Giperemiya (qadimgi yunoncha: ὑπερ - giper... va αἷμα - haima — qon), qizarish — gavdaning maʼlum qismidagi arteriya yoki vena tomirlarining qonga toʻlishi. Tomir kengaytiradigan nervlarning taʼsirlanishi va tomir toraytiradigan nervlar faoliyatining susayishi natijasida nerv sistemasi funksiyasining buzilishi arterial Giperemiyaga olib keladi. Bunda zararlangan joyga koʻp qon oqib kelganligi uchun u qizaradi, shu joyda harorat koʻtariladi, hajmi kattalashadi. Kishi uyalganida yoki gʻazablanganida ham shunday holat kuzatiladi. Yurak faoliyati buzilishi, venalar tiqilib qolishi, tomirlar innervatsiyasining buzilishi natijasida paydo boʻlgan venoz Giperemiyada zararlangan joy koʻkarib ketadi (sianoz), gohida shishadi. Baʼzan davolash maqsadida kompress, grelka va b. qoʻyilganda ham Giperemiya roʻy berishi mumkin. Venoz giperemiya a ’zo yoki to‘qimalaming, venalardan qon oqib ketishining qiyinlashishi bilan bog‘liq qonga to*lishining oshishidir. Sabablari: venalarning tashqaridan (bog‘ich, o ‘sma, hom ilali bachadon va hokazo bilan) qisilishi, vena tomirlarining tiqilishi (tromb yoki em bol b ilan), qon o q ishining sekinlashishi (yurak, o ‘pka kasalliklari), uzoq vaqt yotish, o‘tirish, tik turish. Venoz giperem iya patogenezining asosiy zvenosi: qonning m e’yoriy oqib kelishida, uning qaytishining qiyinlashishidir. Tashqi belgilari: ko‘karish (sianoz), mahalliy haroratning pasayishi, a ’zoning kattalashishi (shish). Mikrotsirkulatsiya o‘zgarishlari: qon oqishining chiziqli va hajmiy tezligining sekinlashishi, silkinishli va mayatniksimon qon harakati, ochilgan k ap illarlar sonining k o ‘pay ish i, venulalar va m ayda venalarning kengayishi, kollaterallaming ochilishi. Venoz giperemiyanin'7 asoratlari: to‘qima oziqalanishining mahalliy buzilishlari (shish, gipoksiya), biriktiruvchi to‘qima o‘sishi va a ’zo atro fiy asi (m uskat jigar, o ‘pka q o ‘ng ‘ir induratsiyasi). Qon aylanishlarining umumiy buzilishlari ham bo‘lishi mumkin (masalan, darvoza tizimi venalarida qon dimlanish). Ayrim holatlarda: yara bitishi va mahalliy infeksiyali jarayonlarda, venoz giperemiya foydali bo'lishi ham mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil