Gistamin (Histaminum) — gistidin aminokislotasi hosilasi. Biogen aminlarga kiradi. Toʻqima gormoni boʻlib, kuchli biologik taʼsirga ega. Hayvonlar va odamning turli aʼzo va toʻqimalarida nofaol shaklda boʻladi. Sintezlab ham olinadi. Anafilaktik shok, yalligʻlanishlar va allergik reaksiyalarda (qarang Allergiya) koʻp ajraladi. Meʼda shilliq qavatidagi bezlarni qoʻzgʻatib, shira ajralishini kuchaytiradi; mayda qon tomirlarni kengaytirib, qon oqishini tezlatadi. G. qon tomirlarning spastik qisqarishiga qarshi dori. Arterial bosimni pasaytiradi. Bronxlar silliq mushaklariga spastik ta'sir qiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil