Giorgi Mamardashvili (2000-yil, 29-sentyabrda tugʻilgan) — gruziyalik professional futbolchi, La Liganing Valencia klubida darvozabon sifatida oʻynaydi. U Gruziya terma jamoasini ham himoya qiladi.

Giorgi Mamardashvili
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Giorgi Mamardashvili
Tavallud sanasi 29-sentyabr 2000-yil (2000-09-29) (23 yosh)
Tavallud joyi Tbilisi, Gruziya bayrogʻi Gruziya
Boʻyi 1.99 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ispaniya Valencia
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010-2012 Gagra
2012-2019 Dinamo Tbilisi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019-2021 Dinamo Tbilisi 0 (0)
2019Rustavi (ijara) 28 (0)
2020-2021Locomotive Tbilisi (ijara) 29 (0)
2021- Valencia 21 (0)
Milliy terma jamoa
2016 Georgia U17 1 (0)
2020- Georgia U21 3 (0)
2021- Georgia 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 10-iyul uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Dinamo Tbilisi tahrir

Tbilisida tugʻilgan Mamardashvili Tbilisining Dinamo yoshlar jamoasiga 2012-yilda Gagra shahridan kelib qoʻshilgan.[1] 2018-yilgi mavsumda asosiy jamoada foydalanilmagan zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushganidan soʻng, u 2019-yilgi kampaniya uchun Rustaviga ijaraga berildi.

Rustavi tahrir

Mamardashvili kattalar safida debyutini 2019-yil, 2-mart kuni Tbilisining Locomotive Tbilisiga qarshi safarda 4:1 hisobida boshlagan edi.[2] 28 ta o‘yinda ishtirok etib, jamoasining quyi ligaga tushib ketmasligiga yordam berganidan so‘ng, u ijara asosida Locomotivega ham o‘tdi.

Locomotive Tbilisi tahrir

Darvozabon Locomotivening 2020 -yilgi UEFA Yevropa Ligasi kampaniyasida koʻpchilik tomonidan olqishlangan. Marca gazetasi xabariga koʻra, uning Granadaga qarshi oʻyindagi ajoyib oʻyini ispan skautlarining eʼtiborini tortdi.[3]

Dekabr oyi oxirida u Gruziya futbol federatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi darvozaboni mukofotini oldi.[4]

Uning ajoyib mahorati UEFA 2021-yilda porlashi kutilayotgan 50 nafar yosh iqtidorlar roʻyxatini eʼlon qilganida ham eʼtibordan chetda qolmadi.[5]

Valencia tahrir

2021-yil, 7-iyun kuni Mamardashvili Ispaniyaning Valencia klubiga sotib olish sharti bilan bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shildi va dastlab Tercera División RFEFda zaxiraga tayinlandi.[6][7] U asosiy tarkib bilan mavsumoldi tayyorgarlikni oʻtkazdi va murabbiy Jose Bordalasni[8] hayratda qoldirdi va 13-avgust kuni Getafega qarshi oʻyinda boshlangʻich oʻrinni qoʻlga kiritdi.[9]

2021-yilning 31-dekabrida Valencia Mamardashvili bilan 2024-yilgacha, yana bir yilga ham shartnoma imzolaganini tasdiqladi.[10]

Joriy mavsumda Giorgi Mamardashvili 18 ta o‘yinda 8 ta o‘yinda darvozasidan toʻp oʻtkazib yubormadi. U ketma-ket 560 daqiqa gol oʻtkazmasdan qayd etdi.[11]

U ikki marta La Liganing haftaning ramziy jamoasiga kiritilgan (1 va 35-turlar). Qoʻshimchasiga, u uch marta „Match King“ mukofotini olgan.[12]

2022-yilning may oyida Marca Mamardashvilini La Liganing mavsum kashfiyoti jamoasiga kiritdi.[13]

Xalqaro karyerasi tahrir

Mamardashvili Gruziya U-21 terma jamoasida uchta oʻyinda maydonga tushgach, 2021-yil, 8-sentyabr kuni Bolgariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan kattalar terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi.[14]

U ilk rasmiy o‘yinini N.Makedoniyaga qarshi 2022-yil, 9-iyun kuni Millatlar ligasida 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.[15]

Karyera statistikasi tahrir

Klub tahrir

2022-yil, 10-iyul holatiga ko'ra[16]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dinamo Tbilisi 2018 Erovnuli Liga 0 0 0 0 0 0
Rustavi (ijara) 2019 Erovnuli Liga 28 0 2 0 2 [lower-alpha 1] 0 32 0
Locomotive Tbilisi (ijara) 2020 Erovnuli Liga 11 0 1 0 12 0
2021 Erovnuli Liga 18 0 2 0 3 [lower-alpha 2] 0 23 0
Jami 29 0 3 0 3 0 0 0 35 0
Valencia 2021-22 La Liga 18 0 3 0 21 0
Karyera jami 75 0 8 0 3 0 2 0 88 0

Manbalar tahrir

  1. „გაგრელი მწვრთნელის ხსოვნას ტურნირი მიეძღვნა“ (Georgian). Worldsport.ge (2010-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 15-sentyabr.
  2. „LOKOMOTIVI TBILISI VS. RUSTAVI 4 - 1“. Global Sports Media. Soccerway (2019-yil 2-mart). Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  3. „MARCA: მამარდაშვილმა ესპანელების ყურადღება „გრანადასთან“ მატჩში მიიპყრო“. crystalsport.ge (in Georgian) (2021-yil 29-may).
  4. „საუკეთესო მოთამაშეები პოზიციების მიხედვითაც გაირკვა“. 1tv.ge (in Georgian) (2020-yil 28-dekabr).
  5. „50 for the future: UEFA.com's ones to watch for 2021“. uefa.com (2021-yil 19-yanvar).
  6. „VCF Academy reaches agreement for the signing of Giorgi Mamardashvili“. Valencia CF (2021-yil 7-iyun). Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  7. „Mamardashvili ya está en València“ (es). Super Deporte (2021-yil 3-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  8. „Mamardashvili se hace gigante“ (es). Levante-EMV (2021-yil 6-avgust). Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  9. „Bordalás y Mamardashvili se divierten en la locura de Mestalla“ (es). Marca (2021-yil 13-avgust). Qaraldi: 2021-yil 13-avgust.
  10. „Comunicado oficial | Giorgi Mamardashvili“ (es). Valencia CF (2021-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
  11. „მშრალი სერია 560-ე წუთზე შეწყდა - მამარდაშვილმა ესპანეთში მორიგი ტოპ-მატჩი ჩაატარა“. 1tv.ge (in Georgian) (2022-yil 12-aprel).
  12. „სეზონში მეორედ: გიორგი მამარდაშვილი ტურის საუკეთესო მეკარედ დასახელდა“. sport4me.ge (in Georgian) (2022-yil 10-may).
  13. „მამარდაშვილი სეზონის აღმოჩენათა გუნდში დასახელდა“. sportall.ge (in Georgian) (2022-yil 24-may).
  14. „Mamardashvili derriba otro muro con dolor: Goleada en su debut“ (es). ElDesmarque.com (2021-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-sentyabr.
  15. „North Macedonia vs Georgia (Match Report))“. uefa.com (2022-yil 9-iyun).
  16. Giorgi Mamardashvili Soccerway saytida

Havolalar tahrir


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found