Germaniya imperatorlari
The Germaniya Imperatori (nemischa: Deutscher Kaiser , talaffuzi: [ˌdɔɪ̯t͡ʃɐ ˈkaɪ̯zɐ] ( tinglang)) Germaniya imperiyasi hukmdorining rasmiy unvoni. ushbu atama, Germaniya Imperiyasi konstitutsiyasiga ham kiritilgan va 1918-yil 28-noyabrda Vilgelm II rasman taxtdan voz kechgunga qadar amalda boʻlgan[1].
Imperator | |
---|---|
Deutscher Kaiser | |
Eng oxirgi va eng uzoq hukmronlik qilgan Vilgelm II 15-iyun 1888-yil – 9-noyabr 1918-yil | |
Tafsilotlar | |
Uslub | [[Hazrati oliylari|Imperial Majesty hazrati oliylari]] |
Birinchi monarx | Vilgelm I |
Oxirgi monarx | Vilgelm II |
Shakllanishi | 18-yanvar 1871-yil |
Bekor qilinishi | 28-noyabr 1918-yil |
Rezidensiyasi | Berlin City Palace |
Tayinlovchi | Merosiy |
Daʼvogar(lar) | Georg Fridrix |
1918-yilgi inqilobdan keyin davlat boshligʻi Fridrix Ebertdan boshlab Reyx (nemischa: Reichspräsident) prezidenti deb yuritiladigan boʻldi.
Unvonning qabul qilinishi
tahrirImperator unvoni Parijni qamal qilish paytida Versal saroyida Prussiya qiroli Vilgelm I imperator deb eʼlon qilingunga qadar davom etgan muhokamadan soʻng Prussiya vaziri va Shimoliy Germaniya Konfederatsiyasi kansleri Otto fon Bismark tomonidan ehtiyotkorlik bilan tanlangan[2]. Vilgelm I18-yanvarda bu unvonni „Germaniya imperatori“ (nemischa: Kaiser von Deutschland) ni mamnuniyat bilan qabul qildi. Biroq, bu Janubiy Germaniya monarxlari uchun qabul qilib boʻlmas holat edi, chunki bu unvoni Prussiya qirolligidan tashqaridagi yerlarga (Avstriya, Shveysariya, Lyuksemburg va boshqalar) ham daʼvo qilishini anglatardi[3].
Bir paytlar 1849-yilda Frankfurt parlamentida Prussiya qiroli oʻzini „nemislar imperatori“ deb eʼlon qilgani rad etilgandi. Umuman olganda, Vilgelm konstitutsiya bilan yaratiladigan sunʼiy (Napoleonnikiga oʻxshash) imperatorlik tojidan norozi edi[4].
Imperiya konstitutsiyasiga koʻra, imperiya Prussiya qirolligi ostidagi davlatlar federatsiyasi edi. Imperatorlik toji toʻgʻridan-toʻgʻri Prussiya tojiga bogʻlangan edi — ushbu faktorni Vilgelm II Birinchi jahon urushidan keyin ham taʼkidlagandi. Urush tugashi bilan u imperator boʻlib qola olmasligini tan oldi, lekin u hech boʻlmaganda Prussiya qirolligi tojini saqlab qolishga harakat qildi[5]. Biroq, uning soʻnggi kansleri, Baden shahzodasi Maks buni qonuniy jihatdan imkonsiz deb topdi va 9-noyabr kuni, yaʼni Birinchi jahon urushi tugashi sulhidan ikki kun oldin Vilgelm ikkala taxtdan ham voz kechishini eʼlon qildi. Oʻzi esa Gollandiyaga ketishga majbur boʻldi. Faqat 28-noyabrda Vilgelm II "Prussiya tojiga va u bilan bogʻliq boʻlgan nemis imperatorlik tojiga boʻlgan huquqlardan" rasman voz kechdi[6].
Imperator unvonlari
tahrirNemis imperatorlari Gogenzollern sulolasi tomonidan boshqariladigan yerlarning geografik kengligi va xilma-xilligini aks ettiruvchi unvonlar va titullarning keng roʻyxatiga ega edi[7].
Vilgelm I
tahrir- Germaniya imperatori va Prussiya qiroli;
- Brandenburg margrafi;
- Nyurnberg Burgrave, Gogenzollern grafi;
- Suveren Sileziya va Glatz okrugi gersogi;
- Quyi Reyn va Pozen Buyuk Gertsogi;
- Saksoniya gertsogi;
- Vestfaliya, Pomeraniya, Golshteyn va Shlezvig, Magdeburg, Bremen,Crossen, Lauenburg va Meklenburg gertsogi;
- Gessen va Tyuringiya landgrafi[8];
- Yuqori va Quyi Lusatiya margrafi;
- Sharqiy Frizlandiya, Ryugen Paderborn, Halberstadt, Verden, Nassau, Myunster shahzodasi;
- Henneberg; Ravensberg, Xohenshteyn, Teklenburg va Lingen, Mansfeld, Frankfurt knyazi[9].
