Gheorghe Boghiu (talaffuzi: Jorj Bogyu) (1981-yil 26-oktyabr, Kishinyov, Moldaviya SSR, SSSR) — moldaviyalik futbolchi, „Zorya“ klubining Balti va Moldova terma jamoasining sobiq hujumchisi . 2017-yildan „Zorya“ futbol klubi bosh murabbiyi yordamchisi hisoblanadi.

Rossiyada Belgorod, Kursk Avangard va Chitaning „Salyut“ klublaridagi oʻyinlari orqali tanilgan.

Faoliyati tahrir

Klub tahrir

Gheorghe Boghiu professional faoliyatini 1998-yilda Balti shahrining „Olimpia“ klubida boshlagan, Modova milliy divizionida oʻynagan. 2005-yilda hujumchi ijara asosida Moldovaning boshqa klubi — Kishinyovning „Dacia“ safiga borib qoʻshilgan.

2006-yilda Boghiu birinchi marta Rossiya jamoasidan taklif olgan, Belgorod shahrining „Salyut“ jamosi futbolchi yordamida oʻz hujum chizigʻini kuchaytirgan. Gheorghe „Salyut“ safida 18 ta oʻyin oʻtkazib, birorta ham gol urishga muvaffaq boʻlmagan. Oʻsha yili hujumchi Rossiyaning boshqa klubi — Kursk shahrining „Avangard“ jamoasiga oʻtgan. Ushbu klub uchun Boghiu 7 ta oʻyin oʻtkazgan lekin birorta ham gol ura olmgan.

2007-yil yanvar oyi boshida Gheorghe Ruminiyaning Galati shahri „Ocelul“ klubi bilan shartnoma imzolab, boshqa xorijiy chempionatga oʻtgan. 2007-yilda Ruminiya I ligasida Boghiu „Ocelul“ safida 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 2008-yilda hujumchi Qozogʻiston chempionatiga yoʻl olgan va yil davomida „Yesil-Bogatyr“ klubi safida toʻp surgan[1].

2009-yilda Boghiu yana Rossiyaga qaytgan va Chita klubi bilan shartnoma imzolagan. Oʻsha paytda klub Rossiyaning birinchi divizionida oʻynagan. Gheorghe Boghiu Chitada ancha muvaffaqiyatli mavsum oʻtkazgan va 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Ammo bu jamoaga yordam bermagan va musobaqa natijalariga koʻra Chita ikkinchi divizionga tushib ketgan. Rossiya ikkinchi divizioni reglamentida futbol klublarida legionerlarning boʻlishi nazarda tutilmagani uchun Gheorghe Chitani tark etishga majbur boʻlgan.

2010-yilning 19-fevralidan 2010—2011-yilgi mavsum boshlanmaguncha, Boghiu Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynaydigan, Qarshi shahrining "Nasaf" klubi bilan shartnoma imzolagan[2].

2010—2011-yilgi mavsum boshida Boghiu „Milsami“ klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytgan. Ushbu klubdagi birinchi mavsumda Gheorghe klubning 31 ta oʻyinida qatnashib, 26 ta gol urgan, natijada 2010—2011-yilgi mavsumda Moldova chempionatining eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

2011-yilning yozida Gheorge Boghiu Ozarbayjonning „AZAL“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2011—2012-yilgi mavsum davomida „uchuvchilar“ safida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. 2012—2013-yilgi mavsum boshida hujumchi yana Milsami jamoasiga qaytgan va 16 gol bilan yana bir bor Moldova chempionatining eng yaxshi toʻpurariga aylangan.

„Milsami“da 2 mavsum oʻynagan va klub uchun jami 29 ta gol urgan Boghiu 2014-yilning iyun oyida „Tiraspol“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

2015-yildan 2017-yil sentyabrigacha „Zorya“ futbol klubida oʻynagan[3].

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

Gheorghe Boghiu Moldova terma jamoasidagi debyutini 2005-yilning 24-may kuni Ruminiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (0:2) oʻtkazgan. 2011-yil 3-iyunda olti yillik tanaffusdan soʻng u 63-daqiqada Anatoliy Doroshning oʻrniga Shvetsiya terma jamoasiga qarshi Yevro-2012 saralash oʻyinida maydonga tushgan. Uchrashuv 1:4 hisobida yakunlangan[4].

Murabbiylik faoliyati tahrir

2017-yildan „Zorya“ futbol klubi bosh murabbiyi yordamchisi hisoblanadi[5].

Manbalar tahrir

  1. „XVII ЧЕМПИОНАТ КАЗАХСТАНА. ПРЕМЬЕР-ЛИГА-2008“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-sentyabr.
  2. „Ҳожиев ва Мельник ОФК кубогида иштирок этмайди“. UFF.uz (19 февраля 2010). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 апреля 2011.(oʻzb.)
  3. „Георгий Богю завершает футбольную карьеру“. moldfootball.com. 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-sentyabr.
  4. „Elmander double sets up Sweden success“. УЕФА (3 июня 2011). 2011-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 июня 2011.(ingl.)
  5. „Георгий Богю стал ассистентом главного тренера "Зари" Штефана Стойки“. moldfootball.com. 2017-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-sentyabr.