Bosh menuni ochish

Germanwings 9525 reysi halokati

(Germanwings 9525 halokatidan yoʻnaltirildi)

Germanwings 9525 uchogʻi reysi halokati 2015-yilning 24-mart seshanba kuni roʻy berdi. Olmoniyaning byudjetli «Germanwings» aviakompaniyasining Airbus A320 uchogʻi Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan Din-le-Ben va Barselonett shaharlari orasida qulagan. Uchoq, 9525-reys bilan 144 ta yoʻlovchi va 6 ta ekipaj aʼzolari bilan Ispaniyaning Barselona shahridan Olmoniyaning Dyusseldorf shahriga reysni amalga oshirayotgan edi.

Uchoq haqida qisqacha maʼlumotTahrirlash

Airbus A320-211 (seriya raqami 0147, borti D-AIPX) uchogʻi oʻzining ilk parvozini 1990-yilning 29-noyabr kuni amalga oshirgan. Unga ikkita CFMI va CFM56-5A1 divigatellari oʻrnatilgan edi. Uchoq, «Lufthansa» aviakompaniyasi tomonidan sotib olingan boʻlib, 2003-yilda uning shoʻba kompaniyasi «Germanwings»ga topshirilgan. Halokatgacha ushbu uchoq 46 ming 700 marta parvozni amalga oshirgan, ba 58 300 soat parvozda boʻlib, 24 yildan buyon ishlatilib kelingani maʼlum boʻldi.

Uchoq, oxirgi marta texnik nazoratdan 2015-yilning 23-mart kuni oʻtgani qayd etildi. Halokat roʻy bergan kuni, uchoqda oldingi shassisining lyukida (Nose Landing Door) nosozliklar aniqlangan va tezda ushbu muammo bartaraf etilgan.

HalokatTahrirlash

Ushbu reys Barselonaning El-Prat aeroportidan CET boʻyicha 9:35 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yoʻlovchilardan 67 kishi bu Olmoniya fuqarolari, 45 tasi esa Ispaniya fuqarolari va qolgan 23 nafari esa taxminan 13 ta mamlakat fuqarolari boʻlgan. Soat 10:01 da uchoq El-Prat aeroportidan havoga koʻtarilib Dyusseldorf tomonga kursni olgan. Dyusseldorf aeroportiga, uchoq soat 11:55 da qoʻnishi rejalashtirilgan. Soat 10:45 da uchoq parvozning kreyser balandligiga yetgan va 380-eshelonni (38 000 fut, qariyb 12 000 metr) egallagan. Bir necha daqiqadan soʻng, uchoq pastlashni boshlagan va qariyb 2000 metr balandlikda radarlar ekranidan yoʻqolgan.

Uchoqning halokatga uchragan boʻlaklari Alp togʻlarining Yuqori Provans tomonida, dengiz sathidan qariyb 1500 metr balandlikda, Fransiyaning Din-le-Ben va Barselonett shaharlari orsida topildi. Tasdiqlamagan maʼlumotlarga koʻra, bortdagi barcha yoʻlovchilar halok boʻlgan. 24-mart kuni halokat sodir boʻlgan joyda laynerning bitta «qora yashigi» topildi. Ushbu halokat «Germanwings» aviakompaniyasi tarixidagi ilk halokat boʻldi.

Halok boʻlganlar fuqaroligiTahrirlash

Mamlakat Fuqarolari soni
  Olmoniya 72
  Ispaniya 50
  AQSH 3
  Buyuk Britaniya 3
  Qozogʻiston 3
  Argentina 2
  Avstraliya 2
  Bosniya va Gersegovina 2
  Eron 2
  Kolumbiya 2
  Marokash 2
  Meksika 2
  Yaponiya 2
  Venesuela 2
  Belgiya 1
  Daniya 1
  Isroil 1
  Niderlandlar 1
  Paragvay 1
  Polsha 1
  Turkiya 1
  Chili 1
Umumiy 150

Reaksiya va oqibatlariTahrirlash

  • Fransiya Prezidenti François Hollande halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va ushbu halokatni Fransiyaning ham qaygʻusi ekanini taʼkidladi.
  • Olmoniya Federal kansleri Angela Merkel ushbu hodisadan qaygʻuda ekanini va halok boʻlganlar oila aʼzolariga hamdardlik bildirishini qayd etdi.
  • Oʻzining hamdardliklarini shuningdek, Rossiya va Belorussiya prezidentlari va boshqa amlakatlar rahbarlai taʼkidlashdi.