Germanwings 9525 reysi halokati

Germanwings 9525 uchogʻi reysi halokati 2015-yilning 24-mart seshanba kuni roʻy bergan. Olmoniyaning byudjetli «Germanwings» aviakompaniyasining Airbus A320 uchogʻi Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan. Din-le-Ben va Barselonett shaharlari orasida qulagan. 9525-reys bilan 144 ta yoʻlovchi va 6 ta ekipaj aʼzolari bilan Ispaniyaning Barselona shahridan Olmoniyaning Dyusseldorf shahriga reysni amalga oshirayotgan edi.

Uchoq haqida qisqacha maʼlumot

tahrir

Airbus A320-211 (seriya raqami 0147, borti D-AIPX) uchogʻi oʻzining ilk parvozini 1990-yilning 29-noyabr kuni amalga oshirgan. Unga ikkita CFMI va CFM56-5A1 divigatellari oʻrnatilgan edi. Uchoq, «Lufthansa» aviakompaniyasi tomonidan sotib olingan boʻlib, 2003-yilda uning shoʻba kompaniyasi «Germanwings»ga topshirilgan. Halokatgacha ushbu uchoq 46 ming 700 marta parvozni amalga oshirgan, ba 58 300 soat parvozda boʻlib, 24 yildan buyon ishlatilib kelingani maʼlum boʻlgan. 2015-yilning 23-mart kuni oʻtgani qayd etilgan. Halokat roʻy bergan kuni, uchoqda oldingi shassisining lyukida (Nose Landing Door) nosozliklar aniqlangan va tezda ushbu muammo bartaraf etilgan.

Halokat

tahrir

Reys Barselonaning El-Prat aeroportidan CET boʻyicha 9:35 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yoʻlovchilardan 67 kishi Olmoniya fuqarolari, 45 tasi esa Ispaniya fuqarolari va qolgan 23 nafari esa taxminan 13 ta mamlakat fuqarolari boʻlgan. Soat 10:01 da uchoq El-Prat aeroportidan havoga koʻtarilib Dyusseldorf tomonga kursni olgan. Dyusseldorf aeroportiga, uchoq soat 11:55 da qoʻnishi rejalashtirilgan. Soat 10:45 da uchoq parvozning kreyser balandligiga yetgan. Bir necha daqiqadan soʻng, uchoq pastlashni boshlagan va qariyb 2000 metr balandlikda radarlar ekranidan yoʻqolgan. Uchoqning halokatga uchragan boʻlaklari Alp togʻlarining Yuqori Provans tomonida, dengiz sathidan qariyb 1500 metr balandlikda, Fransiyaning Din-le-Ben va Barselonett shaharlari orsida topilgan. Tasdiqlamagan maʼlumotlarga koʻra, bortdagi barcha yoʻlovchilar halok boʻlgan. 24-mart kuni halokat sodir boʻlgan. Ushbu halokat «Germanwings» aviakompaniyasi tarixidagi ilk halokat boʻlgan.

Halok boʻlganlar fuqaroligi

tahrir
Mamlakat Fuqarolari soni
  Germany Olmoniya 72
  Spain Ispaniya 50
  USA AQSH 3
  UK Buyuk Britaniya 3
  Kazakhstan Qozogʻiston 3
  Argentina Argentina 2
  Australia Avstraliya 2
  Bosnia and Herzegovina Bosniya va Gersegovina 2
  Iran Eron 2
  Kolumbiya Kolumbiya 2
  Morocco Marokash 2
  Mexico Meksika 2
  Japan Yaponiya 2
  Venezuela Venesuela 2
  Belgium Belgiya 1
  Denmark Daniya 1
  Israel Isroil 1
  Netherlands Niderlandlar 1
  Paraguay Paragvay 1
  Poland Polsha 1
  Turkey Turkiya 1
  Chile Chili 1
Umumiy 150

Reaksiya va oqibatlari

tahrir
  • Fransiya Prezidenti François Hollande halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi va ushbu halokatni Fransiyaning ham qaygʻusi ekanini taʼkidladi.
  • Olmoniya Federal kansleri Angela Merkel ushbu hodisadan qaygʻuda ekanini va halok boʻlganlar oila aʼzolariga hamdardlik bildirishini qayd etdi.
  • Oʻzining hamdardliklarini shuningdek, Rossiya va Belarus prezidentlari va boshqa amlakatlar rahbarlai taʼkidlashdi.