Fridrix III
tahrir- Germaniya imperatori va Prussiya qiroli;
- Brandenburg margrafi;
- Nyurnberg Burgrave, Gogenzollern grafi;
- Suveren Sileziya va Glatz okrugi gersogi;
- Quyi Reyn va Pozen Buyuk Gertsogi[10];
- Saksoniya gertsogi;
- Gessen va Tyuringiya landgrafi;
- Yuqori va Quyi Lusatiya margrafi;
- Sharqiy Frizlandiya, Ryugen Paderborn, Halberstadt, Verden, Nassau, Myunster shahzodasi;
- Henneberg; Ravensberg, Xohenshteyn, Teklenburg va Lingen, Mansfeld, Frankfurt knyazi[11].
Vilgelm II
tahrir- Germaniya imperatori va Prussiya qiroli;
- Brandenburg margrafi;
- Nyurnberg Burgrave, Gogenzollern grafi;
- Suveren Sileziya va Glatz okrugi gersogi;
- Quyi Reyn va Pozen Buyuk Gertsogi;
- Saksoniya gertsogi;
- Gessen va Tyuringiya landgrafi;
- Yuqori va Quyi Lusatiya margrafi;
- Sharqiy Frizlandiya, Ryugen Paderborn, Halberstadt, Verden, Nassau, Myunster shahzodasi;
- Henneberg; Ravensberg, Xohenshteyn, Teklenburg va Lingen, Mansfeld, Frankfurt knyazi[12].
Germaniya imperatorlari
tahrirIsmi | Yashagan yillari | Hukmronligining boshlanishi | Hukmronligining tugashi | U haqida | Oilasi | Surati |
---|---|---|---|---|---|---|
Vilgelm I[13] | 1797-yil 22-mart
1888-yil 9-mart (90 yosh) |
1871-yil 18-yanvar | 1888-yil 9-mart
(17 yil, 69 kun) |
Birinchi Germaniya Imperatori | Gogenzollern | |
Fridrix III[14] | 1831-yil 18-oktabr
1888-yil 15-iyun (56 yosh) |
1888-yil 9-mart | 1888-yil 15-iyun
(99 kun) |
Vilgelm I ning oʻgʻli | Gogenzollern | |
Vilgelm II | 1859-yil 27-yanvar
1941-yil 4-iyun (82 yosh) |
1888-yil 15-iyun | 1918-yil 28-noyabr
(37 yil 167 kun) |
Vilgelm I ning nabirasi
Fridrix III ning oʻgʻli |
Gogenzollern |
Eslatmalar
tahrir- ↑ Statement of Abdication of Wilhelm II
- ↑ Ernst Rudolf Huber: Deutsche Verfassungsgeschichte seit 1789. Band III: Bismarck und das Reich. 3rd edition, W. Kohlhammer, Stuttgart 1988, p. 750-753.
- ↑ William Dawson (14 July 2017). History of the German Empire. Merkaba Press. p. 355.
- ↑ Karl Kroeschell: Deutsche Rechtsgeschichte, Bd. 3: Seit 1650, 5. Aufl., Böhlau/UTB, Köln/Weimar/Wien 2008, S. 235.
- ↑ Michael Kotulla: Deutsche Verfassungsgeschichte: Vom Alten Reich bis Weimar (1495-1934), 2008, Rn. 2042.
- ↑ Klaus Stern: Das Staatsrecht der Bundesrepublik Deutschland. Band V: Die geschichtlichen Grundlagen des deutschen Staatsrechts. Die Verfassungsentwicklung vom Alten Deutschen Reich zur wiedervereinigten Bundesrepublik Deutschland. C.H. Beck, München 2000, ISBN 978-3-406-07021-1, Rn. 128.
- ↑ Burgess, John W. (1888). „Tenure and Powers of the German Emperor“. Political Science Quarterly. 3 (2): 334-357. doi:10.2307/2139036. ISSN 0032-3195. JSTOR 2139036.
- ↑ Rudolf Graf v. Stillfried: Die Titel und Wappen des preußischen Königshauses. Berlin 1875.
- ↑ "Titles of Frederick III". Archived from the original on 14 March 2007. Retrieved 15 October 2007.
- ↑ "Archived copy". regiments.org. Archived from the original on 22 December 2007. Retrieved 11 January 2022.
- ↑ Wilhelm II (1922). The Kaiser’s Memoirs. Translated by Thomas R. Ybarra. Harper & Brothers Publishers. pp. 285-91
- ↑ "Titles of Wilhelm II". Archived from the original on 14 March 2007. Retrieved 15 October 2007.
- ↑ Hull 2004, p. 31.
- ↑ Enumerated as successor of Frederick II who was King of Prussia 1740-1786 but not German Emperor.
Adabiyotlar
tahrir- Hull, Isabel V. (2004), The Entourage of Kaiser Wilhelm II, 1888-1918.
- Horne, Charles F. (2009), Source Records of the Great War, Kessinger Publishing,
- Ernst Rudolf Huber: Deutsche Verfassungsgeschichte seit 1789. Band III: Bismarck und das Reich. 3rd edition, W. Kohlhammer, Stuttgart
- Wilhelm II (1922). The Kaiser’s Memoirs. Translated by Thomas R. Ybarra. Harper & Brothers Publishers.
- Enumerated as successor of Frederick II who was King of Prussia 1740-1786 but not German Emperor.
- Karl Kroeschell: Deutsche Rechtsgeschichte, Bd. 3: Seit 1650, 5. Aufl., Böhlau/UTB, Köln/Weimar/Wien 2008