Gladiatorlar (lat. gladius — shamshir) — Qad. Rimda maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan, oʻzaro yoki yovvoyi hayvonlar bilan kurashishga majbur qilingan baquvvat, jasur qullar, harbiy asirlar. Maxsus maktabda oʻqiganlar (Rimda, Kapuyada). Rimda birinchi G. jangi mil. av. 264 y.da boʻlgan. G. jangi zodagonlarning koʻngil ochish tomoshasiga aylangan. G. bir necha bor quldorlarga qarshi bosh koʻtarganlar. Gladiator Spartak rahbarligidagi qoʻzgʻolon (k,. Spartak qoʻzgʻoloni) shularning biri. G. jangi 5-asrdan eʼtiboran barham topgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil