Georgiy Petrovich Ioannidis (1923-yil, Stavropol, SSSR – 1986-yil, Afina, Gretsiya) – yuz-jagʻ va plastik jarrohlik yoʻnalishi boʻyicha sovet va grek stomatologi, Toshkent tibbiyot instituti professori.

Georgiy Petrovich Ioannidis
Георгий Петрович Иваннидис 1
Ιωαννίδης Γεώργιος του Πέτρου
Tavalludi 6-sentyabr 1923-yil
Stavropol, SSSR
Vafoti 20-mart 1986-yil(1986-03-20)
(62 yoshda)
Afina, Gretsiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRYunoniston bayrogʻi Gretsiya
Sohasi Stomotologiya
Ish joylari Toshkent tibbiyot instituti
Ilmiy darajasi Tibbiyot fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor

Hayoti tahrir

1923-yil 6-sentyabrda RSFSRning Stavropol shahrida tugʻilgan. Otasi Ioannidis Petros Pontiyalik grek savdogari, Rossiya imperiyasining Kars viloyati Ardaxon shahrida tugʻilgan. 1918-yilda Brest-Litovsk shartnomasiga koʻra Kars viloyati Turkiya hududiga aylangan va Ionnadis Petros Stavropolga koʻchib oʻtgan. Onasi Tamara Tambieva - Kabardiyada tugʻilgan. 1928-yilda Ioannidis oilasi Gretsiyaga koʻchirib oʻtkazilgan.

Georgiy Petrovich Ioannidis 1942-yilda Salonikidagi Aristotel universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirgan. U 1942-yilda Gretsiya Kommunistik partiyasi aʼzosi sifatida Gretsiya milliy ozodlik fronti bilan birgalikda natsistlarga qarshi kurashda qatnashgan. 1946—1949-yillardagi fuqarolar urushi davrida Gretsiya demokratik armiyasining partizan kuchlari bilan birga (yunoncha: Δημοκρατικός Στρατός Ελλάδας) tibbiy xizmat leytenanti unvoni ostida, oʻng qanot harbiylashtirilgan tashkilotlarga qarshi kurashda qaatnashgan[1]. 1949-yil sentabrida Gretsiya demokratik armiyasining magʻlubiyatidan soʻng Georgiy Ioannidis va minglab omon qolgan partizanlar SSSRga,Toshkent shahriga koʻchib oʻtishadi.

1954-yilda Georgiy Ioannidis Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan. U 1961-yilda tibbiyot fanlari nomzodi, 1970-yilda tibbiyot fanlari doktori, 1971-yilda professor unvonini oladi.

Georgiy Ioannidis 1974—1977-yillarda Toshkent tibbiyot institutining gospital jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri, 1978—1984-yillarda esa bolalar jagʻ-yuz xirurgiyasi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. U Grek siyosiy migrantlari ilmiy jamiyatiga raislik qilgan.

Georgiy Ioannidis 1984-yil dekabrda Gretsiyaga qaytadi. U 1986-yil boshida „Xalq salomatligi“ ilmiy-ommabop jurnalida nashriyot boʻyicha maslahatchi lavozimida ishlaydi.

Georgiy Petrovich Ioannidis 1986-yil 20-martda Afinada vafot etadi.

Ilmiy faoliyati tahrir

  • Yuqori jagʻning xavfli oʻsmalarini davolash[2][3]
  • Oʻsayotgan tanada temporomandibular boʻgʻimning (TMB) suyak patologiyasini davolash usullari.
  • Kattalardagi orttirilgan mikrogeniya va chakka-mandibular boʻgʻimning ankilozini birgalikda davolash usullari[4][5]

Manbalar tahrir

  1. Выдержка из «ГАЗЕТЫ ВРЕМЕННОГО ПРАВИТЕЛЬСТВА» («ΕΦΗΜΕΡΙΔΑ ΤΗΣ ΠΡΟΣΟΡΙΝΗΣ ΚΥΒΕΡΝΗΣΗΣ»). — "Έχοντας υπόψη την ιδρυτική μας Πράξη της 23 του Δεκέμβρη 1947, την Πράξη αριθ. 11 του Γενικού αρχηγείου, το Νόμο αριθ. 1 της Προσωρινής Δημοκρατικής Κυβέρνησης και προτάσεις της ΧΙης Μεραρχίας. Αποφασίζουμε Α. Ονομάζουμε αξιωματικούς του Δημοκρατικού Στρατού Ελλάδας με τους βαθμούς που αναφέρουμε τούς πιο κάτω: ΥΠΟΛΟΓΑΓΟΙ α) Πολιτικοί επίτροποι 1. Τσολάκης Σταύρος του Σταύρου β) Υγειονομικού 1. Ιωαννίδης Γεώργιος του Πέτρου "
  2. Байдик О. Д. Ультраструктурные изменения слизистой оболочки верхнечелюстной пазухи у больных одонтогенным синуситом
  3. Иванов Ю. В. Состояние слизистой оболочки верхнечелюстного синуса у больных с ороантральным сообщением в разные сроки после его возникновения
  4. „Применение эндопротезов из углеродной керамики и углепластика при хирургическом лечении вторичного деформирующего остеоартроза и анкилоза височно-нижнечелюстного сустава у дет…“. 2018-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-yanvar.
  5. „Анкилоз ВНЧС. Лечение анкилоза ВНЧС. Операция по методу Г. П. Иоаннидиса“. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-yanvar.