Gidalgo
Gidalgo— Mars va Yupiter orbitalari oraligʻidagi kichik sayyora (№ 944). Uni faqat kuchli teleskoplar yordamida koʻrish mumkin. Nemis astronomi V. Baade 1920 yilda kashf etgan. Harakat orbitasi juda choʻziq ellipsdan iborat boʻlgani sababli Quyoshdan eng uzoqlashganda Saturn orbitasigacha yaqinlashishi mumkin. Quyoshdan uzoqligi 1,9—9,7 a. 6.(astronomik birlik). Quyosh atrofini aylanib chiqish davri 13,7 yil.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |