Gibraltar funti
Gibraltar funti (inglizcha: Gibraltar pound) — gibraltar pul birligi boʻlib, baʼzan livr deb ham ataladi. 1971-yilgacha funt = 4 krona = 20 shilling = 240 pens, 1971-yildan funt = 4 kron = 100 yangi pens (1988-yildan — oddiygina pens)ga teng bolʻgan. Belgisi : £ (belgisi Britaniya funt sterlingiga toʻgʻri keladi). Gibraltar funti funt sterlingga teng.
Dastlab Gibraltarda ispan va ingliz valyutalari parallel ravishda ishlatilgan. 1840 — 1841-yillarda Gibraltar uchun mis tangalar zarb qilina boshlandi, 1842-yilda ular muomalaga kiritildi. Tangalar ingliz tangalariga koʻra zarb qilingan, lekin ispan nominallari koʻrsatilgan (kvartlarda). 1861-yilda zarb qilish toʻxtatilgan[1]. Ispaniya pul birliklari uzoq vaqt muomalada boʻlib, 1872 yilda Gibraltarda yagona toʻlov vositasiga aylangan[2]. 1898-yilda Ispaniya-Amerika urushi ispan pesetasining sezilarli darajada qadrsizlanishiga olib keldi va funt Gibraltarning yagona pul birligi sifatida dastlab Britaniya tangalari va banknotalari koʻrinishida muomalaga kiritildi. Shu bilan birga, peseta Ispaniya fuqarolar urushi[2] boshlangunga qadar muomalada aylanishda davom etdi.
1914-yilda birinchi qogʻoz pul birliklar chiqarildi va 1927 yilda Gibraltar funt sterlingidagi banknotalar chiqarila boshlandi.
1967-yilda tangalar zarb qilish qayta tiklandi, 1967-1970-yillarda faqat 1 kronadan iborat tangalar zarb qilingan, 1971, 1972 va 1977 yillarda faqat 25 yangi penslik tangalar zarb qilingan. 1988 yildan muomalaga moʻljallangan tangalar va qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalar zarb qilina boshlandi. Kronalardagi tangalar muomalada deyarli ishlatilmaydi.
Qonuniy toʻlov vositalari Gibraltar banknotlari va tangalari, shuningdek, Britaniya tangalaridir. Angliya Banki, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya banklarining banknotalari rasmiy ravishda qonuniy toʻlov vositasi boʻlmasa ham, tovarlar va xizmatlar uchun toʻlov sifatida qabul qilinishi mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ Cuhaj 2009.
- ↑ 2,0 2,1 Bond 2003.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |