrington (inglizcha: Mr Charington)- Antiqiy narsalar savdosi doʻkoni sotuvchisi. Fikr politsiyasining vakili.
- Saym (inglizcha: Syme)- Uinstonning oliy maʼlumotli hamkasbi. Yangi til lugʻatining 11-chi nashri ustida ishlaydi. Fikr politsiyasi tomonidan hibsga olingan.
- Parsons (inglizcha: Parsons)-Uinstonning qoshnisi va hamkasbi. Partiyaning yuksak aʼzosi- baquvvat, ishbilarmon, hushfeʼl inson. Soʻzsiz partiyaning barcha gʻoyalariga ishonadi. Fikr politsiyasi tomonidan hibsga olingan.
- Amplfort (inglizcha: Ampleforth)-Uinstonning hamkasbi. Haqiqat vazirligining hodimi. Shoir. Romanning uchinchi qismida fikr politsiyasi tomonidan hibsga olinadi.
Koʻp oʻtmay „101 xona“da bedarak yoʻq boʻladi.
Romanning nomi
tahrirOruell romanni "The Last man in Europe" deb nomlagan edi. Ammo Frederik Varburg asarni nashr etishdan avval, uning nomini oʻzgartirishni qatʼiy talab qilgan. Asardagi hodisalar nima uchun aynan 1984-yilda sodir boʻlishi oxirigacha maʼlum emas.
„1984“ romanidagi dunyo
tahrirAsardagi hodisalar 1984-yil, birinchi raqamli harbiy-havo mintaqasining eng muhim shahri-Londonda sodir boʻladi. Oʻz navbatida bu mintaqa, totalitar iyerarxik tuzumga ega boʻlgan Okeaniya davlatining viloyati deb hisoblanadi. Okeaniyadan tashqari yana ikki totalitar mamlakatlar mavjud: Yevrosiyo va Sharqiy Osiyo.
- Okeaniya (inglizcha: Oceania)- yer sharining uchdan bir qismini qamrab olgan. Uning hududiga Shimoliy va Janubiy Amerika, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Avstraliya hamda Okeaniya kiradi. Davlatga oid mafkura „ingsots“ (ingliz sotsializmi)
- Yevrosiyo (inglizcha: Euroasia)- hududiga Sovet Ittifoqi, Yevropa va Turkiya davlatlari kiradi. Davlatga oid mafkura- „neobolshevizm“.
- Eastosiyo (inglizcha: Eastasia)- Xitoy, Yaponiya, Koreya, qisman Mongoliya va Hindiston hududlarini egallaydi. Davlatga oid mafkura sifatida xitoy soʻzi ishlatiladi. Bu soʻzni "oʻlimga sigʻinish" yoki "shaxsni oʻchirib tashlash" deb tarjima qilsa boʻladi.
Har bir mafkura oʻxshash xususiyatlarga ega. Ularning barchasi oʻtkir jismoniy va ruhiy quldorlik jamiyatini tuzishga asoslangan. Bu mafkuralar militarizmni targʻibot qiladi.
Shimoliy Afrika, Oʻrta Sharq va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari hech kimga tegishli emas. Ularning ustidan egalik qilish maqsadida har bir totalitar mamlakat oʻzaro tugamas urushlar oboradi. Ammo harbiy tarafdan ularning kuchlari teng.
Tarixi
tahrirIkkinchi jahon urushi yakuniga yetgach, Buyuk Britaniyada fuqarolar urushi boshlanadi. Koʻp oʻtmay, urushlar girdobida zaiflashib ketgan davlat ustidan Okeaniya hukmdorlik qiladi. Shu vaqtning oʻzidayoq SSSR Gʻarbiy Yevropaga hujum qilib, Yevrosiyo ittifoqini yaratadi. Sharqiy Osiyoda esa Eastosiyo davlati vujudga keladi.
Dunyoning qayta taqsimlanishini uchinchi jahon urushi vayron qiladi. Yadroviy qurollarning qoʻllanishi ommaviy halokatlarga olib keladi. Yevropa, Shimoliy Amerika hamda gʻarbiy Rossiyada joylashgan koʻp shaharlar yer yuzidan oʻchirilib tashlanadi. Bundan soʻng mamlakatlar ommaviy magʻlubiyat qurollaridan foydalanishdan bosh tortadilar. Ammo urush davom etaveradi.
Ingsoc
tahrirIngliz sotsializmi- sotsialistik partiya asosida vujudga kelgan mafkura. Okeaniya , Amerika davlatlari hamda Britaniya Imperiyasining birlashishidan hosil boʻlgan. Sotsialistik inqilob davrida Katta aka va Emmanuel Goldsteyn birgalikda partiyani gʻalabaga boshlab kelib, keyinchalik dushmanlarga aylanganlar. Ingsotsning asosiy maqsadi siyosiy nazorat hamda jismoniy va ruhiy hukmdorlik.
Qo`shfikrlik
tahrirQo`shfikrlik (inglizcha: doublethink)-bu bir-birini inkor etuvchi, bir nechta gʻoyalarga soʻzsiz ishonishdir. Uning maʼnosini ilgʻab olish uchun Okeaniyaning shiorlariga nazar tashlash kerak:
Fikriy jinoyat
tahrirFikriy jinoyat (inglizcha: Thoughtcrime) Okeaniyadagi eng ogʻir jinoyat. Partiyaviy mafkura nuqtai nazaridan notoʻgʻri deb topilgan barcha ehtiyotsiz fikr, yoki imo-ishoralar qatl qilish bilan jazolanadi. Fikr politsiyasi hodimlari fikriy jinoyatchilarga qarshi kurash oborishadi.
Vazirliklari
tahrirBirinchi raqamli harbiy-havo mintaqasining poytaxti Londonda, toʻrtta boshqarma vazirliklari mavjud:
- Tinchlik vazirligi-(inglizcha: Ministry of Peace) Okeaniyaning dushmanlariga qarshi tugamas ravishda harbiy harakatlar olib borilishini nazorat ostida ushlab turadi.
- Serobgarchilik vazirligi-(inglizcha: Ministry of Plenty) Xalq oziq-ovqat mahsulotlari, xoʻjalik mollari va hokazolar bilan taʼminlanishini meʼyoriga solib turadi.
- Muhabbat vazirligi-(inglizcha: Ministry of Love) Fikriy jinoyatchilarga qarshi ish yuritadi.
- Xaqiqat vazirligi-(inglizcha: Ministry of Truth) Muntazam ravishda tarixiy xodisalarni sohtalashtirish bilan shugʻullanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.ozodlik.org/a/ozbekiston-oruell-kitob-/29609116.html
- ↑ Urush — bu Tinchlik
- ↑ Ozodlik- bu qullik
- ↑ Bilmaslik- bu kuch
Havolalar
tahrir- roman rus tilida (Wayback Machine saytida 2011-08-10 sanasida arxivlangan)
Vikiiqtibosda 1984 (roman)ga tegishli iqtiboslar mavjud. |