Hidroseleurugʻdon bilan moyak pardasi orasiga suyuqlik yigʻilishi. Hidrosele tugʻma boʻlishi yoki moyak va ortigʻining turli yalligʻlanish kasalliklarida, ularga shikast yetganida vujudga kelishi mumkin. Tugʻma va orttirilgan, bir yoki ikki tomonlama, oʻtkir yo surunkali xillari bor. Suyuqlik urugʻdon atrofiga asta-sekin yigʻilib, kattalashaveradi. Taranglashgan xilida yorgʻoqning oʻng yoki chap tarafida qattiq oʻsmasimon tuzilma aniqlanadi, taranglashmaganida esa u ancha elastik boʻladi.

Hidrosele
Mutaxassislik Urologiya
Davolash Jarrohlik

Tutashgan shaklida bemor yetganida tuzilma ancha kichrayadi, tutashmagan xilida esa oʻlchamlari bir xil turaveradi. Taranglashgan xilini tezroq operatsiya qilish lozim. Hidroseleni vaqtida jarrohlik yoʻli bilan bartaraf etilmasa, urugʻdon atrofiyaga uchrab, bepushtlikka olib kelishi mumkin.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir